Qaytib bering sevgi haqida she'r

Qaytib bering


Olov kabi nigohlaringiz
Yondirdilar dard, g‘amlarimni.
Bir misra ham tuzolmay qoldim
Qaytib bering alamlarimni.

She’r atalmish shu yupanch, ojiz
To‘ldirardi dil kamlarimni.
Baxtdan umid uzolmay qoldim.

Qaytib bering alamlarimni.

Xayolimdan qushday quvdingiz,
Ko‘ngli dog‘li sanamlarimni.
Qayg‘uga qo‘l cho‘zolmay qoldim, 
Qaytib bering alamlarimni.

Ilxomim ham yo‘qoldi izsiz,
Sindirdingiz qalamlarimni.
Ko‘z yoshlarda suzolmay qoldim,
Qaytib bering alamlarimni.

Yashnatdi sof toza mehringiz
Qalbdagi bo‘sh olamlarimni.
Butun ko‘nglim buzolmay qoldim,
Qaytib bering alamlarimni.

Ko'zlaring tubida dard bor...

Ko'zlaring tubida dard bor, hasrat bor... Yorim dardlaringni menga ber jonim... Senga yupanch bo'lay, g'amda qolay men... Borki g'amlaringni menga ber jonim......

Yig‘lamang

Armon bo‘lib qolsam bag‘ringiz g‘ashlab, Dilingiz og‘ritar so‘zlarim boshlab. Ketar bo‘lsam agar dunyoni tashlab, Yig‘lamang men uchun ko‘zingiz yoshlab!...

Ko'zlarim ilojsiz tikilar erga

Ko'zlarim ilojsiz tikilar erga, Vujudimdan qancha alam yogmasin, Qizganib tursamda u qizdan seni, Derdim, ko'zlaringdan hech yosh tommasin...!...

Oshiq yurak uchun xijron bo'lmasin

💞Oshiq yurak uchun xijron bo'lmasin 💞Ishq manzil ahtarib sarson bo'lmasin. 🌹Har kim baxtli bo'lsin o'z yori bilan 🌹Muxabbat hechkimga armon bo'lmasin.....

Rashk

Seni o'zimdan ham qizg'onib, ammo Gullarga beribman quchoqlaringni. O'zim tishlamayin bir bora xatto....

Bir nigoh tashlab ko'nglimni olding

Bir nigoh tashlab ko'nglimni olding. Shu nozik ko'nglimga Sevgini solding. Kechalari uxlolmam uyqumni buzding. Endi o'zingdan ko'r BALOGA QOLDING!!!...

Ulg'aymagan sevgi

Men xamon o'shaman- jajji qizaloq, Mendan boshqalar ulg'ayishyapti. Menda ulg'aygani qayg'uli quvonch. Bir sirim aytaymi? Qiynaldim. Rosti!......

Seni sevaman Jonimdan ortiq

Seni sevaman Jonimdan ortiq, lekin bu meni va yuragimni siri bo'lib qoladi. Uni oshkor qilishga qo'rqaman. Chunki Alloh aytadi bandamni mendan ortiq sevsa uni sendan olib qo'yaman deb...!...

Baribir haliyam sevaman seni

O'ylayman o'ylarimdan o'chib ketgansan, Kuylamayman kuylarimdan uchib ketgansan. Kutmagayman hayolimdan qochib ketgansan, Baribir haliyam sevaman seni...!...

Men birovga o'xshaganim uchun sevma

Men birovga o'xshaganim uchun sevma. O'zimga o'xshaganim uchun sev. Men seni birovni unitish uchun sevmadim. O'zimga keraging uchun sevdim..!...

Fikr qo'shish