Sen ketasan sevgi haqida she'r

Sen ketasan


Sen ketasan, bo‘m-bo‘sh qolar yuragim...
Biyron tilim nolalari tinadi.
Ruhiyatim ustunlari sinadi,
Hech kimsaga go‘yo yo‘qdek keragim.

Sen ketasan, tutolmayman qo‘llaring...

Qol deyolmay unsiz dilim bo‘zlaydi.
Lahza o‘tmay bor vujudim muzlaydi,
Bosolmayman ko‘chki bosgan yo‘llaring.

Sen ketasan, tutar yengil qaltiroq, 
So‘ngra birdan yetmay qolar nafasim.
Kiftingdagi gardga kelar havasim,
Hatto o‘sha zarra mendan baxtliroq.

Pinxona sevgim hech bo'lmaydi oshkor

Sevgi doim mening ezib bu dilim Ko'zlarim yoshlatib ketar nogahon Go'yoki qonga belaydi ko'nglim Sevgim gullarini yuladi har on......

Azizim bu dunyo bo'lsa ham bir kam

Azizim bu dunyo bo'lsa ham bir kam, Qalbim o'zgasiga ko'ngil qo'ymaydi! Yetisha olsam ham, olmasam ham, Sani o'zgasiga bergim kelmaydi.....

Olisda bo'lsada hayolim olgan

Olisda bo'lsada hayolim olgan, Qalbimga qandaydir tuyg'ular solgan, Sen bilan hamisha shodlik quvonchim, Xatto borligi gumon, yolg'onchim....

Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman

Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun. Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun. Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun. Hozircha yodingda yomon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman....

U xohlagan...

U xohlagan hamma narsani bera olmasligim mumkin, lekin, o’zimda borining hammasini bera olaman!...

So'ngi nafsimgcha seni Sevaman

😢Hech bir vaqt sening mehringni unitmayman, boqishlaringni xotiramda, ismingni esa yuragimda saqlayman.. atrofimda bo'lmasangda, so'ngi nafsimgcha seni "Sevaman"...

Seni yo‘qotishni nasib etmasin

Kuz kelmay barglarni xazon etmasin. Muhabbat har kimni sarson etmasin. Birgina tilagim qodir Xudodan Seni yo‘qotishni nasib etmasin...💞💞💞...

Sen avval sevib ko'r - seva olasanmi

Sen avval sevib ko'r - seva olasanmi? Yuraging so'ziga kira olasanmi? Bir dasta gul tutish oshiqlik emas, Ko'zimdan so'zlarni tera olasanmi?...

Va'da bering...

Va'da bering, turolsangiz so'zingizda, Qaraganda ishonch ko'ray ko'zingizda. Yolg'on bilan hayotimni bezamang... Rost gapiring nima bo'lsa, ko'nglingizda!...

Ko'zingga boqqanda ko'zlarim kulsa...

Ko'zingga boqqanda ko'zlarim kulsa, Yurak diydoringdan sevinib ursa, Sevinching chehramdan akslanib tursa, Men baxtliman deya o'ylayman shunda....🌸🍃...

Fikr qo'shish