Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering sevgi haqida she'r

Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering


Armonlar ko‘z ochsa dilimda qat-qat,
Har ne mushkul bo‘lsa, qilarman toqat.
Men ta’ma qilmayman hech narsa, faqat...
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Yoki hijron bizga qismat atalar,
Sinovidan dilga ozor qadalar.
Qo‘ying, kerak emas osmon va’dalar,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Nastarin gullarin kutmayman mayli,

Bo‘lolmasam sizdek Majnunga Layli.
Urib turar yurak umid tufayli,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Ozorlar yarashsa nahotki bizga,
Yillar-ki, chiziqni tortmoqda yuzga.
Sizsiz dil to‘foni tushadi izga,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Biz bilmay yashadik qora rang borin,
Olamni pushti deb atadik barin.
Ko‘ngilsiz baxt yarim,  muhabbat yarim,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Ovunib o‘tibmiz bahorlariga,
Mast bo‘lib bulbulning izxorlariga.
Tun o‘rnin bermasa nahorlariga,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Hokisor tuproqman, osmon kerakmas,
O‘zim bir dunyoman jahon kerakmas.
O‘zini topmagan yurak yurakmas,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Seni ko'rsam guldek ochilar ko'nglim

Seni ko'rsam guldek ochilar ko'nglim, Bir nafas yurakka begonadir g'am. Sen yonimda bo'lsang qalbimda bahor, Sensiz tor ko'rinur bu yorug' olam......

Azizim bu dunyo bolsa xam bir kam

Azizim bu dunyo bolsa xam bir kam, Qalbim ozgasiga kongil qoymaydi! Yetisha olsam xam, ololmasam xam, Sizni o`zgasiga bergim kelmaydi...!...

Kechikdim

Tushlarimda qo‘lingni tutar qo‘lim, Ta’birini o‘ylab yomon ichikdim. Meni uzoq kutgan eding sevgilim, Afsusdaman, yigirma yil kechikdim....

Hayotda ma’no yo’q yashashdan sensiz.

Kimgadur visolsan, kimgadur hijron. Kimgadur orzusan, kimgadur armon. Kimgadur bir umr, kimgadur bir on. Kimgadur tomchisan, kimgadur ummon. Kimgadur achchiqsan, kimgadur shirin. Hullas «MUHABBATSAN» dunyoda tensiz. Hayotda ma’no yo’q yashashdan sensiz....

Biz bir-birimizni shunday sevaylikki

Biz bir-birimizni shunday sevaylikki, Bizdan sevginglar oxiri nima bo'ldi deb so'rashsa, to'y bo'ldi  deb javob beraylik...!...

Sen bilan baxtliman...

Sen bilan bahtliman, bahtliman ishon, Yurakda jo'sh urar sevgi to'lqini. Biroq yuragimga solar g'alayon, Yo'qotib qo'yishdan qo'rqaman seni......

Bir nigoh tashlab ko'nglimni olding

Bir nigoh tashlab ko'nglimni olding. Shu nozik ko'nglimga Sevgini solding. Kechalari uxlolmam uyqumni buzding. Endi o'zingdan ko'r BALOGA QOLDING!!!...

Menga yor bo'lasanmi?

Bir marta sevildim, sevisholmadim  Hayotim mazmunin topa olmadim  Qorong'u kechada izladim sevgim  Izlab-Iab topdim qalbim egasin. ...

Sevganingiz mayli mendan ortiq bo'lsin

Sevganingiz mayli mendan ortiq bo'lsin Begim, Sizga mingta jonim tortiq bo'lsin. Siz bor yerda hatar yo'li yopiq bo'lsin, Xayolimni obod qilgan bir go'shasiz, Men izlagan dilozorim Siz “o'sha” siz......

Kimgadir shodliksan, kim uchun qayg‘u

Borliqni jumbushga keltirsang nima Sengamas do‘stlikka ko‘nglim ochardim Tutqunlik odati axir senga xos. Erkinlik dardida sendan qochardim....

Fikr qo'shish