Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering sevgi haqida she'r

Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering


Armonlar ko‘z ochsa dilimda qat-qat,
Har ne mushkul bo‘lsa, qilarman toqat.
Men ta’ma qilmayman hech narsa, faqat...
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Yoki hijron bizga qismat atalar,
Sinovidan dilga ozor qadalar.
Qo‘ying, kerak emas osmon va’dalar,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Nastarin gullarin kutmayman mayli,

Bo‘lolmasam sizdek Majnunga Layli.
Urib turar yurak umid tufayli,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Ozorlar yarashsa nahotki bizga,
Yillar-ki, chiziqni tortmoqda yuzga.
Sizsiz dil to‘foni tushadi izga,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Biz bilmay yashadik qora rang borin,
Olamni pushti deb atadik barin.
Ko‘ngilsiz baxt yarim,  muhabbat yarim,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Ovunib o‘tibmiz bahorlariga,
Mast bo‘lib bulbulning izxorlariga.
Tun o‘rnin bermasa nahorlariga,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Hokisor tuproqman, osmon kerakmas,
O‘zim bir dunyoman jahon kerakmas.
O‘zini topmagan yurak yurakmas,
Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering.

Sevganimni Yig'latma Hijron

Ko'zi Maxsun So'zi Ham Maxsun😔 Bir Kulgusi Jonimga Darmon😊 Ayriliqdan Bildim Tun Uzun Sevganimni Yig'latma Hijron...

Bir bora tushungin sog`indim seni

Zo`rg`a yashayapman yuragim xasta, Qalbimda yig`ilgan alam bir dasta, Kelmasang to`xtaydi bu yurak asta, Bo`ldi bas qiynama, qiynama meni, Bir bora tushungin sog`indim seni......

Bir bora sevgi haqida yangi sher

Charchadim ne qilay seni ham kutib,  qo'yapman jonginam seni unitib.  eslatgan lahzalar eskirar o'tib,  kelgin yonimga bir bora kelgin.  tunlar kun kabi o'tkazgan kecham, ...

Sensiz men

Sensiz men go‘yoki tushga o‘xshayman, Uyg‘onsang laxzada ketarman o‘chib. Sensiz men qanotsiz qushga o‘xshayman, Ko‘kni sevamanu ketolmam uchib....

Sizni ilk bor uchratganimda

Qush misoli samo kezgandim O'zni baxtli inson sezgandim. O'sha kundan keyin o'zgardim Sizni ilk bor uchratganimda......

Hayot joningni qiynagan bir payt

Hayot joningni qiynagan bir payt, Qalbing ozor chekib qiynalgan payt. Ko'zingni yumgin yurak yurakdan, Men ham kim uchindir kerakman deb ayt....

Unutamiz

Ozor berib ko'p og'ritdik ko’nglimizni, Vafo nima bilmay jafolar yutamiz. Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz....

Menga juda keraksan...

Ko‘ksimdagi yuraksan, Meni qiynab halaksan, Tushungin axir bugun, Menga juda keraksan......

Bevafo bo'lmayin meni sevsangiz

Yashaysiz -- shodlikda, yashaysiz--begam, Gar mening borligim bir oz,sezsangiz. Umringiz armonsiz o'tardi balki, Bevafo bo'lmayin meni sevsangiz......

Zilola ism uchun sher

Z_ulmatdan yiroqda yashaymiz gulim. I_shongin senga bu bog'langan dilim. L_ayli bo'ling o'zim sizga majnun bo'laman. O_manat dunyoda baxtga to'laman. L_atofatli husningizga oshiqman o'zim. A_sil muhabbatga hamrohdir so'zim....

Fikr qo'shish