Menga adolatdan gapirma hayot uzbekcha sher

Menga adolatdan gapirma hayot
Menga adolatdan gapirma hayot

Onalar sotsalar o'z farzandin
Nomardlar kechsalar ona vatandin
Akalar o'ldirsa gar jigarlarin
Menga adolatdan gapirma hayot

Haqiqat jim tursa gapirganda pul
Ichkilik erlarni aylasa gar qul
Yosh qizlar bo'lsalar bir kechada tul
Menga adolatdan gapirma hayot

Ming bir yo'lga burmoqdalar qonunni
Sotqinlarchi ichmoqdalar qonimni
Do'stlikchun tikkan edim jonimni
Menga adolatdan gapirma hayot

Kimdir qasrlarga kimlardir nonga zor
Oriyat jangchilari bo'lmoqdalar xor
Tengsiz xaqiqating bermoqda ozor
Menga adolatdan gapirma hayot

Fikr qo'shish