Hayot uzbekcha sher

Hayot
Hayot

Sochimga qirovlar qo'ndirdi hayot
Boshimga sinovlar yog'dirdi hayot
Urug'dan daraxtni undirdi hayot
Ishin qoyilmaqom do'ndirdi hayot

Muhabbat ko'nglimda jilva qilganda
Dushmanlar o'ngimda hiyla qilganda
Ular menga tuxmat qila bilganda
Hayotga ishtiyoqim so'ndirdi hayot

Bahor bo'lib keldi o'lgan qalbimga
Ko'z yoshin to'kdi u to'kkan qadrimga
Gullar ham qo'ydi ishonchim qabriga
Umid uchqunlarin yondirdi hayot

Bemaqsad insonga umid kerakdir
Kuygan hayot emas kuygan yurakdir
Oson yo'l aslida oddiy ho'rakdir
Bu yolg'on hayotdan tondirdi hayot

Sukunat hayotdan eng oliy himmat
Unga yashirilgan buyuk bir hikmat
Har so'zni gap desang tushadi qimmat
Hayoliy hayotimni o'ldirdi hayot

Fikr qo'shish