Kechikdim sevgi haqida she'r

Kechikdim


Tushlarimda qo‘lingni tutar qo‘lim,
Ta’birini o‘ylab yomon ichikdim.
Meni uzoq kutgan eding sevgilim,
Afsusdaman, yigirma yil kechikdim.

Nomunosib hamrohlardan bezganda,
Sarsonlikda har ko‘chani kezganda,
Topdim diya o‘zim baxtli sezganda,

Olisdaman, yigirma yil kechikdim.

Uxlamoqni sevar edim azaldan,
Ne toparding, xunukkina go‘zaldan,
Endi najot izlab she’ru g‘azaldan,
Devonaman, yigirma yil kechikdim.

Yaxshiman deb chalg‘itdilar yomonlar,
Uzatdilar gul yozug‘lik xazonlar,
Olib otsam, sachradilar tikonlar,
Azobdaman, yigirma yil kechikdim.

Nega meni izlamading ertaroq,
Uchratmasam bo‘larmidi yaxshiroq,
To qiyomat hamrohim endi firoq,
Do‘zaxdaman, yigirma yil kechikdim.

Lablaringni men ko'rsam...

Lablaringni men ko'rsam, To'yib-to'yib o'paman. Quvonchlarga men to'lib, Seni qattiq quchaman....

Rashk qilmang meni har kimga

Rashk qilmang meni har kimga, Goho sizni kutdirib qo'ysam. Sizni tashlab ketishim mumkin, Agar sizdan oldinroq o'lsam....

СМС ёзсангу, ёзмаса ёмон

Birovni sevsangu sevmasa yomon Kimnidir kutsangu kelmasa yomon. Hajrida yonsangu bilmasa yomon SMS yozsangu, yozmasa yomon....

Ko'z yoshdan yaralgan ummoningizman

Begim men aldangan armoningizman, Bu foniy dunyoda yolg'oningizman Begim ko'klarga tengsiz men uchun Men esa bir qadri arzoningizman. Kunduzi quyosh tunlar oy bo'lib, Sizni maftun etgan osmoningizman. Goho yomgir bo'lib goxo qor bo'lib Ko'z yoshdan yaralgan ummoningizman....

Sevaman bu dunyoda ko'zim yumguncha

Sevaman bu dunyoda ko'zim yumguncha Sevaman ruhim osmon uzra chiqguncha,  Sevaman sevgim sizga yetguncha  Sevaman to siz ham mendek sevguncha....

Sizni sevaman deb qo'pollik qilgum

Tilimdan otildi bekiyim so'zlar, Yaralar boyladi xufton dilingiz. Bariga chidaysiz, qay baxtni ko'zlab?, Menginaga qoldi nechun kuningiz?......

O'shanda ham sevasanmi

Sendan yiroq yursam ham, Goh o'ynatib kulsam ham, Yo beparvo bo'lsam ham, O'shanda, ham sevasanmi......

Sen avval sevib ko'r - seva olasanmi

Sen avval sevib ko'r - seva olasanmi? Yuraging so'ziga kira olasanmi? Bir dasta gul tutish oshiqlik emas, Ko'zimdan so'zlarni tera olasanmi?...

Nigorim..!

Senga qarab bo'lmas quyosh kabisan, Ihtiyor izmingda, poygakda orim. Xozircha sen ishqdan bir oz narisan Sevgin tushunasan meni nigorim......

Kimgadir shodliksan, kim uchun qaygu…

Borliqni jumbushka keltirsang nima Sengamas do’stlikka ko’nglim ochardim Tutqunlik odati axir senga xos. Erkinlik dardida sendan qochardim......

Fikr qo'shish