Yuragingiz shunchalar toshmi sog'inch haqida sher

Yuragingiz shunchalar toshmi
Yuragingiz shunchalar toshmi

Sog‘inch o‘rtab,ko‘zlarim to‘lgan,
Meni ishqdan,bo‘lganim bo‘lgan.
Ammo sizchi,sevgidan kulgan,
Yuragingiz, shunchalar toshmi?

Siz emasmu,ko‘nglimga yoqqan,
Shirin so‘zlab,marjona taqqan.
So‘ng ayozdek,muzlatib boqqan,
Yuragingiz,shunchalar toshmi?

Kechay dedim,kecha olmadim,
Ojiz ko‘nglim,undan ketmadim.
Lek ko‘zlardan,ma’no topmadim,
Yuragingiz,shunchalar toshmi?

Dilda zahrim,tinglovchi bo‘ldim,
G‘uncha ko‘nglim,bargida so‘ldim.
O‘z holimga,oh o‘zim kuldim,
Yuragingiz,shunchalar toshmi?

Kamsitasiz, davralarda keng,
Yo‘qdan g‘amlar,berguvchiga teng.
Yomonlikdan,siz shimarib yeng,
Yuragingiz,shunchalar toshmi?

Endi ohim,chekmasman bildim,
Siz g‘aribsiz,men esa kuldim.
Kutish yo‘qdir,bu holdan toldim,
Yuragingiz,shunchalar toshmi?

Fikr qo'shish