Men seni sevaman demay sevaman sevgi haqida she'r

Men seni sevaman demay sevaman


Muxabbating bo‘g‘zim ko‘ydirguvchi cho‘g‘,
Bir seni o‘ylasam olam bo‘lar yo‘q,
Ishqing yuragimga sanchib singan o‘q,
Men seni sevaman demay sevaman.

Suygan bandasiga ishq nasib etgan,
Sevgi dostonlari ko‘p dong‘i ketgan,

Netay peshonamga shundayi bitgan,
Men seni sevaman demay sevaman.

Vujudimni o‘rtar ishq olov yoqib,
Alam tish qayraydi, eshigim qoqib,
Azoblardan qutqar bir qiyo boqib,
Men seni sevaman demay sevaman.

Sen tabassum qilsang kulganim o‘sha,
Chegarasiz baxtga to‘lganim o‘sha,
Agar ko‘ngling qolsa o‘lganim o‘sha,
Men seni sevaman demay sevaman.

Sen bilan go‘zaldir daqiqa, onim, 
Boqishi umrimga ko‘rk bergan jonim,
Sevaman demoqqa yo‘qdir zabonim,
Men seni sevaman demay sevaman.

Sev

Kimlar jamolingga shaydo bo'ladi, Ishqingda kuyadi, ado bo'ladi. Seni sevolmaslik hato bo'ladi, Sen xam meni sev, yonib-yonib sev......

Ketib qolar sizga xayolim

Ketib qolar sizga xayolim, Shirin-shirin orzular tinchlik bermaydi! Meni kechiringu, hech qachon, jonim, Sizni boshqalardan qizg'onsam netay...!...

Umidim uzgim yo'q armondan qochib...

Umidim uzgim yo'q armondan qochib, Yuragim to'rida tursang nur sochib. Darding ololsaydim har tong ko'z ochib, Yonimda kulganing o'zi baxt menga....

Sevaman bu dunyoda ko'zim yumguncha

Sevaman bu dunyoda ko'zim yumguncha Sevaman ruhim osmon uzra chiqguncha,  Sevaman sevgim sizga yetguncha  Sevaman to siz ham mendek sevguncha....

Yuring baxtni izlab ketamiz bugun

Yuring baxtni izlab ketamiz bugun Baxtsizlar indamay jim qolaverar Shunday charchab ketdim sevgidan beun Boshimga xar kuni g'am solaverar......

Yomg'ir tomchisiday, yuzingga tomsam

Yomg'ir tomchisiday, yuzingga tomsam, Tomsamu qalbingdan, asta joy olsam. Baxtingga aylanib "BAXTLI" qilolsam, Qaniydi xozr yoningda "BIR LAXZA" bo'lolsam....

Nechun kelmading

Seni kutdim, kutdim ko‘p uzoq Yo‘llaringga ko‘zlarim mushtoq Kelishingdan aylabon ogoh Bevafo yor nechun kelmading?...

Bir kuni yulduzlar uchar poyma-poy

Bir kuni yulduzlar uchar poyma-poy, Sayyoralar topar o'zga joydan joy. Bir kuni Zaminni tashlab ketar Oy, Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy...!...

Baribir haliyam sevaman seni

O'ylayman o'ylarimdan o'chib ketgansan, Kuylamayman kuylarimdan uchib ketgansan. Kutmagayman hayolimdan qochib ketgansan, Baribir haliyam sevaman seni...!...

Xayotimga quvonch bergan azizimni sog'indim.

Xayotimga quvonch bergan azizimni sog'indim. Dilimga nur bo'lib kirgan quyoshimni sog'indim. Meni bahtli qila olgan mexribonim sizni sog'indim....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Christine
    Christine 16 июня 2026 14:09
    References:


    Bavaro Princess Resort Bewertung beste deutsche online casinos

Fikr qo'shish