Sog'indim sog'inch haqida she'r

Sog'indim


YIGIT:
Qo'l uzatdim qo'llaring ushlamoqqa
Hayot yo'llarida birga ketmoqqa.
Bugun esa mendan ketding uzoqqa
Sog'inganim bilarmisan endi yor
Sog'indim deb kelarmisan ey dildor.

QIZ:
Bergan va'da va'da bo'lib qolmaydi
Ko'zim o'zgasini aslo ko'rmaydi.
Aqlim emas qalbim seni o'ylaydi
Sog'indim deb borolmayman yoninga
Bugun endi yaramayman koringga.

YIGIT:

Sensizlikdan huvilladi qalbim ham
Azoblarga chidolmayman ko'zim nam
Jonim olgan ey mening erkaginam
Sog'indim deb kelar bo'lsang kularman
Kelmas bo'lsang devonadek yurarman!

QIZ:
Qismat ekan bizlar uchun judoli
Yor bo'lmadim yoningda men vafoli
Sevishmoqlik asli ekan jafoli
Otam so'zin ikki qilmay ketdimku
Oq libosda yor uyiga yetdimku.

YIGIT:
Men umirbod kutishdan hech tolmayman
Bu qalbimni o'zga qalbga bermayman
Xatto o'lsam noming aytib o'lay man
Sog'inganim bilarmisan endi yor
Sog'indim deb kelarmisan ey dildor.

QIZ:
Siz ham mening o'ylarimda yashaysiz
Siz insonmas farishtaga o'xshaysiz
O'lsangiz ham faqat meni o'ylaysiz
Sevgim sizda qolib ketar unutmang
Ketdi deya aslo alamlar yutmang!

Sogʻindingmi? -dema, sogʻinish gapmi?

Sogʻindingmi? -dema, sogʻinish gapmi? Seni sogʻinmagan yurak yurakmi? Muhabbat men uchun hayot demakdir Ahir sensiz menga hayot kerakmi?...

Tun yarmida yozarmidim she'r

Tun yarmida yozarmidim she'r, Bo'lsam sizdek xissiz, yuraksiz. So'zla desam, qalbim sizni der, Siz keraksiz, men-chi - keraksiz. Ishq osmonin bosdi qarg'alar, Qo'nay desa, bog'lar teraksiz. Ko'zlarimdan yoshlar sirg'alar, Siz keraksiz, men-chi - keraksiz!...

Yo'q seni unutmoq emasdir oson

Yo'q seni unutmoq emasdir oson, Qalbimni o'rtaydi hali ham hijron. Yurakda bir tuyg'u uradi tug'yon, Men seni sog'indim, sog'indim yomon!...

Oh, bunchalar ezar yolg'izlik

Oh, bunchalar ezar yolg'izlik, O'limdanam battar sensizlik, Sensiz hayot to'xtab qolganday, Ojizlik qilyapman, ojizlik... Sog'indim, yig'lagim kelyapti, Bag'ringda uxlagim kelyapti....

Sog'indim men sizni kutaman hamon

Shamollar qaytganda sarg'ayib, so'nib, To'lqinlar tirilsa ming bora o'lib, Sog'inchlar bagrimga tiqilib, to'lib, Sog'indim men sizni kutaman hamon......

Qo'ying!

Vidolarni kuylamang ortiq, Ortiq suratini chizmang hijroning. Qaydan ham bilarsiz eng kuchli sog'inch Umrin tul qilishini oshiq insonning.......

Seni yana sog'indim kechir!

Mag'rur turib, ko'ksimni kerib, "Qaytmayman" deb, va'dalar berib, Qalbimdagi o'tli muz erib, Seni yana sog'indim kechir!......

Bugun juda Sog'indim

Mehr topdim bir insondan Ko'nglim cho'kkan kunlari Dardlarimni baham ko'rdim goh kunduz, gox tunlari Shirin so'zin eshitganda ko'nglim to'lib ovundim Har kundan ham u insonni bugun juda Sog'indim....

Er yuzini qoplasa qorlar

Er yuzini qoplasa qorlar, Yuragimga to'ldursa zorlar. Sog'inganim emas bahorlar, Faqat sizni sog'indim...!...

Sog'indim men o'sha baxtli kunlarni

Sog'indim men o'sha baxtli kunlarni, Sizni o'ylab o'tgan bedor tunlarni. Sog'indim. sog'inchim ortiq aytaolmayman, Afsus, yoningizga endi qaytaolmayman......

Fikr qo'shish