Armonli muhabbat ayrilik haqida she'r

Armonli muhabbat


Qadri menga nondayin aziz
Suvday pokdir hayollari ham.
U siz o'tgan har bir onimda
Qalbim uchun boshlanar motam.

Allohimdan bordir o'tinchim
Olisda yor senga omonat.
Jonin asrab-avayla yo rab
Bir gap bo'lsa bo'lar qiyomat.

Birga bo'lish etmadi nasib
Taqdir ekan o'zga bilan u.
Shukur deyman mayli boriga
Ahir menga eng yaqin do'stku.

Mendan yiroq ketgan bo'lsada
Qalbin omonat deb qoldirgan.
O'zga bilan taqdir bog'lab u

Tiriklayin meni o'ldirgan.

Lek sevaman jonimdan ortiq
Ona so'zin inkor qilolmas.
Yaxshi farzand ota-onaga
"YO'Q"so'zini ishlata olmas...

Sog'inganda rasmini quchib
Hayollarda bog'lar kezaman.
Bevafoku demang ularni
Chin dilimdan yaxshi ko'raman.

Uyga borsam olib boraman
Der edilar ziyoratlarga.
Endi buning imkoni yo'qdir
Ular juftku qoldim men yakka.

O'zga bilan taqdir yo'lida
Ketar yorim unutma har on.
Seni mendek hech kim sevolmas
Mendek mehr berolmas ishon.

Alloh qayta umr bersa ham
Yana seni tanlardim bilgin.
Baxtim uchun hech bo'lmaganda
Kuyov bo'lib salomat yurgin.

Onson emas seni o'zgaga
Bermoqligim qalbim sultoni.
Netay taqdir shuni istadi
Kerak ekan sevgim armoni.

Sog'indim deb kelolmasang ham
Sog'inganing sezib turaman.
Qancha olis bo'lsang ham mendan
Barbir seni yaxshi ko'raman.

Yetar qiynalib ketdim

Qalbim azobga qo'ydim. Barin taqdirga yo'ydim. Bari-baridan to'ydim. Yetar qiynalib ketdim!......

Seni ko'rsam...

Seni ko'rsam yuragim o'rtanib ketar, Seni deb xayollar tongacha qiynar. Seni ko'rmasam yuragim to'xtar, Ayt ne qilay, ne qilib seni unutay......

Bir kuni bilardim tashlab ketishing

Bir kuni bilardim tashlab ketishing Bu qora ko'zlarim yoshlab ketishing Lekin hayolimga kelmagan aslo Bevafo yurakka o'xshab ketishing....

Endi kelma

Endi kelma, sendan kechganman Alamlarni ichga yutganman. Hayollardan, gumondan charchab SEVMAYMAN deb qasam ichganman....

Sevadi, Kuyadi, Qiladi alam

Sevadi, Kuyadi, Qiladi alam, Dorga osing, ammo aytmas birovga. Aytmay sevishini sevganiga ham, Tegib ketaverar boshqa kuyovga!...

Kechir sen sevgandek

Kechir sen sevgandek men sevolymayman Kechir seni yoningda qola olmayman Kechr yuragimda sen emas o'zga Seni alday olmayman undan kecha olmayman...

Humor etsa visol onlari

Humor etsa visol onlari Ishk bog'ini kezolmayapman O'kinch boshqa muhabbat boshqa Sizdan ko'ngil uzolmayapman...

Qo'y yeg'lama bevafo bo'lsa

Qo'y yeg'lama bevafo bo'lsa, U ham untsin. Sen ham unut gar Yetmagan bo'lsa qadringa Javobini xayotdan kutsin....

Jonim ketar bo'lsang ishqing olib ket

Jonim ketar bo'lsang ishqing olib ket. Toki bu yuragim ishqdan kuymasin. Ko'ksimga o'tkir bir xanjar urib ket. Toki bu yuragim takror suymasin....

Kecha birga edik, qo'limdan tutib

Kecha birga edik, qo'limdan tutib, Baht sari yetaklab borarding asta. Xijronda toblangan so'zni unutib, Sendan ketolmasdim, men dili hasta...🍂💔...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    паризода
    паризода 12 февраля 2024 13:18
    Zor sherlar yana bundan zorlarini kutb qolamz man xar kuni shh sherlarni uqiman raxmat kotakon silarga

    seni allox uchun sevaman
    💏💑❤💘💘❤💔💖💗💝💞💟❣💫💓💫🎀♥♥♥♥♥♥

Fikr qo'shish