Eng ajoyib shikoyat

Eng ajoyib shikoyat
Eng ajoyib shikoyat

Ulardan biri shikoyat qilib, aytdi:
"Mening to‘rtta tug‘ishgan singlim bor, men esa ularning orasida eng boyi (fazilatlirog‘i) hisoblanaman. Lekin, shunga qaramay, ularning ziyoratiga ko‘p qarindoshlarimiz keladi. Mening ziyoratimga esa, juda oz qarindoshlarimiz keladi. Ha, ularni uyiga hatto bir kunda to‘rt mahal ham tashrif buyuradilar. Ammo ziyorat qilish navbatlari menga kelganda, juda ham oz kelishganiga guvoh bo‘laman. Ba’zi kunlar umuman kelmaydilar ham!!! Ba’zilarini esa umuman ko‘rmayman ham!!! Go‘yo meni yodlaridan chiqargandek...
Ha, kelsalar ham, ba’zilari dangasalik bilan, ba’zilari mutlaqo aqlga sig‘maydigan bahonalar bilan keladilar.
Nima qilay?!!!
Ammo, mening ziyoratimga kelganlar uchun, fazilatim ko‘proqdir, bunday fazilatga ega ekanimni hammasi biladi.
Ko‘p insonlar qarindoshlarimga meni ziyorat qilishlarini nasihat qiladilar. Chunki, menda ko‘p xayriyat bordir, hamda ziyorat qilganlar uchun sahovatmand bo‘laman. Shunday bo‘lsa-da, ular mendan yiroqdalar, ziyorat qilmaydilar.
– Xayriyat va sahovat sohibi uchun hayot yo‘qmi?!
Muammo nimada?!
Tark qilishlari nima uchun?!
Axir bu besh opa-singillarni biri emasmanmi?!
Tayanchlarini mendan mahrum qilishlari nima uchun?!
Ular meni unitishlari nima uchun?!
– Bu shikoyat sohibasini bilasizmi?!
–O‘qigan har bir o‘quvchini ajablantirgan, daxshatga tushirgan mana bu ajoyib shikoyat sohibasi "Bomdod" namozidir, ha, "Bomdod" namozi...

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bomdod namozining ikki rakati dunyo va undagi narsalardan yaxshidir" deb marhamat qildilar.
Hadisda zikr qilingan ikki rakatdan murod, Bomdod namozining farzi emasdir. Balki, ikki rakat sunnatidir. Sunnati shu darajada fazilatga ega bo‘lsa, farzi qanday fazilatlarga ega ekan-a?!
Naqadar go‘zal shikoyat! 

Alloh taolo barchamizga shikoyat sohibasi bo‘lmish Bomdod namozini, hamda, qolgan namozlarni o‘z vaqtida mukammal qoim qiluvchilardan qilsin...

Fikr qo'shish