Senga nima sevgi haqida she'r

Senga nima


Menga og‘ir bo‘lar - sen o‘lsang...
senga nima - o‘lsam-o‘lmasam
Menga og‘ir bo‘lar - yo‘q bo‘lsang...
senga nima - bo‘lsam-bo‘lmasam...

Menga og‘ir bo‘lar - yig‘lasang
yoxud yesang yurak-bag‘ringni...
Senga nima - jinni bo‘lmasang

tashlab ketsam hatto shahringni...

Menga og‘ir bo‘lardi - zorlab
Topolmasang biror ostona...
Senga nima - tovonim qonab
boshim olib ketsam - devona...

Menga og‘ir bo‘lardi bir kun
yuragingni teshsa bir er - qurt...
Senga nima - u qurt men uchun
butun umr yasasa tobut...

Menga og‘ir bo‘lar - bu sochlar
oyog‘iga ilashsa uning...
Senga nima - jim-jit og‘ochlar
joni bo‘lib qolsa jismimning...

Senga nima - shoiri dilxun
ketsa butkul uzoq va uzoq...
Menga esa kerakmas bir zum
sendan keyin bir zum yashamoq...

Taqdirimga bitilgan inson mehribon bo'lsa

Taqdirimga bitilgan inson mehribon bo'lsa Doimmenidiya yuzlaridan baxt kulib tursa. Bir umur hayot yo'llarida suyanchiq bo'lib. Baxtim siz diya baxtni hadya qilaolsa!...

Ilk muxabbatni sizda ko'raman

Ilk muxabbatni sizda ko'raman. So'zlaringiz eshitib hayol suraman. Sizni sevdim, kechiring ammo. Sizni sevganlarni yomon ko'raman..!...

Men sani sevaman yorim betakror

Ko'ngil sovutmoqqa urinma bekor, Bu ko'ngil sovimas azizim zinhor, Bir so'zni aytaman takror va takror, Men sani sevaman yorim betakror....

Menga juda keraksan...

Ko‘ksimdagi yuraksan, Meni qiynab halaksan, Tushungin axir bugun, Menga juda keraksan......

Sevgida g'urur yo'q

Sevgida g'urur yo'q, sevgi beg'ubor, Sevgi azoblamaydi, bermaydi ozor. Sevgida yolg'on yo'q, sevgiga ishon, Aslida sevgimas, aldaydi INSON....

Sevgan yurakni OLLOH sevarkan

Sevgan yurakni OLLOH sevarkan, Sevgan yurakni pokdeb bilarkan. Ishonib OLLOHga iltijo qilsang, O'zing orzu qilgan yorni berarkan...!...

Mehr berolmasang...

Mehr berolmasang qiynoqqa ko‘ndim, Diydor berolmasang firoqqa ko‘ndim, Sen meni boshqaga berma iltimos, Boshqaning qo‘lida kelmaydi o‘lgim....

Yuzin burib ketmasa...

Buncha go'zal bo'lmasa Dilni vayron etmasa Gaplar otsam eshitmay Yuzin burib ketmasa......

O‘lsam ham baribir sevaman seni

Ko‘zlarim ko‘r bo‘lsa, ko‘rmasdim seni, Yuragim tosh bo‘lsa, sevmasdim seni, Mayli xijron azobi qiynasin meni, O‘lsam ham baribir sevaman seni!...

Men seni sevaman azob bo'lsa ham

Sevgim barg kabi hazon bo'lsa ham, Ishq o'tida yonib harob bo'lsa ham, Sevgim sahro kabi sarob bo'lsa ham, Men seni sevaman azob bo'lsa ham!...

Fikr qo'shish