Beraxim ona

Beraxim ona
Beraxim ona

Ona kecha olib kelgan pomadasini qizining qo‘lida ko‘rib tutaqib ketdi. Chunki ishlatilmagan yangi pomadaning uchi yerga ko‘p ishqalangani sababli ezilib qolgan edi. U shunchalar darg‘azab bo‘ldiki, azbaroyi tutaqqanidan ko‘ziga hech nima ko‘rinmay, qo‘lidagi supurgi dastagi bilan qizini ayamasdan savalay boshladi.
"Qayerga surkading buni?" degan savoliga "devorga" degan javobni olgach, uning tutaqqan o‘ti kerosin sepilgan olovdek lovullab ketdi. Supurgi bilan savalab qo‘li toliqqan ona supurgini uloqtirib, ko‘ksidagi igna to‘g‘nog‘ichni yechdi. Qizning "tavba qildim, oyijon, endi pomadangizni olmayman" deb yalinib yolvorishiga qaramasdan, nonga chekich urgan nonvoydek qizning qo‘liga uchli ignani sancha boshladi. Qonga
belangan oppoq qo‘l bir pasta poma-dadek qizarib ketdi. Shundagini ayol qizni urishdan to‘xtadi. Ko‘zi jiqqa yoshga belangan qiz shilq etib yerga yiqildi. Kech kirdi. Toliqqan ona oyog‘ini bazo‘r sudrab xonasi tomon yurdi. Chiroqni yoqqanda ko‘zi devordagi yozuvga tushdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, devorda qizil rangda: "Oyijon, men sizni juda-juda yaxshi ko‘raman – Sevaman" degan yozuv bor edi.
Flomaster bilan pomadani farqiga bormagan qizcha ona pomadasini bo‘yoqqalam deb o‘ylab, onaga bo‘lgan muhabbatini devorga yozish bilan izhor qilgan ekan. Ona esa bundan bexabar. Shunda igna sanchgan paytda qiz qo‘lidan sizgan qon kabi ona ko‘zidan yosh sizib chiqdi. Charchoqni unutib, tezda qizining xonasiga shoshdi. Bechora qiz yumshoq karavotiga ko‘tarilishga ham kuchi yetmay yerda uxlab yotardi. Ona qo‘li bint bilan chandilgan qiziga qarab ho‘ngrab yubordi. Ertasiga ertalab qizi o‘qiydigan maktabga bordi. Qiz betobligi
uchun maktabga kelolmasligini muallimga bildirib qo‘ymoqchi edi. Qizi o‘qiydigan sinf eshigini asta qoqdi. Kirishga izn bo‘lgach, ichkariga kirdi. Sinf o‘quvchilarga to‘lgan. Faqat birinchi partada o‘tiradigan qizining o‘rni bo‘sh, xolos. Ona doskaga qaradi. Doskaga katta harflar bilan "oyijon, men sizni juda yaxshi ko‘raman" degan yozuv yozilgan edi. – Keling, marhamat. Ra’noxon qani? – dedi muallim. – Biroz tobi qochgan edi, shunga kelolmadi. – Shamolladimi? Nima deb javob berishga o‘ylanib qolgan ona:
– Ha, shsha-mol-lab qoldi, – dedi duduqlanib. – Terlab turgan bola sovuq suv ichgandirda...
– Shunday... – dedi yuzi qizargan ona.
– Kechagi darsda "onani yaxshi ko‘rish" mavzusida so‘zlashgan edik. O‘quvchilarga uy vazifasi topshirib, har bir bola uyga borib onasiga "men sizni yaxshi ko‘raman" deb og‘zaki va yozma ravishda bayon qilsin, degan edik. Qizingiz Ra’no vazifasini bajardimi?
Ona javob berish o‘rniga yuzini yerga qaratdi. Bir ozdan so‘ng o‘zini o‘nglab:
– Ha, bajardi, – dedi.
– Men unga ishonaman. Qizingiz ajoyib qiz. Vazifalarni men o‘ylagandan ko‘ra a’lo darajada bajaradi. Kattalar kalla-siga kelmagan ajoyib fikrlarni o‘rtaga tashlaydi...
– Qizimning partasiga o‘tirsam maylimi?
– Bemalol.
U qiz o‘rniga o‘tirib darsni tinglay boshladi. Tasodifan qo‘li parta ostidagi qog‘ozlarga tegib ketdi. Qog‘ozlardan biri-ni olib o‘qidi. Unda "Aziz muallim, men onajonimni siz aytmasingizdan oldin ham juda-juda yaxshi ko‘raman", deyilgan edi. Qizining xatini tanigan ona boshini yanada qo‘yi egdi. Unsiz yig‘lay boshladi. Qilmishiga pushaymon bo‘ldi!!!

Fikr qo'shish