Yig‘layotgan qiz sevgi haqida she'r

Yig‘layotgan qiz


Bu og‘ir bog‘ ichra og‘ir qadamlar
Tashlab ketayotgan og‘irgina qiz,
Dunyo ko‘zlaringdan dunyo alamlar
Tomchilar, har biri bir ulkan yulduz.

Tomchilar ko‘zingdan norasidalik,
So‘zga aylanmagan yonish tomchilar.
Beshafqat diydormi og‘ir judolik,
Yo‘qotish tomchilar, topish tomchilar.

Yo‘q, seni aldagan, birov aldagan,
U seni sevgandir, yo‘q, yo‘q, sevmagan.
Ko‘ksingga chiroyli o‘qlar qadagan,
Birovlar aldagan, birov aldagan.

Tomchilar ko‘ksingdan kelayotgan kuz,
Og‘ular tomchilar, gullar tomchilar.

Yaqin xotiralar… idrok faromush,
Vijdoningni o‘yib urar tomchilar.

Vijdonsiz nomusli niqobin qo‘ymas,
Vijdonning har dami ruhiy iztirob.
Vijdonsiz xatosiz kunlardan to‘ymas,
Vijdon bu xatodan ulg‘aygan azob.

Seni yupatmoqqa jur’at yo‘q menda,
Sen mening kechmishim, umrim bo‘lagi.
Faqat men qayg‘ular tilarman senga,
Kattakon quvonchning unsiz o‘lanin!

Aldanmoq tilarman senga ko‘p marta,
Aldanmoq — dunyoga nazar, anglamoq.
Aldanmoq — ko‘z yoshi qilmoq, yo‘q, artmoq,
Aldanmoq — kurashga otlanmoq demak.

Yig‘lamoq tilarman, qaynab yig‘lagin,
Tishlaringni sekin qayrab yig‘lagin!

O‘nta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la!
Yuzta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la!
Mingta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la!
Paymonang to‘lguncha, to‘yguncha yig‘la!

Ular lazzatxo‘rlar, qaroqchilardir,
Umrlari uzun, sob bo‘lmas, esiz!
Bu dunyo — aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo — aslida yig‘layotgan qiz!

Men senga qo‘shilib yig‘lay olmasman,
Faqat bosh egaman qaygungga so‘zsiz.
Men senga talpinib, aslo tolmasman,
Men seni sevaman, yig‘layotgan qiz!

Do'stlik o'zi o'xshar sevgiga,

Do'stlik o'zi o'xshar sevgiga,  Do'stlik uchun ayrilmoq malol,  Do'stlik so'zin yeting qadriga,  Sevgidan ham qimmat ehtimol...!...

Sen tong bo'lgin yorug' va sokin

Sen tong bo'lgin yorug' va sokin Men tunlardan xafa bo'lganman. Tundek xayol mahzunligimdir Men tonglarni uzoq kutganman....

Seni kim deb atay...

Seni kim deb atay, kimsan men  uchun? Taqdir menga bergan  mukofotmisan? Xayot  yo'limdagi sinovlar uchun,  Peshonamga bitgan  sinoatmisan? Kimsan?......

Men sani sevaman yorim betakror

Ko'ngil sovutmoqqa urinma bekor, Bu ko'ngil sovimas azizim zinhor, Bir so'zni aytaman takror va takror, Men sani sevaman yorim betakror....

Dilda Bordur Orzu Armon

Dilda Bordur Orzu Armon.😊 Ammo Ishqqa Ishonmiyman.😔 Sevgi Nima Bilmaymanu.😏 Ammo Sensiz Yasholmayman...

Bilmadim tushimmi, o'ngimmi bari

Bilmadim tushimmi, o'ngimmi bari, Seni ko'rgim kelar ko'rganim sari. Sendan o'tinaman qalbim gavhari, Yonimdan sira ham ketmagin nari....

«MENDAN YaHShISINI TOPGAN YaHShI QIZ»

Siz chiroyli  sizku yahshisiz, Go'zal qizlar ichra naqshi siz. Mening bahtim kimning bahtisiz? Mendan yahshisini topgan yahshi qiz!...

Men osmomman yulduzim sensan

Men osmomman yulduzim sensan, Meb Kemaman dengizim sensan. Men yaprokman ildizim sensan, Gozallikda tengsizim sensan....

Ulg'aymagan sevgi

Men xamon o'shaman- jajji qizaloq, Mendan boshqalar ulg'ayishyapti. Menda ulg'aygani qayg'uli quvonch. Bir sirim aytaymi? Qiynaldim. Rosti!......

Bu dunyoni g'ami bizga begona

Ilk bahordek o'sib borar sevgimiz Kunlar tunga o'xshab borar sevgimiz Taqdirlar xam tan oladi sevgimiz. Bu dunyoni g'ami bizga begona....

Izohlar 2

  1. Офлайн
    Gulhayo
    Gulhayo 7 ноября 2023 18:21
    O'ta go'zal
  2. Офлайн
    Iroda
    Iroda 22 февраля 2022 07:19
    Juda ajoyib

Fikr qo'shish