Bari bir bandasan, ojiz bandasan uzbekcha sher

Bari bir bandasan, ojiz bandasan
Bari bir bandasan, ojiz bandasan

Bir pas to‘xta QIYOMATni esga ol...!!
Sabr ila ibodatlar qilib qol.
O‘limni xar laxza xar on esga sol.
Bari bir bandasan, ojiz bandasan...

... Xayot tashvishlari aldab qo‘ymasin.
Savol javob og‘ir ko‘ngling to‘lmasin.
Dunyoda obro‘ying qanday bo‘lmasin.
Bari bir bandasan, OJIZ bandasan...

... Atrofingda xizmatkoring mo‘l bo‘lsa.
Tashvishlaring ortda qolib kul bo‘lsa.
Molu mulking, puling, xazinang to‘lsa.
Bari bir bandasan, OJIZ bandasan...

... Tashvishlaring bir dunyoday ko‘rinib.
Xar kimdan pul so‘rab yursang yalinib.
Shukur qilsang yo qilmasang suyunib.
Bari bir bandasan, OJIZ bandasan...

... Otang- onang bo‘lsalar toju taxting.
Farzandlaring oilang bo‘lsa baxting.
Bu dunyoda tayyor bo‘lsa xam naxding.
Bari bir bandasan, OJIZ bandasan...

... Xasta yoki sog‘lom yursang xar kuni.
Ajal yaqinlashib kelar bil shuni.
O‘lim xaq xazil bilmagin sen uni.
Bari bir bandasan, OJIZ bandasan...

... AbdurRaxmon xisob kitob berarsan.
Amal kitobingda barin ko‘rarsan.
Imkon bersa yig‘lab yig‘lab so‘rarsan.
Bari bir bandasan, OJIZ bandasan..!

Fikr qo'shish