Huzuriga keldi egib boshini sevgi haqida she'r

Huzuriga keldi egib boshini


U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Sho‘xchan she’rlar aytdi sevgi nomidan.
Hammani kuldirdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.


U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Yig‘lab, faryod chekdi sevgi nomidan.
Hammani yig‘latdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.

U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Na kuldi, na qatra to‘kdi yoshini.
U kuyladi mag‘rur, qiz bo‘lsa shu vaqt
Huzuriga keldi egib boshini.

Seni Sevmay qo'ydim.

Seni sevmay qo'ydim, rosti gap, Eslamay ham qo'ydim, ko'p bo'ldi. Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim, Garchi hijron uni boshpana qildi......

Ilk bora ko'rganda

So'ngi bor qarab qo'y armonsiz ketay Toki eslab yuray qora ko'zlaring o'zimni shu chiroying bilan bant etay Mayliga tinglamay shirin so'zlaring......

Qabrim uzra kutaraman bosh!

Meni "sev"deb qilmayman talab. Majburiy sevishga yo‘q menda xavas. Faqat o‘lganimda ko‘zdagi yoshing. Tomchi bo‘lib oqsin yuzingda birpas......

Ishon...

Meni sev demayman... Meni sevgim ikkimizga yetarli. Menga hech ham yolg'on so'zlama, Eng muximi menga ishin! Shundagina men seni baxtli qila olaman Ishon......

Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering

Armonlar ko‘z ochsa dilimda qat-qat, Har ne mushkul bo‘lsa, qilarman toqat. Men ta’ma qilmayman hech narsa, faqat... Sizda qolgan ko‘nglim qaytarib bering....

Kel yaxshisi, sevgimdan hayiq

Kel yaxshisi, sevgimdan hayiq, Bir umr bo'l mendan ehtiyot. Yashirmayman, men baxtga loyiq, Lekin... lekin sen baxtdan ziyod....

Muxabbat

Sen chiroyli izhor aytarding, Men chiroyli uyalar edim. Sen mardlikdan topganding kamol, Men hayodan ulg‘ayar edim....

Qaytib bering

Olov kabi nigohlaringiz Yondirdilar dard, g‘amlarimni. Bir misra ham tuzolmay qoldim Qaytib bering alamlarimni....

Yuzin burib ketmasa...

Buncha go'zal bo'lmasa Dilni vayron etmasa Gaplar otsam eshitmay Yuzin burib ketmasa......

Siz baribir sevib qolasiz. o'lsam haqida sher

Erib ketar qalbingiz toshi  Oqar közdan ojizlik yoshi  Yetmas ekan inson bardoshi  Siz baribir sevib qolasiz. ...

Fikr qo'shish