Fazilatli ona

Fazilatli ona
Fazilatli ona


Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab:
- Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi.
Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim.
Yuq, qizcha yana shu gaplarni qaytardi.. so‘ng opalari kelib singlisi aytgan gaplarni ular ham aytishdi.
Fazilatli ona ko‘zlarimga qarab kulib dedi:
- Farzandlarim bilan jannatda qanday qilib qasr qurishimizni ko‘rgingiz kelayaptimi?
Men "ha" deb, bir chekkada ularni nima deyotganlarini kuzatib o‘tirdim.
Avval ona atrofida farzandlari tizilib o‘tirib olishdi. Farzandlarining yoshlari taxminan 3 yoshdan 10 yoshgacha edi. Hammalari xayajon bilan tayyor o‘tirishardi. Ona "Ixlos" surasini o‘qiy boshladi. Ketidan farzandlari qaytarar edi.

🍃Bismillahir rohmanir rohiym..
Qul huvallohu ahad,
Allohus somad, lam yaliyd va lam yuvlad, valam yakun lahu, kufuvan ahad.

Surani 10 marta qaytarishdi.

Tugatib bo‘lishgach hammalari bir varakayiga bor ovozlari bilan: Alhamdulillah, jannatda qasrimizni qurdik, deb hursand bo‘lib ketishdi.
Bolalari onasiga:
- oyijon, endi xazinamiz ham bo‘lsin.
Keyin birgalashib,
La havla va la quvvata illa billah ..
La havla va la quvvata illa billah..

So‘ngra fazilatli ona so‘radi:
- endi, kim sizlardan Rosululloh sollallohu ’alayhi va sallam unga javob berishlarini istaydi. Va qo‘llaridan suv ichib, undan keyin chanqog‘ini unutishini istaydi...
Keyin hammalari birdaniga:
🌹Allohumma solli ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammad.. kama sollayta ’ala Ibrohima va ’ala oli Ibrohim innaka hamidum majiyd..
🌹Allohumma borik ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammad.. kama barokta ’ala Ibrohima va ’ala oli Ibrohim innaka hamidum majiyd.

Ketidan esa tasbeh va takbir va tahlil (La ilaha illalloh)larni ketma ket etib chiqishib , hursand bo‘lishib, har qayoqqa tarqalishdi.
Kimdir darsiga qaradi, yana kimlaridir o‘yinchoqlariga kirishib ketdi.
🍃🍃🍃
Bularni qanday qilib urgatdingiz, deb so‘radim.
Fazilatli Ona:
- Bolalarim ular bilan o‘tirishimni yaxshi ko‘rishadi. Men ham vaqtdan foydalanib, ularga Allohni zikr qilishlarini o‘rgataman.

👒Azizlar bu hodisani sizlar bilan ulashgim keldi. Ko‘p bolajonlarimiz ko‘rsatuvlarda har xil qasrlar qurilishlarini tomosha qilib unda yashashlarini xohlashadi yoki bo‘lmasam multfilm qaxramonlarini xazinalarga qanday erishayotganlarini tomosha qilishadi. Ularga bularning hammasiga qanday oson yul bilan erishishligi mumkunligini o‘rgatsak.

Onaning vafotidan keyin ham ona o‘rgatgan azkorlarni farzandlari qaytarib tursa, onaga ehson qilishganday bo‘lishadi, hasanotlari yetib boradi in shaa Alloh.
Bu ona uchun dunyo va oxiratdagi eng afzal sarmoya.

Gulgina

Oysha kampir bolaligini yaxshi eslaydi. Hov anovi Shovuz togʻ etagidagi barloslarning Yona yurti – Sarkentida yashardi. Toshdan orasiga loy qoʻyib, panjakash qilib suvalgan pastmakkina, archa balorli uylar, shundoqqina uylar yonida ulardan-da pastmak qilib yasalgan qoʻy qoʻtonlaridan shiptir hidi anqib yotardi. Kigiz oʻtov esa har xonadonda bor....

SINOV

Bahrom yoshligidan aqlli bola bo‘lib ulg‘aydi. U huquq sohasiga qiziqar, sud ishi bilan bog‘liq kinolarni miriqib tomosha qilardi. Maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirish maqsadida poytaxtga yo‘l oldi. Kirish anchagina qiyin bo‘lsa ham yaxshi niyat bilan Yuridik institutiga hujjat topshirdi. Nihoyat niyatiga...

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,  Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.  Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,  Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham.....

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

O'g'lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o'rganishga chanqog'i serob. Namoz o'qishni sevadi...  "Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.  Peshinga yaqin yo'lga, masjidga otlandik. O'g'limni elkamga ortib, yo'lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid...

Ota va Qiz

Tobut odamlar yelkasida qo'lma qo'l borar, bir qizaloq nimalar bo'layotganini tushunmay ʺAdajon, menam boramanʺ, deb ergashib yig'lamaganni xam yig'latardi. Qizaloq otasini qaerga olib ketishayotganini bilganda shunday dermidi? Mayyitni qabristonga qo'yib kelishdi xamki qizaloq yig'idan to'htamadi, xar bir erkakka yopishib, adajonisini so'rardi:...

Mirzo Ulug‘bek haqida / Мирзо Улуғбек ҳақида (1394-1449)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1994 yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Parijda ham YUNYeSKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek 1394 yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida,...

Onam

Oxirgi marta uyga, 22-fevralda telefon qilgan ekanman. 14 minutlik so’zlashuv davomida, otam, onam va yangamlar bilan gaplashgan edim. Aloqa sifatining yaxshi emasligidan, ayniqsa, onam bilan gaplashish rosa qiyin bo’ldi. Buning ustiga, tashqarida kuchli shamol shekilli, onam meni ovozimni eshitolmas edi....

Hikoya: Qasdli dunyo

Hikoyamiz qahramoni — ikki nabirali ayol. Bittagina o'g'li xotinining gapiga kirib, boshqa joyga ko'chib ketdi-yu, alam nimaligi, yolg'izlik qanchalik dahshatli ekanini vujud-vujudi bilan his etayotgan Farida opa eshigini qoqqan o'zi tengi erkakdan ko'z uzolmay qoldi. «Xudoyim, menga nima bo'ldi? » O'shanda ijaraga uy qidirib yurgan bu odamning...

Xolis niyat...

"Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman. Qaytib ko’chaga chiqdim. ...

Meni yig‘latgan hikoya

Bu hikoyani birov aytib berdi. Meni kanalimdagi "Xoshim" nomli hikoyamni o‘qigan inson aytib berdi. Eshitganda bir yig‘laganidim. Yozib tugatguncha yana yig‘ladim. Balki mening ko‘nglim bo‘shdir. Siz ham o‘qib ko‘ring azizlar!......

Fikr qo'shish