Farishtalar hozir bo‘lgan janoza

Farishtalar hozir bo‘lgan janoza
Farishtalar hozir bo‘lgan janoza


Farishtalar hozir bo‘lgan janoza.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’laba roziyallohu anhuning janozasida oyoq uchida yurgan ekanlar…

Sa’laba roziyallohu anhu bir umr Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xizmatlarida bo‘lgan sahobalardan edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bir yumush bilan bir joyga yubordilar. Sa’laba roziyallohu anhu bir ansoriy yashaydigan uyning oldidan o‘tayotib, nogahon ichkarida bir ayolning g‘usl qilayotganiga ko‘zi tushib, undan biroz ko‘zini uzolmay qoldi. Shu payt to‘satdan uning qalbiga vahima kirib, bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror vahiy nozil bo‘lishidan qo‘rqib ketdi. U dahshat ichida Makka bilan Madina oralig‘idagi bir toqqa chiqib, u yerda qirq kunga yaqin qolib ketdi...

Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga tushdilar va: «Ey Muhammad, Robbing senga salom yo‘llab, shunday dedi: «Ummatingdan bir kishi bir tog‘ning ichida Mendan (gunohidan) panoh so‘rayapti».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umar ibn Xattob va Salmon Forsiy roziyallohu anhumolarga: «Boringlar, menga Sa’labani olib kelinglar», dedilar. Ular Sa’labani topib kelib, «Mana u, ey Allohning Rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ey Sa’laba, nima uchun mendan uzoqlashding?», dedilar. «Gunohim tufayli, ey Allohning Rasuli», dedi u. U zot: «Gunohlaringni o‘chirib yuboradigan bir oyatni aytaymi?», dedilar. U: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot: «Robbanaa, aatinaa fid-dunya hasana, va fil-axiroti hasana, va qinaa azaaban-naar», dedilar. Sa’laba: «Ammo mening gunohim juda katta», dedi. U zot: «Allohning kalomi barcha narsadan ulug‘ va kattadir», dedilar va uni uyiga qaytishga buyurdilar.


Oradan sakkiz kun o‘tgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga: «Yuringlar, Sa’labaning oldiga boramiz», dedilar. Sa’labaning oldiga kirib, uning boshini muborak tizzalariga qo‘ydilar. Ammo Sa’laba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tizzalaridan boshini shartta ko‘tarib oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nega boshingni tizzamdan olding?» deb so‘radilar. U: «Chunki bu bosh gunohlarga to‘ladir», dedi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Ahvoling nechuk?» dedilar. U: «Suyagim, etim va terim orasida chumolilar yopirilib kelayotganday», dedi. U zot: «Nima istaysan?», dedilar. U: «Robbimning mag‘firatini», dedi.

Shu payt Jabroil alayhissalom kelib, shunday dedilar: «Ey Muhammad! Robbing senga salom yo‘llab, «Agar bu bandam Menga yer yuzi to‘la gunoh bilan kelsa ham, Men unga o‘shancha mag‘firatim bilan yuzlanaman», deyapti».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni Sa’labaga aytgan edilar hamki, Sa’laba qattiq qichqirib, behush yiqildi. Uning joni uzilgan edi…

Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni yuvib, kafanlashga buyurdilar. Janozani o‘qib bo‘lgach, oyoq uchlarida yura boshladilar. Dafn tugagach, u zotga: «Ey Allohning Rasuli, nima uchun boya oyoq uchida yurdingiz?», deb so‘rashdi. U zot shunday dedilar:

«Meni haq ila yuborgan Zotga qasamki, Sa’labani janozasiga hozir bo‘lgan farishtalar ko‘pligidan oyog‘imni yerga to‘liq bosa olmadim».

Ma’rifatis Sahoba kitobidpn

XURLAR RO'ZADORNING ZIYoRATIGA MUShTOQ

XURLAR RO'ZADORNING ZIYoRATIGA MUShTOQ Xazrati Oisha roziyalloxu anxodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollalloxu alayxi vasallam shunday dedilar: "Qachonki, banda ro'zador xolida tong otdirsa, uning uchun osmon eshiklari ochib qo'yiladi va uning a'zolari tasbex aytveradi xamda dunyo osmonidagi farishtalar uning uchun istig'for aytaveradilar. (Bu...

Ota va Qiz

Tobut odamlar yelkasida qo'lma qo'l borar, bir qizaloq nimalar bo'layotganini tushunmay ʺAdajon, menam boramanʺ, deb ergashib yig'lamaganni xam yig'latardi. Qizaloq otasini qaerga olib ketishayotganini bilganda shunday dermidi? Mayyitni qabristonga qo'yib kelishdi xamki qizaloq yig'idan to'htamadi, xar bir erkakka yopishib, adajonisini so'rardi:...

Sochingizdagi oq nimadan, onaxon?

Yo‘nalishli taksi tirbandligiga qaramay yana bir bekatda to‘xtadi. O‘tirish tugul oyoq qo‘yishga joy bo‘lmagan ulovga yo‘lovchi yopirilib kirdi. Tig‘iz payt. Hamma ishdan qaytyapti. Ayollar tezroq borib qozon-tovoqning harakatiga tushishni o‘ylab shoshilyapti. Shu payt tirbandlik ichida tanish ovoz qulog‘imga chalindi:...

Yosh qizning iztirobi: «Men hech qachon ona bo'la olmayman!»

— Hayotning zarbalari insonni qiynab qo'yar ekan. So'nggi paytlar hech narsaga hafsalam yo'q. Azoblarimning oxiri tugamaydiganday tuyuladi go'yo. Bilaman, qiz bola dardini ommaga dasturxon qilishi chiroyli ish emas. Ammo shu qadar tushkunlikka tushib qoldimki… To'g'ri, har bir odamning bu hayotda o'ziga yetgulik dardi bor....

Mehrli bo'laylik

Televizori buzilib qolgan bir musulmon oilasi, uni tuzatish uchun uyiga sozlovchi ustani chaqirdilar. Usta televizorni sozlamoq uchun orqa uskunalarini ochdi-yu... xayratdan dedi:......

Виждонингиз қийналмадими, йигитча?

Ўзаро ҳурмат-иззат, оқибат ҳақида гап кетганда ёши улуғ танишларимиздан бири "Ҳурмат ундирилмайди, қозонилади. Инсон ҳурматга муносиб кўрилмадими демак бунга унинг ўзи айбдор” дедилар. Бу фикр ҳам қайсидир манода тўғридир. Аммо бизнинг мулоҳазамиз анча фарқли. Инсоннинг афтрофдагиларга муносабати, таниш-бегоналарни нечоғли ҳурмат қилиш-қилмаслиги...

Ikki Sevishgan

O'tkan zamonlarning brida bir gozal va jozibali qiz bolgan ekan u qizga bir oq kongili mexribon yigit oshiq bolipdi qiz xam bolani yoqtirip qolipdi oradan yilar o'ti ayni yoz chilasi ikki sevishganlar kata suv xavzasi yonidan o'tishardi shu payt qizning xayoliga ; ilxom akam meni rostan xam sevarmikin o'zi sinap korish kerak dep xudi tasodifan...

Ayg‘oqchilar dunyosi: «Qizil ansambl»

 U tashkil qilgan ayg‘oqchilar tarmog‘i ikkinchi jahon urushi yillarida butun Ovro‘pani qamrab olgan edi. Gestapoda ularni «qizil ansanbl» (kapella) deb nomlashardi. Ushbu ayg‘oqchilik tarmog‘ining ko‘p sonli aloqachilari o‘zlarini pionina sozandalari, boshliqlarini esa usta kapelisterlar deb atashardi. … Ikkinchi jahon urushi yillari barcha...

Zaxar kuchi

Bir oilada ko'p janjal bo'lar, eri hotinini murosaga keltirishi juda og'ir ekan. Er hotindan, hotin undan tinimsiz nolir ekan. Kunlardan bir kun ulug' tabib oldiga borib eridan ko'p hasrat qilibdi va bir zahar berishini so'rabdi, shoyad shu zaharni eriga berib undan qutulsa…......

Kalit nega eshikni ochmayapti?

Bu voqea 1979 yilda yuz bergandi. O'n to'rt yoshlarda edim. Onam ko'chada kalitni yo'qotib uyga kelibdilar. Kalitning bir nushasi otamda edi. Otam bozorda savdogarlik qilardilar. Men bir yugurishda bozorga borib otamdan kalit nushasini olib, kalit yasovchi usta aqlli amakiga olib borib nusha yasattirib uyga chopishim kerak edi. Nega "Aqlli amaki”...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    shukrona
    shukrona 2 мая 2021 18:53
    judaham manoli

Fikr qo'shish