Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning
Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning


Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning berilib rasm chizayotganini ko‘rib qiziqqancha yoniga bordim:
-O‘g‘lim nimaning rasmini chizyapsan?
-Sizni, oyimni va o‘zimni, — nigohlarini menga qadadi u.

Suratga ahamiyat bersam, o‘zining va mening ko‘ksimga yurak chizgan va negadir ularni qora rangga bo‘yagandi.
-O‘g‘lim, yurak qizil rangda bo‘ladi. Mana bu qalam bilan ranglash kerak edi.

-Buni bilaman.
-Unda nega qora rangga bo‘yading?

U menga aybdorona boqib, gapirishda davom etdi:
-Buvimning aytishicha, boshqalarni yig‘latgan odamlarning yuragi qora bo‘larkan. Siz kecha oyimni yig‘latdingiz-ku?

Jajjigina o‘g‘limning so‘zlaridan kechagi dilxiralik yodimga tushib ketdi. Jahlimga erk berib qilgan ishmdan o‘z o‘g‘lim oldida uyalib qoldim. Shunday bo‘lsada gapni hazilga burdim:
— Unda seniki nega qora? Yoki sen ham biror qo‘shni qizni yig‘latdingmi?
-Yo‘q men hech kimni yig‘latmadim. Shunchaki! O‘zingiz doim aytasizku, «Sen xuddi menday bo‘lishing kerak» deb. Shunga…

O‘zi bilib bilmay dadasiga saboq berib qo‘ygan farzandimni bag‘rimga bosar ekanman, etim jimirlab ketdi. Bo‘g‘zimni kuydirib, bir jumla otilib chiqdi:
-Otangga o‘xshama, o‘g‘lim…

Qiz farzand

Shu qizingni ko'zimga ko'rsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu uyda esa asab buzarlik.. Yo'qot ko'zimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er hotiniga baqira ketdi......

AYOL Yaratilishi haqida.

AYOL Yaratilishi haqida. Alloh taolo ayolni yaratayotganda, uni 6- Kuni kechroq ishladi. Shunda uning oldiga farishta kelib dedi:“nima uchun bunga shunchalik ko'p vaqtingni sarflayapsan?” Alloh taolo javob berdi: “men uni yaratishim uchun e'tibor berishim lozim bo'lgan jihatlarini ko'r. U oson yuvilivchan bo'lishi lozim, lekin yelimdan bo'lishi...

Musofirlar taqdiri.... (2 qism)

“Ketaman dedi qat'iy ohangda...Ketaman, albatta ketaman”....turib yuzini yuvib keldi. Murodbek kelib oldiga o'tirdi. “-Qayoqqa ketasan?”- dedi Murodbek. “- Ochiq mozorga, qayerga bo'lardi, uyimga ketaman, Bolam gapiradigan bo'libdi, uni ko'rgim kelayabdi......

Kuz bahori

Darvoqe, kuzning ham oʻz bahori bor. Kechagina xunuk koʻrinib turgan yulgʻunlarning pushti koʻylagi sayhonlik, dalayu yoʻl chetlariga goʻyo koʻklam keltirgandek. Elektropoezd vagoni derazasiga termulib ketayotgan shaharlik bola onasiga deydi: — Onajon, qarang chiroyliligini! Kuzda ham daraxt gullabdi. Oʻqituvchimiz daraxtlar faqat bahorda...

📙Naqadar go‘zal axloqlisiz, yo Rasulalloh!

Qishloqdan bir kambag‘al kishi, qo‘lida bir kosada to‘la uzum ila Rasululloh sallollohu alayhi va sallam huzurlariga, hadya qilmoq niyatida keldi......

Duodan baht topgan kelin

“Bo'ladigan bola boshidan”, deb bejizga aytilmagan. ~Odina o'nlarga kirganda buvisi vafot etdi. Buvasi Muxammad ota yolg'iz qoldi. Keksayganda yolg'izlik azobi qiyin bo'lar ekan. Keksa odamning ko'nglini topish uchun bir so'z kam, ikki og'iz so'z ko'p......

Sevgi haqida ajoyib hikoya

Yigit bilan qiz hayvonot bog‘iga borishdi. Urg‘ochisi bilan o‘ynayotgan maymunni ko‘rishdi. Qiz: «Qanday romantik sevgi?!» deydi. Qafasdagi sherlarning oldiga borishganda ular jimgina o‘tirgan ikkita sherni ko‘rishdi, sherning urg‘ochisi narida yotardi. Qiz: «Qanday g‘amgin sevgi» deydi. O‘shanda yigi: «Ularga bo‘sh shisha butilkani tashlagin,...

Kuydirgandim, o'zim kuydim...

Shahnoza, seni juda ko'rgim kelyapti. Yolg'izlik iskanjasida qiynalyapman. Sovuq borliqni o'z zabtiga olgan. Yana men yomon ko'rgan sovuqlar boshlandi....

Armon (ayanchli hikoya)

Kichikligimda ota-onam o'tib ketishgan. Akam menga xam ota, xam ona o'rnida edi. Qiynalib-qiynalib meni......

JANNATNING EShIKLARI OChILUR...

JANNATNING  EShIKLARI  OChILUR...          Abu xurayra (r.a)  va Abu Sa'id (r.a)dan rivoyat qilinadi, ikkovlari aytdilar:          «Bir kuni Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bizlarga hutba qilib:         «Jonim qo'lida bo'lgan Zot bilan qasamki» deb uch marta aytdilar. Keyin boshlarini quyi solib turaverdilar, turaverdilar...        ...

Fikr qo'shish