Zuho namozi va uning fazilati

Zuho namozi va uning fazilati
Zuho namozi va uning fazilati


Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir".

(Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Tabaroniy, Bazzor va Ibn Abu Osim rivoyat qilishgan.)

Yuqoridagi hadis quyidagi ko‘rinishda ham rivoyat qilingan:

"Kim ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. Kim to‘rt rakaat zuho namozi o‘qisa, qanoatlilardan deb yoziladi. Kim olti rakaat zuho namozi o‘qisa, u o‘sha kun uchun unga kifoya qiladi. Kim sakkiz rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh taolo uni obidlardan deb yozib qo‘yadi. Kim o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, u odam uchun Alloh jannatda bir uy barpo qiladi".

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Menga Xalilim sallollohu alayhi vasallam uch narsani vasiyat qilganlar: har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, ikki rakaat choshgoh–zuho namoz o‘qishni va uxlashimdan oldin vitr namozini ado etmog‘imni».

(Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyat qilishgan. Xuddi shu hadisni Abu Dardo roziyallohu anhu ham rivoyat qilganlar.)

Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sallollohu alayhi va sallam zuho namozini (ba’zi kunlar) shunday (uzluksiz) o‘qir edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Ba’zan esa shunday o‘qimay tashlab qo‘yar edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz o‘qimaydilar, derdik».


(Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar. Termiziy hasan-g‘arib deganlar.)

Zuho namozi necha rakaat?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki ikki rakaat zuho namozini muntazam o‘qisa,
gunohi dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kechirilgaydir».

(Termiziy, Ibn Moja, Ahmad va Is'hoq rivoyat qilganlar.)

Abu Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sallollohu alayhi va sallam «Har bir insonda 360 ta bo‘g‘in bo‘lib, har bo‘g‘in uchun sadaqa berishi lozim»,- dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, bunga kimning kuchi yetadi»,- deyishdi. Rasululloh: «(Buning o‘rniga) ikki rakaat zuho namoz o‘qisangiz kifoya qiladi»,- dedilar".

(Abu Dovud, Ahmad, Ibn Hibbon, Ibn Xuzayma, Abu Ya’lo va Abu Nu’aym rivoyat qilishgan.)

Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bir a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz («Subhaanallooh» deb aytish) – sadaqa, har bir hamd («Alhamdulillaah» deb aytish) – sadaqa, har bir tahlilingiz («Laa ilaaha illallooh» deb aytish) – sadaqa, har bir takbiringiz («Alloohu Akbar» deb aytish) – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz – sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namoz o‘qishingiz kifoyadir»,- dedilar".

(Imom Muslim rivoyati.)

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sallollohu alayhi vasallam zuho (choshgoh) namozini to‘rt rakaat o‘qir edilar. Alloh xohlaganicha undan ham ziyoda qilaverardilar".

(Imom Muslim rivoyati.)

Ummu Honi’ binti Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Makka fathi kuni Rasululloh sallollohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, yuvinayotgan ekanlar. Qachonki, yuvinib bo‘lganlaridan keyin sakkiz rakaat namoz o‘qidilar. Ana shu zuho namozi edi".

(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.)

Xulosa shuki, zuho namozining eng kami ikki rakaat va eng ko‘pi o‘n ikki rakaatdir. Vallohu a’lam.

Zuho namozining vaqti quyosh to‘la chiqqandan taxminan 15 daqiqa o‘tgach boshlanadi va peshin vaqti kirishidan 10 daqiqa avval tugaydi. Eng afzal vaqti – peshin vaqti kirishidan 30-45 daqiqa avvalgi vaqtdir.
Duoda eslang...

Xalol sevgi

Uning ismini qo'l telefonimga (Hadija) deb yozib qo'ydim. Lekin o'ziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qo'l telefonimni olib ishlatmoqchi bo'ldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini so'radi......

G'azab

Bir kuni ilon duradgor ustaxonasiga kirib uyoq-buyoqqa o‘rmalay boshladi. Yerda yotgan arra ustidan sudralib o‘tgan edi, yengilgina jarohat oldi. Ilon bundan g‘azabi kelib, unga javob qilaman deb arrani tishlagan edi, og‘zining atrofidan qon oqib chiqdi. Ilon menga arra hujum qilmoqda, o‘limga to‘qnash keldim shekilli, deb o‘ylab, unga kuchli...

“Aytilmagan dil izhori”

Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman…  Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. ...

Jumbok 2 qism

Dayana bilan Damana kurishib uy ichiga kirishdi Damana Samshod hakida suradi Dayana akasi Samshod kamalib kolganini hakida suzlab berdi Damana hayron bulib kanakasiga kamalgani va nima sababdan kamaldi deb suradi Dayana akami dushmanlari va ishhonasidagilar akami stoliga pul tashlab tamigir pora horlikda yolgon tuhmat orkali......

Mazlumning duosidan qo'rq

Yo'lda ketayotib mashinalar tirbandligidan ancha to'htab qoldik. Yo'l chetida bir ayolni g'alati xatti-xarakatlari e'tiborimni tortdi. Bechoragina aqli zaif ekan deb achindim. Kimgadir juda o'hshatdim, ammo eslolmadim......

Jumbok 5 qism

Dayana Bilan Sabrina uyga kelganda Samshodni honasi tuzib yotgandi Sabrina hayron bulib Dayana akeni Honasi namuncha tuzib yotibdi deb oyogi Ostidan klon topib Oldi Dayana bu Buyinga takadigon kamogdan chikanida Aksiga......

Uzoq kutilgan sovg'a

Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uyg'ota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda bo'ldi. Bolalar uyg'onar-uyg'onmas chug'urlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga o'hshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab o'tirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili...

UCHINCHI BASHORAT

(Tarixiy hikoya) Movarounnahrda saraton issiqlari avjga chiqqan payt. Sahargi salqinlik ko‘p o‘tmay kunduzgi jazirama bilan almashadi. Quyosh go‘yo odamzod, nabotot va hayvonot olamini o‘z qudratiga yana bir bor ishontirishga qasd qilganday... Butun borliq, hatto shamol ham nafas olmay qotgan kabi. Uch oshyonalik muazzam rasadxona ichi salqin....

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla....

Fazilatli ona

Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab: - Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi. Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim....

Fikr qo'shish