Namoz tugaganda o'qiladigan duo

Namoz tugaganda o'qiladigan duo
Namoz tugaganda o'qiladigan duo


Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra:

اللهُمَّ أَنْتَ السَّلاَمُ وَمِنْكَ السَّلاَمُ تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلاَلِ وَالإِكْرَامِ

«Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar edilar.

(Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli zot, Sen barakotlisan.)

Imom Muslim rivoyatlari.

* Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig‘ bo‘lsalar:

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، اللهُمَّ لاَ مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ وَلاَ مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ وَلاَ يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodir. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o‘qir edilar.

(Ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man’ qiluvchi yo‘q. Va Sen man’ qilgan narsani beruvchi yo‘q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.)

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh alayhissalom:
«Kim har bir namoz so‘ngida o‘ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdulillah, Allohu akbar», deb yuzinchisini

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechiriladi», dedilar.

Imom Muslim rivoyatlari.

* Muoz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo‘llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman va senga har namoz so‘ngida

اللهُمَّ أَعِنِّي عَلَى ذِكْرِكَ وَشُكْرِكَ وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ

«Allohumma a’inniy ’ala zikrika va shukrika va husni ’ibadatik»ni aytishni tavsiya qilaman», dedilar».

(Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go‘zal bajarishda menga yordam ber.)

Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.

* Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz so‘ngida:

اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الكُفْرِ وَالفَقْرِ وَعَذَابِ القَبْرِ

«Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri va ’azabil qobr», deb aytar edilar.

(Ma’nosi: Allohim, kufrdan, kambag‘allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman.)

Ibn Sunniy rivoyatlari.

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

Muloyimlik go‘zal hislatdir!

...Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Menga nasihat qiling" dedi. ..."Qayerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq" dedilar. ..."Yana ko‘paytiring", dedi......

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin!!!! Kunini Robbisi ila suxbat, bomdod namozi ila boshlaganlar naqadar baxtlilar😊......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Duoning ijobat bo‘lish vaqtlari

Alloh taolo duoning ijobat bo‘lish vaqti va o‘rinlarini muayyan va xos turlarga ajratib, birini boshqasidan afzal qildi......

Qabrda bo‘ladigan savol javoblar

1)Robbing kim? -Robbimiz Alloh 2)Dinning qaysi? -Dinim Islom! 3)Payg‘ambaring kim? -Payg‘ambarim Muhammad (S.A.V)! 4)Kitobing qaysi? -Kitobim Qur'oni Karim! 5)Tilaging nima? -Tilagim iymon!......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Izohlar 2

  1. Офлайн
    Qahramon
    Qahramon 5 апреля 2025 02:57
    Barcha musulmonlarni Alloh jannat bilan soʻylasin.

    ,,Siylasin", demoqchi edim uzur soʻrayman.
  2. Офлайн
    Soliha
    Soliha 29 марта 2023 03:48
    Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin

Fikr qo'shish