Biz xammadan baxtli bo'lamiz sevgi haqida sher

Biz xammadan baxtli bo'lamiz
Biz xammadan baxtli bo'lamiz

Yo'llarimni kutib xilolim,
Yig'lamagin lablari bolim
Kunlar o'tib bir kun zilolim,
Biz xammadan baxtli bo'lamiz

Kuydirsang xam ishk o'chog'ida,
Sen yashaysan qalb ardog'ida,
Qo'l ushlashib sevgi bog'ida,
Biz xammadan baxtli bo'lamiz

Ko'rdim qancha qoshi kamonni
Lek ko'rmadim senday janonni
Lol qoldirib yeru osmonni,
Biz xammadan baxtli bo'lamiz.

Sevgi fasli kelganda baxor,
O'zgaga dil bog'lama zinxor,
Yondim kuydim deyishlar bekor.,
Biz xammadan baxtli bo'lamiz.

Vafoli yor bo'lib o'zimga,
Qulok tutgin jonim so'zimga,
Tushganida ko'zing ko'zimga,
Biz xammadan baxtli bo'lamiz

Kelin desa otayu onam,
Men erkalab deyman yagonam.
Ko'zlaring xam sira ko'rmas nam.
Biz xammadan baxtli bo'lamiz

Sen otayu onang erkasi,
Muxabbatim asil egasi,
Ishk o'ynashib baxtga to'lamiz,
Biz xammadan baxtli bo'lamiz

Izohlar 2

Офлайн
гули
гули 14 марта 2020 14:36
Шер жудахам яхши гап ёк ёзган инсонлар рахмат
Офлайн
Quvvat Buriyev
Quvvat Buriyev 9 марта 2020 18:50
Sherga gap yu zo'r 👍👍👍👍👍

Fikr qo'shish