Izzat – Islomdadir!

Izzat – Islomdadir!
Izzat – Islomdadir!


Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida arkoni davlat bilan, as’asayu dabdaba bilan yo‘lga chiqqan bo‘lardi. Ammo uning xizmatkordan boshqa kuzatuvchi yo‘q, qo‘riqchisi yo‘q, qilich-qalqon, o‘q-yoy yo‘q.

Adolatli Umar (r.a.) xizmatkor va o‘zlari navbat bilan tuyaga minib borishaverdi. Quddusga yaqinlashganlarida shahar ahli «xalifa kelyapti», deb darvoza kalitlarini topshirish uchun uning istiqboliga chiqadi. Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda edi. U tuyada, xalifa esa piyoda kelyapti. Bir joyda xalifa Umar (r.a.) suvdan kechish uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring: «Islom oliy davlatining bosh rahbari yalang oyoq, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda mag‘lub shaharga kirib borayotir... Quddusni qamal qilgan Islom lashkarining bosh qo‘mondoni bu ko‘rinishdan xijolat bo‘lib, xalifaga ta’na qiladi:
– Ey Umar (r.a.), ayb bo‘ldi, bu holdan biz uyalamiz.
Hazrati Umar uning ko‘ksiga bir urib:
– Yo‘qol ko‘zimdan! Agar shu so‘zingni oldinroq aytsayding, vazifangdan olib tashlardim. Izzat – Islomdadir, qiliq-qiyofada emasdir! – dedilar.

Baridan voqif

Umar (r.a.) xalqqa e’tiborli, zaiflarga yaxshilik qiluvchi, haqiqat borasida qattiqqo‘l va odamlarning barini barobar ko‘radigan xalifa edilar. Umar (r.a.) odamlarga berish uchun o‘zlarini mahrum qilar va ular to‘yishlari uchun och qolar edilar. Odamlarning uylaridan, manzillaridan xabardor bo‘lib turardilar.
Bir kuni bozorda sadaqa so‘rayotgan qariyani ko‘rdilar va: «Ey shayx, nima qilayapsan?» deb so‘radilar. Qariya: «Men yoshi ulug‘ qariyaman, yordam va nafaqa so‘rayapman», dedi. U Madina axolisidan bo‘lgan yahudiy edi. Umar (r.a.) buyuk insoniy xislat egasi edilar. Shundan unga: «Ey shayx, biz senga insof qilmadik. O‘shligingda sendan jizya olib qariganingda tashlab qo‘ydik», dedilar-da, uning qo‘lidan ushlab uyiga olib bordilar. Unga zarur miqdorda oziq-ovqat tayin etdilar va Baytulmol xazinachisiga: «Bu va bunga o‘xshashlarning o‘zi va ahliga yetarli miqdorda mablag‘ ajrat», deb odam yubordilar.


* * *

Bir marta Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yurgandilar, ozg‘inlikdan to‘zib ketgan qizchani ko‘rib qoldilar. Qiz bir turar, bir yig‘ilardi. Shunda Umar (r.a.): «Bu qizaloqning aybi nima?! Gunohi ne?! Qaysi biringiz bu qizchani taniysiz?» dedilar. O‘g‘illari Abdulloh: «Tanimadingizmi, ey mo‘minlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yo‘q», dedilar. Abdulloh aytdilar: «Bu – qizlaringizdan biri!».
– Bu qaysi qizim?
– Umarning o‘g‘li Abdullohning qizi Falona.
– Essiz, uning bu holga tushishida nima sabab bo‘ldi?
– Sizdagi narsa bundan to‘sib qo‘ydi.
– Allohga qasamki, menda musulmonlarnikichalik haqqingdan boshqa narsa yo‘q. Bu men va sizning o‘rtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.

* * *

Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r.a.) Abdurahmon ibn Avfga (r.a.): «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilamizmi?» dedilar. Ularni qo‘riqlab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda Umar (r.a.) bir go‘dakning yig‘isini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar, so‘ng o‘z o‘rinlariga qaytdilar.shunda yana yig‘i ovozini eshitib, onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar-da , joylariga qaytdilar. Vaqtiki, tun oxirlagandi, yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O‘g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga majburlayman, u esa ko‘nmaydi», dedi. Umar (r.a.): «Nima uchun?» deb so‘radilar. U aytdi: «Chunki Umar ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni, farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi). Umar (r.a.): «Buning yoshi nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r.a.) esa: «Essiz unaqa shoshmagin», dedilar-da bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari odamlarga eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir munadiyga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.
Faqir hokim
Hazrati Umar (r.a.) Said ibn Omir al-Jumahiyni Ximsga voliy qilib tayinladi. Uni safarga jo‘natish oldidan huzurlariga chaqirib:
– Ey Said, mana voliy bo‘lib ketyapsan, senga qancha maosh ajratay? - deb so‘radilar xalifa.
Said ibn Omir talmovsirab qoldi. U amirning o‘zi juda oz maoshga qanoat qilib yurganini, uyida ko‘pda qozon qaynamasligini, kiyimida bir necha yamoq borligini eshitgandi. Shuning uchun xijolat bo‘lib:
– Ey amiral mo‘minin, men maoshni nima qilaman? Baytul-moldan berib turiladigan nafaqa (ya’ni, kiyim va ovqat)ning o‘zi yetadi, - deb javob qaytardi va Ximsga jo‘nab ketdi.
Said Ximsda voliylik qilib tayinlanganidan keyin bir oz vaqt o‘tgach, Umar ibn Xattob (r.a.) bir guruh ishonchli kishilar bilan Ximsga keldilar. Maqsad – voliyning ishi bilan tanishmoq, kamchiliklarini tuzatmoq, adolatsizlik qilgan bo‘lsa, tanbeh bermoq edi. Xalifa xalqning hayoti bilan tanishish, muhtoj va miskinlar bo‘lsa, ularga yordam ko‘rsatish uchun bechora-faqir kishilarning ro‘yxatini olishga buyurdilar. Ro‘yxat tuzildi. Uni ko‘rayotgan Umar (r.a.) ro‘yxatning avvalida «Said ibn Omir» ismiga nogoh ko‘zlari tushib, atrofdagilardan so‘radilar:
– Kim bu?
– Bizning voliyimiz...
– Iye, u ham faqirlar qatoridami? - hayron bo‘lib so‘radilar xalifa.
– Ha, judayam faqir. Vallohi, uning uyida oylab o‘choqqa o‘t g‘alanib, ovqat pishirilmaydi.
Bu gaplarni eshitib, hazrati Umar (r.a.) yig‘lab yubordilar. Bu qandoq mo‘minki, o‘zi voliy bo‘laturib, boy bir o‘lkaning hukmdori bo‘laturib, o‘zi kambag‘allarcha turmush kechirsa, Baytul-moldan yegulik olishga haddi siQmasa. U-ku bir voliy ekan, butun Islom olamining xalifasi hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari-chi? Uning ham xonadonida uncha-munchaga qozon qaynamaydi, egnidagi xirqasining bir necha yamog‘i bor. Musulmonlikning, mo‘minlikning qismati shundoq. Voliysi ham, xalifasi ham, olimi ham, fozili ham sabr-qanoatda, tamkin-itoatda bir-biridan o‘zishga harakat qiladi.
Hazrati Umar (r.a.) shundan keyin voliyning vakillariga ming dinor berib tayinladilar:
– Mendan Saidga salom aytinglar. Mana bu pullarni amiral-mo‘minin muhtojlikdan qutilishing uchun berib yubordi, deb aytinglar.
Umar ibn Xattob (r.a.) yuborgan xaltachani vakillar Said ibn Omirga keltirib berishdi. Voliy hayron bo‘lib ochib ko‘rdi. Qarasa, ichi to‘la dinor... Shunda u boshiga og‘ir kulfat tushgan odamday, istirjo aytdi: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un». Xaltachani chetga surdi, kayfiyati buzildi, yuragi siqildi. Oxiri barcha dinorni mayda xaltachalarga solib taqsimladi va hammasini musulmonlarga tarqatib, tinchidi.

QO`ShXOTINLIK ORTIDAN KELGAN BALO

Sobir akaning ikki o`g`il va ikki qiz farzandi bor, yoshi katta bo`lsa ham, haligacha esini yig`ib olmadi-da. O`zi fermer xo`jaligida hisobchi vazifasida ishlaydi. Qo`liga pul tushdi deguncha, qo`shni qishloqdagi spirtli ichimliklar do`koniga yuguradi. Uyga bir-ikki butilka aroq olib kirib, zarurat...

Musofirlar taqdiri.... (3 qism)

“Yakshanba kuni xam notinch o'tadigan ko'rinadi, biror chora topish kerak, ex xayvon, meni shuncha tashvishga qo'yib ketding. Bular meni atayin yashirayabdi deb do'pposlab yuribdiya”....Tonggacha uhlolmay chiqdi. Kechagilar yana kelishdi. Yana o'sha manzara......

Sabr jannatga yo‘ldir

Yigirma yoshda edim. Ustozim bilan bir kitob o‘qidik. Nomi yodimdan ko‘tarilgan, arab tilidagi she’riy kitobning mazmuni bunday edi: o‘n uch yoshli qiz og‘ir kasallikka chalinadi. Iztirobda qolgan onaizor qiziga buni bildirmaslik uchun, qo‘lidan nima kelsa, qiladi. Lekin kun kelib haqiqatni bilgan qiz onasiga dil so‘zlarini bunday bayon qiladi:...

Dugonalar. (Ibratli Voqea)

Bosh qahramonlarimizdan birining ismi Diyora ismli sho’x shaddot qiz. Uning fel atvori sho’x bo’lsa ham o’zi juda yaxshi,oqko’ngil, pokiza, o’qimishli qiz edi. U bilan birga ishlaydigan Ziyoda ismli qiz bu ikkalasi bir biriga dugona edi. Diyoraning uyiga bir badavlat obro’li honadondan sovchi keldi. Malum bo’lishicha sovchi jo’natgan yigitDiyorani...

Qiz, yigit va ota» hangomasi

Qobulda kitob sotadigan bir qiz do'koniga sevgilisi kelganini ko'radi. Shu payt qizning otasi ham yonida edi. Qiz sevgilisiga qarab otasi tushunmaydigan usulda so'z qotibdi: — Og'a, siz nemis yozuvchisi Yorg Danielning «Otang uydami?» kitobini olishga keldingiz shekilli-a? Yigit: — Yo'q, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning «Seni qaerda ko'rishim...

Yaqinda musulmon bo'lgan bir yaxudiy xikoya qiladi

«Bir musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat bilan shug'ullandik. Ishimiz juda kattalashdi. Katta foydalar qildik. Vaqti kelib, ikkimiz ajralishga qaror qildik. O'rtadagi molimizni xisobladik. Ikkimizning ulushimiz aniq bo'ldi......

QOTIL(mistika)

Bu yilgi yoz avvalgilariga qaraganda ancha issiq keldi. Hatto jazirama bahona bo‘lib qon bosimi bor, issiqni ko‘tara olmaydigan odamlar omonatini topshirishgacha bordi. Insoniyatga do‘zax haroratini eslatuvchi ana shunday olovli kunlar Tursuntosh domlaning xonadoniga ham tashvish olib keldi. Tuppa tuzuk yurgan domla dalada ketmon chopib qaytar...

Hayotiy

“Uylanganimda qurilishda ishlar edim. Bilasiz, bunaqa joyda ishlaganlar doim ishdan keyin “changyuvdi” qilishadi. Men xam qatordan qolmasdim. Ayolim u paytda faqat bomdod namozini o'qirdi. O'zim ichsam xam, namoziga qarshiligim yo'q edi......

DO'ZAX DOMIDA QOLGAN QIZALOQ…

Rossiyaning Bryansk viloyat markazidagi ko'p qavatli uylardan birida fojia yuz berdi. Kutilmaganda to'qqiz oylik qizaloq Anya g'oyib bo'ldi. Qizaloqning ota-onasi Aleksandr Kalugin va Svetlana Shrapsovalar barcha huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlarini oyoqqa turg'azishdi. Anyani butun mamlakat bo'ylab qidira boshlashdi… Oila Aleksandr...

MERSEDES YoNIDAN TOPILGAN ChAQALOQ… (Voqea real hayotdan olingan)

Mustaqil hayotga yo'l Nozima tuni bilan ko'z yummadi. Bolalar uyidan ketayotgani uchun emas, bu maskandan chiqqach, holi ne kechishini o'ylab qayg'urdi. Go'dakligidan shu yerda o'sdi. Yeb-ichishdan, kiyim-kechakdan kamlik ko'rmadi. Mehribon tarbiyachilar uni oq yuvib, oq tarashdi....

Fikr qo'shish