Qur'onda zikr etilgan qalb turlari

Qur'onda zikr etilgan qalb turlari
Qur'onda zikr etilgan qalb turlari


Alloh taolo Qur’oni karimda qalbning bir qancha turlarini zikr etgan. Jumladan:
1. Salim qalb – Allohga ixlos qiluvchi, kufrdan, shirkdan, nifoqdan, turli razolatlardan pok qalb (Shuaro surasi, 89-oyat).
2. Munib qalb – Allohga qaytuvchi, Unga tavba qiluvchi, toatiga yuzlanuvchi qalb (Qof surasi, 33-oyat).
3. Muxbit qalb – bo‘ysunuvchi, taskin topuvchi qalb (Haj surasi, 54-oyat).
4. Vajil qalb – solih amallarini Alloh qabul qilmay qolishidan qo‘rquvchi qalb (Mo‘minun surasi, 60-oyat).
5. Taqiy qalb – Allohning qonunlarini hurmat qiluvchi taqvoli qalb (Haj surasi, 32-oyat).
6. Mahdiy (hidoyat qilingan) qalb – Allohning taqdiriga rozi bo‘luvchi, Uning amriga itoat etuvchi qalb (Tag‘obun surasi, 11-oyat).
7. Mutmain qalb – Allohning tavhidi, zikri bilan xotirjam bo‘luvchi qalb (Ra’d surasi, 28- oyat).8. Hay (tirik) qalb – eshitgan gaplarini tushunuvchi, Alloh keltirgan misollardan ibrat oluvchi qalb (Qof surasi, 37-oyat).
9. Mariz qalb – shak-shubhaga, nifoqqa, man etilgan shahvatlarga giriftor bo‘lgan kasal qalb (Ahzob surasi, 32-oyat).
10. A’mo qalb – to‘g‘ri yo‘lni ko‘rmaydigan, haqiqatni idrok etmaydigan so‘qir qalb (Haj surasi, 46-oyat).
11. Lohiy qalb – Qur’oni karimdan g‘ofil, dunyo shahvatlari bilan ovora, aql yuritishdan mahrum qalb (Anbiyo surasi, 3-oyat).
12. Osim (gunohkor) qalb – haq guvohlikni berkitadigan qalb (Baqara surasi, 283-oyat).
13. Mutakabbir qalb – Allohning tavhididan, U Zotga itoat etishdan kibr qiluvchi, ko‘p zulm qiluvchi qalb (G‘ofir surasi, 35-oyat).
14. G‘aliz (qo‘pol) qalb – mehr-shafqatdan, muruvvatdan mosuvo qalb (Oli Imron surasi, 159- oyat).
15. Maxtum (muhrlangan) qalb – hidoyatdan to‘silgan, aql yuritmaydigan qalb (Josiya surasi, 23-oyat).
16. Qosiy (qattiq) qalb – imonga yumshamaydigan, tanbeh, ogohlantirish ta’sir etmaydigan, Allohning zikridan yuz o‘giruvchi qalb (Moida surasi, 13-oyat).
17. G‘ofil qalb – Allohning zikridan g‘ofil, nafsiga bo‘ysunuvchi qalb (Kahf surasi, 28-oyat).
18. Ag‘laf (berkitilgan) qalb – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so‘zlari yetib bormaydigan qalb (Baqara surasi, 88-oyat).
19. Zoig‘ qalb – haqdan toyiluvchi qalb (Oli Imron surasi, 7-oyat).
20. Murib qalb – shubhalanuvchi qalb (Tavba surasi, 45-oyat).
(“Qur’on qalblar shifosi” kitobidan)

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘zlari: "Namoz, namoz(ga extiyot bo‘lingiz!) Qo‘l ostingizdagi cho‘rilar haqqida Allohdan qo‘rqingiz!", degan so‘zlar bo‘lgan edi......

Shunday kun keladi

«Ey Odam farzandi! Albatta shayton sizlarga dushmandir. Siz uni dushman tuting. Bilinglar, u kunda to‘p-to‘p bo‘lib qayta tirilasizlar. Rahmon huzurida saf-saf bo‘lib tizilib turasizlar. (Nomai a’mol) kitobini harfma-harf o‘qiysizlar. Maxfiy va oshkora qilgan ishlaringiz haqida so‘ralasizlar. Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon huzuriga...

Sajda yechimdir!

Qachonki yuraklar siqilganda Qalbingning tub – tubidan “Alloh” deysan. - Qachonki dunyo ko‘zinga zulmkor ko‘ringanda, hamma qilganlaring behuda bo‘lganida, qanotlaringni qayirganlarida “Yo Alloh” deysan....

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لأَصْحَابِهِ أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ؟» فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ: «اللَّهُ الْوَاحِدُ...

Qiyomat kuni seni ahvoling qanday bo‘ladi?

• Sen vaqtingni behuda ketkazganingga afsuslanasan! • Sen keraksiz narsalar bilan band bo‘lganing uchun afsuslanasan! • Sen vaqtida o‘ranmaganing uchun afsuslanasan! • Sen ko‘zingni tiymaganing uchun afsuslanasan! • Sen namozni ado etmaganing uchun afsuslanasan! • Sen ro‘za tutmaganing uchun afsuslanasan!...

Juma kunining sirlari

Juma kunining boshqa kunlardan afzallik jihatlari juda ko‘p. Ulardan biri shuki, juma kuni aynan juma namozi uchun g‘usl qilib, namozga ertaroq kelgan, namoz va masjid odoblariga rioya qilib namoz o‘qigan bandaning har bir qadamiga bir yillik namoz va ro‘zaning savobi beriladi....

Fikr qo'shish