Albatta o'qing

Albatta o'qing
Albatta o'qing

Shom kirishiga o‘n besh DAQIQA qolibdi...
~ «Yana kechiktiribman namozni», dedi o‘ziga-o‘zi...
Tezgina tahorat olib, yuz-qo‘lini artmasdan xonasiga yugurdi...
Yana shunday tezlik bilan ibodatini ado etdi.
Tasbeh o‘girib o‘tirarkan, xayolidan buvisi ketmasdi...
~ «Bu holimni ko‘rganlarida urishib bergan bo‘lardilar. Qanday NAMOZ o‘qirdilar-a buvim...»
Duo qilib bo‘lgach, ustidan qandaydir yuk bosayotganini his qildi va astagina sajdaga uzandi... Ko‘zlari yumilib ketayotgan edi...
~ «Rosa charchabman bugun» deb o‘yladi...Shu tarzda uxlab qolganini sezmay qoldi...

QIYOMAT QOIM ...

Mahshargohda odam qaynaydi... Kimdir dong qotib qolgan, nima qilishini
bilmay harakatsiz turar, kimlardir esa har qayoqqa chopgan, yana kimdir
boshini ikki qo‘lining orasiga olgancha tiz cho‘kkan... ... Uning yuragi
qinidan chiqib ketguday urar, vujudidan muzdek ter oqardi...Hayotligida
qiyomat, savol-javob, tarozi haqida o‘qigan, bilgan edi...Biroq Mahsharning bunchalik vahimali bo‘lishini hech o‘ylamagandi. Hisob-kitob davom etmoqda.
... Bir payt uning ismi o‘qildi... Hayrat ichida bir o‘ngga, bir chap
tomonga qaradi...~ «Mening ismim o‘qildimi?» deya titradi lablari. Shu dam olomon ikkiga bo‘lindiyu ro‘parasida uzun yo‘l paydo bo‘ldi...Ikki farishta ikki qo‘ltig‘idan olib, oldinga surgilay boshladilar... ... Tarozibonning huzuriga yetganlarida farishtalar g‘oyib bo‘lishgandi. Butun hayoti ko‘z o‘ngida bir-bir o‘tayotgan edi. ~ «Shukurlar bo‘lsin, - dedi o‘ziga-o‘zi. - Umrim davomida faqat din yo‘lida XIZMAT qilganlar bilan birga bo‘ldim... Otam mol-davlatini Islom uchun sarf qildi. Uyda amri-ma’ruflar o‘tkazardi, onam esa kelgan mehmonlarni kutib olar, dasturxon tuzardi... Men ham odamlarga xizmat qildim, ularga Allohning dinini tushuntirdim...Namoz o‘qidim, ro‘za tutdim, nimaiki farz bo‘lsa, hammasini bajardim... Xaromdan qochdim». Ko‘zlaridan yoshlar duv-duv to‘kilarkan, «Rabbimni sevaman, Rabbimni sevaman» deya takrorlardi...«Nima qilgan bo‘lsam ham, Jannatga kirishim uchun yetarli emas, umidim faqat Allohimdan». Hisob-kitob cho‘zilgandan-cho‘zildi...Uning esa butun vujudi titrar, terlar, xayolida turli fikrlar g‘ujg‘on o‘ynardi... Bir mahal qo‘lida qog‘oz tutgan farishta olomonga o‘girilib, hukmni o‘qishga kirishdi. Eng avval uning ismi o‘qildi...... Oyoqlari tamomila majolsiz edi, yiqilay-yiqilay deb turibdi,
ammo jon qulog‘i bilan farishtaning og‘ziga ko‘z tutgan... Olomon bir
qalqib tushdi: U Jahannamga mahkum etilibdi..! Nima?.. Quloqlariga
ishonmadi... «Bo‘lishi mumkin emas!..» baqirdi bor ovozi bilan u...
Telbalarcha har tomonga yugura boshladi... ~ «Qanaqasiga JAHANNAMIY
bo‘larkanman..? Axir butun umr dinimga xizmat qildim-ku....!» ...
Farishtalar yana ikki qo‘ltig‘idan olishdi. Oyoqlarini yerga tekkizmay olovi osmonga o‘rlagan jahannam tomon sudrab ketishdi...... U esa tinmay
chirpanardi. Lablaridan yarim-yorti so‘zlar chiqardi: ~ «Xizmatlarim...tutgan ro‘zalarim... Qur’on o‘qiganlarim... namozlarim... Hech biri qutqarib qolmaydimi meni?..»Baqirib-chaqirib, yolvorishga tushdi. Qani endi farishtalar quloq solsa. Jahannamga juda yaqin kelib qoldilar, hatto olovining tafti sezila boshladi. Payg‘ambar alayhissalom «Uyining oldidan oqib o‘tadigan suvda kuniga besh marta yuvingan odam qanday tozalansa, kuniga besh mahal o‘qilgan namoz ham odamni xuddi shunday gunohlardan poklaydi» degan edilar...~ «Unday bo‘lsa, namozlarim meni qutqarib qolmaydimi?» deya o‘yladi...«Namozlarim... namozlarim... namozlarim...»
Farishtalar uning yolvorishlariga mutlaqo beparvo edilar...Jahannam
o‘rasining boshiga kelishdi. Undan chiqayotgan olov tafti yuzlarini yondirib yuborgudek darajada edi...U umid to‘la ko‘zlari bilan ortiga o‘girilib qaradi: yo‘q, hech qanday najot yo‘q..!..Qo‘llaridan tutib turgan panjalar bo‘shaldi... va uni JAHANNAM tomonga itarib yubordi... Xuddi shu mahal kimdir uning qo‘lidan tutib koldi. Yo Rab..!.. Boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi. Oppoq soqolli nuroniy bir chol uni jahannam o‘rasidan tortib olayotgan edi. ~ Siz kimsiz? - so‘radi u dahshat makonidan uzog‘lasharkan. Nuroniy chol kulimsiradi: ~ Men sening namozlaringman..

KЕCHIKTIRIB O‘QILGAN NAMOZLARINGMAN ... ~ dedi ...

Fikr qo'shish