Ёсин сураси фазилати

Ёсин сураси фазилати
Ёсин сураси фазилати


Yosin surasida Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqiqiy payg‘ambar ekanlari, Iso alayhissalom tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilar ko‘rgan-kechirgani, Habib Najjor ismli kishi imon yo‘lida jonini fido qilishi, quyosh, oy, yulduzlar ilohiy qonuniyat asosida harakatlanishi bayon etilgan. Shuningdek, jannat va do‘zax ahllarining qiyomat kunidagi holatlari, tavhid masalasi, qayta tirilish haqligiga dalolat qiluvchi oyatlar keltirilgan.

Yosin surasi fazilatlari to‘g‘risida ko‘p hadisi shariflar rivoyat qilingan. Ularda aytilishicha, kimda-kim bu surani ixlos bilan o‘qisa, hojati ravo bo‘ladi, xavf-xatarda bo‘lsa xotirjamlik topadi, kambag‘al bo‘lsa boylikka erishadi, mahbus bo‘lsa ozodlikka chiqadi, qarzdor bo‘lsa qarzini oson uzadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Yosin Qur’onning qalbidir. Kim uni Alloh (roziligi)ni, oxirat kunini istab tilovat qilsa, gunohlari kechiriladi. Uni o‘liklaringizga o‘qinglar ”.
Yosin surasini o‘liklarga o‘qish ikki xil izohlangan:
1. O‘lim to‘shagida yotganlarga o‘qiladi;
2. Yosin surasi savobi mayyitlarga bag‘ishlanadi.
Jumhur ulamolar birinchi qavlni ma’qullashgan .
Nima uchun o‘lim to‘shagida yotganlarga Yosin surasi o‘qiladi? Buning hikmati nimada?
Gap shundaki, Yosin surasi qiyin damda o‘qilsa, Alloh taolo banda ahvolini yengillashtiradi. Xususan, jon chiqish paytida tilovat qilinsa, rahmat tushadi, ruhning tanadan chiqishi oson bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Qaysi bir mayyit huzurida Yosin surasi o‘qilsa, Alloh unga yengil qiladi”, deb aytganlar .Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Har bir narsaning qalbi bor. Qur’onning qalbi Yosin surasidir. Kim uni (ixlos bilan) o‘qisa, Alloh o‘sha kishiga Qur’onni o‘n marta o‘qish savobini beradi”, deganlar .
Yosin surasi “Qur’onning qalbi” deyilishiga sabab surada qalb bilan bog‘liq masalalar – Allohning vahdoniyati, risolat, qayta tirilish bayon etilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Kim Yosin surasini tunda o‘qisa, o‘sha kechada gunohlari mag‘firat etiladi”, deyilgan .
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim kun avvalida Yosin surasini o‘qisa, hojatlari ravo etiladi”, deb aytganlar .
Qaysi bir banda tong otganida Yosin surasini o‘qisa, Alloh uning gunohlarini kechiradi. Bundan tashqari Qur’onni o‘n marta xatm qilish savobini oladi, barcha hojatlari ravo etiladi.
Demak, boshiga tashvish tushgan, og‘ir ahvolda qolgan kishi Yosin surasini o‘qisa, Alloh unga najot beradi, murod-maqsadiga yetadi.
Aslida har xil bid’at-xurofotlar o‘rniga Alloh va Rasuli buyurgan ishlar qilinsa, mushkullar ariydi, qiyinchilik bartaraf etiladi. Bid’atlar hech qanday foyda bermaydi. Qolaversa, xurofiy odatlar ancha-muncha sarf-xarajat talab qiladi. Bu ham yetmaganidek, banda irim-sirimlar tufayli gunohga botadi.
Ibn Abbos roziyallohu anhu shunday degan: “Kim tong otganda Yosin surasini o‘qisa, kechgacha kuni yengil o‘tadi. Kim uni tun avvalida o‘qisa, tonggacha tuni yengil o‘tadi ”.
Biz mo‘min-musulmonlarga faqat oxirat saodati emas, dunyoda ham muvaffaqiyat qozonish yo‘llari o‘rgatilgan. Buni mana shu rivoyat misolida ko‘rish mumkin.
Yahyo ibn Abu Kasir aytadi: “Kim tong otganda Yosin surasini o‘qisa, kechgacha xursandchilikda bo‘ladi. Kim uni kech kirganda o‘qisa, tong otguncha xursandchilikda bo‘ladi. Buni tajribada sinagan odam bizga xabar qilishicha, Yosin surasi Qur’onning qalbidir ”.
Demak, Yosin surasi quyidagi fazilatlarga ega:
1. Yosin – Qur’onning qalbi;
2. Yosin surasi o‘qilsa, ruhning tanadan chiqishi osonlashadi;
3. Yosinni o‘qigan kishiga Qur’onni o‘n marta xatm qilish savobi beriladi;
4. Yosinni ixlos bilan o‘qigan banda gunohlari kechiriladi;
5. Tongda yoki kech kirganda Yosin surasini tilovat qilgan odamning mushkullari oson bo‘ladi, hojatlari ravo etiladi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Yosin surasi ummatimdan har bir inson qalbida bo‘lishini xohlardim”, deganlar .
Shuning uchun har bir mo‘min-musulmon banda Yosin surasini o‘qib-o‘rgansa, yod olsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tavsiyalariga muvofiq ishdur

Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i

🌱🌹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i – uzoqroqdan yurib keladiganidir va namozni imom bilan o‘qish uchun kutgan kishining ajri namozni o‘qib, so‘ng uxlagan kishidan ulug‘roqdir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati....

Keling birga duo yodlaymiz

QUR'ON VA SUNNATDA KELGAN DUOLAR رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ Ma'nosi: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, (menga O‘z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et) Sen, O‘zing vorislarning eng yaxshisisan». («Anbiyo» surasi, 89-oyat)...

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

Qirq savolga qirq javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Juma kuni Kahf surasini o'qish

Abu Said al Xudriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam aytadilar: «Juma kunlari Kahf surasini o‘qiganning ikki Jumasi oydinlashadi. (Bu juma bilan keyingisining orasidagi kunlar) (Hokim, Bayhaqiy) Payg‘ambar sollalloxu alayxi vasallam shunday deganlar:...

Eng chiroyli duo

"Payg‘ambarimiz Muhammad salallohu alayhissalom DUO ham IBODATdir deb marhamat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalom "NAMOZlari so‘ngida ushbu DUOni o‘qiganlar......

Fikr qo'shish