Hayit namozi qanday o'qiladi?

Hayit namozi qanday o'qiladi?
Hayit namozi qanday o'qiladi?


1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi.

2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.

3.Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4. Imom ichida “A’uzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o‘qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.

5.Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.

6.To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.

7.Sajdadan so‘ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Alloh ibodatlaringizni O‘z dargohida qabul etsin!

Ayollar jamoasi

Abdulloh ibn Umar r.a. dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: - “Ey, ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar......

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin!!!! Kunini Robbisi ila suxbat, bomdod namozi ila boshlaganlar naqadar baxtlilar😊......

Ustunlik kim tarafda?

Bir ayol jonli efirda bo‘layotgan "fatvo" loyihasiga qo‘ng‘iroq qilib, Shayxga savol berdi: - Nima uchun islom (dini) bizni halol, harom amallarda erga itoat etishimizni chegaralab, unga bog‘lab qo‘ydi-yu, lekin, erkaklarni bizga itoat etishda bog‘lamadi?......

Qirq savolga qirk javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...

Oxiratda har bir bandaning nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘yganmiz. Qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (ya’ni, nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsatamiz. O‘shanda unga deyiladi:) “Kitobingni o‘qi, (qancha savobing, qancha gunohing...

Mo'jiza

Nima uchun quloqning suvi achchiq, ko‘zning suvi tuzli, og‘izning suvi chuchuk?! Alloh Taoloning ulug‘ligi hamda bandalariga bo‘lgan cheksiz mehribonligiga bir qarang-a! Quloq suvining achchiq bo‘lishligi, ko‘z suvining tuzli, og‘iz suvining esa chuchuk bo‘lishligi hikmati nimada ekan?......

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Kechki zikr tongda va kechda to‘rt marta

Allohumma inniy amsaytu ushxiduka, va ushxidu xamalata a'rshika, va malaa'ikataka, va jamiy'a xolqika, annaka anta Allohu laa ilaxa illa anta vaxdaka laa shariykalaka, va anna a'bduka va rosuuluk....

🌱🌹Rasululloh aytadilar:

1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)......

Qachongacha?..

«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?!......

Fikr qo'shish