Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim uzbekcha sher

Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim
Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim

Kechalar yostig‘ingni qo‘lim timsaydi.
Uyqusiz ko‘zlarim seni qumsaydi.
Suratingni ko‘rganda ko‘ngil to‘ymaydi,
Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim.

Qirq tomiringni,sog‘ qildim bolam.
Jajji yuragingni,bog‘ qildim bolam.
O‘stirdim qudrating,tog‘ qildim bolam,
Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim.

Oh,desang oxlaringni yuragim sezar.
Sog‘inchdan ko‘zimda yoshlarim sizar.
Kunu-tun o‘ylarim seni deb kezar.
Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim.

Mehnatga o‘rgatdim,mehnatdan tolma.
Harom daraxtini mevasin olma.
Musibat tushganda Elingdan qolma,
Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim.

Topshirdim OLLOHga omonat qilib,
Mehir-murivatiga ibodat qilib.
Joynomoz ustida duolar qilib
Musofir o‘g‘limni asragin Tangrim.

Fikr qo'shish