Soliha qiz yoringiz bo‘lsa uzbekcha sher

Soliha qiz yoringiz bo‘lsa
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa

Uylar to‘lar fayzu ziyola
So‘zlar so‘zi bo‘lar hayola
Beodoblik qilmas uyalar
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Nomahramga qilmaydi nazar
Yomonlikdan qiladi hazar
Yaxshilikla amalin bezar
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Farzandlarga tayyor muallim.
Qori qilar, o‘rgatadi ilm
Bundan ortiq yordam qilar kim
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Ishdan keling, tayyor yegulik
Zeriksangiz so‘zlar kulgulik
Har amali rahmat degulik
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Isrof qilmas, fikr qiladi
Yo‘qda, borda shukr qiladi
Yaratganni zikr qiladi
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Yaxshi ayol yarim jannatdir.
Oltinu zardan ham qimmatdir.
Ikki dunyo uchun ziynatdir
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Baxtingiz, shundayni topsangiz
Arzir qancha ,,Sabr,, qilib kutsangiz
Do‘ppini osmonga otsangiz
Soliha qiz yoringiz bo‘lsa!

Fikr qo'shish