Haq yo‘lda zohir bo‘lib turadigan va Qiyomatgacha davom etadigan toifa haqidagi hadislar

Haq yo‘lda zohir bo‘lib turadigan va Qiyomatgacha davom etadigan toifa haqidagi hadislar
Haq yo‘lda zohir bo‘lib turadigan va Qiyomatgacha davom etadigan toifa haqidagi hadislar


Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«لَا يَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي ظَاهِرِينَ حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ ظَاهِرُونَ»
رواه البخاري في صحيحه برقم 7311، ومسلم في صحيحه برقم 156

"Ummatimning bir toifasi (haq yo‘lda) zohir bo‘lgan hollarida davom etadilar. (Ular haq ustida ekanliklari bilan shunday) zohir bo‘lib turadilar, to ular zohir bo‘lib turgan hollarida ularga Allohning amri kelguniga qadar (davom etadilar)".

Imom Buxoriy rivoyati: 7311-hadis, imom Muslim rivoyati: 156-hadis.

وفي رواية لمسلم:
«لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي قَائِمَةً بِأَمْرِ اللهِ لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَذَلَهُمْ أَوْ خَالَفَهُمْ حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ ظَاهِرُونَ عَلَى النَّاسِ»

Imom Muslimning yana bir rivoyatida mana bunday kelgan:

"Ummatimning bir toifasi Allohning amrini qoim qilgan hollarida davom etadilar. Ularni yordamsiz tashlab qo‘yadiganlar yoki ularga qarshi bo‘ladiganlar ularga zarar keltira olmaydilar. Ular odamlarning ustida zohir bo‘lgan hollarida to Allohning amri kelguniga qadar davom etadilar. (Ya’ni, ular haq ustida ekanliklari bilan zohir bo‘lib turgan hollarida davom etar ekanlar, shunday holatda Qiyomat soati yetib keladi)".
Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«مَن يُرِدِ اللهُ به خَيْرًا يُفَقِّهْهُ في الدِّينِ، ولا تَزالُ عِصابَةٌ مِنَ المُسْلِمِينَ يُقاتِلُونَ علَى الحَقِّ ظاهِرِينَ علَى مَن ناوَأَهُمْ، إلى يَومِ القِيامَةِ».

رواه مسلم في صحيحه برقم 1037

«Kimgaki Alloh yaxshilikni iroda qilgan bo‘lsa, uni dinda faqih (dinni chuqur anglab yetadigan va uni xolis Alloh uchun bajo etadigan) qilib qo‘yadi. Yana musulmonlarning bir guruhlari haq ustida turib jang qilishda davom etadilar, ularga qarshilik ko‘rsatadiganlar ustidan zohir bo‘lib turadilar, to Qiyomat kuniga qadar (shunday davom etadilar)».

Sahihi Muslim: 1037-hadis

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«لا تَزالُ طائِفَةٌ مِن أُمَّتي يُقاتِلُونَ علَى الحَقِّ ظاهِرِينَ إلى يَومِ القِيامَةِ».

رواه مسلم في صحيحه برقم 1923

«Ummatimning bir toifasi Qiyomat kuniga qadar zohir bo‘lgan hollarida haq uchun jang qilishda davom etadilar»

Sahihi Muslim: 1923-hadis

Imron ibn Al-Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«لا تَزالُ طائفةٌ من أمَّتي يقاتِلونَ على الحقِّ ظاهِرينَ علَى من ناوَأَهُم حتَّى يُقاتلَ آخرُهُمُ المسيحَ الدَّجَّالَ»

صحيح سنن أبي داود برقم :2484

«Ummatimning bir toifasi haq uchun jang qilishda davom etadilar, ularga qarshilik qiladiganlar ustidan zohir bo‘lgan hollarida, to ularning eng oxirgilari (oxiri zamonda keladiganlari) Masihi Dajjolga qarshi jang qilgunlariga qadar».

Sahihi Sunani Abu Dovud: 2484-hadis

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الْحَقِّ ظَاهِرِينَ، لعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ، لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ إِلَّا مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ، حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ»
قَالُوا يَا رَسُولَ اللهِ وَأَيْنَ هُمْ؟
قَالَ: «بِبَيْتِ الْمَقْدِسِ وَأَكْنَافِ بَيْتِ الْمَقْدِسِ».

رواه أحمد في المسند برقم 21286

"Ummatimning bir toifasi haq yo‘lda zohir bo‘lgan, dushmanlarini qahr etgan hollarida davom etadilar. Ularga qarshi bo‘lganlar ularga zarar yetkaza olmaydilar, illo, faqat boshlariga tushadigan ba’zi bir la’vo (shiddatli holatlar, musibatlar kelishiga sababchi bo‘lishlari mumkin). To Allohning amri kelguniga qadar ular shunday davom etadilar. (Ya’ni, haq yo‘lda sobitqadam turib, dushmanlarini qahr etib boradilar)".

(Ba’zi sahobai kiromlar) so‘radilar:

Ey Rasululloh, ular (oxiri zamonda) qayerda bo‘ladilar?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar:

"Baytul-Maqdisda va Baytul-Maqdisning soyalarida (Masjidul-Aqsoga yaqin diyorlarda)".

Musnadi Ahmad: 21286-hadis

Qisqa izoh:

Alloma Ibn Hajar rahimahulloh aytadilar:

«Baytul-Maqdisda bo‘ladigan kishilardan murod, Dajjol chiqqanda ularni o‘sha yerda qamal qiladi. Ana o‘sha payt Iyso alayhissalom ularning oldilariga tushib keladilar va Dajjolni qatl etadilar».

(Fathul-Boriy sharhi Sahihul-Buxoriy kitobidan iqtibos)

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin!!!! Kunini Robbisi ila suxbat, bomdod namozi ila boshlaganlar naqadar baxtlilar😊......

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Qur’on oyatlaridagi 25 hayrat

1. Qur’oni karimdagi eng uzun sura – Baqara surasi bo‘lib, u 2,5 porani va 286 oyatni tashkil etadi. 2. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura – Kavsar surasi bo‘lib, u uch oyatli o‘ttizinchi poradadir. 3. Qur’oni karimdagi eng ulug‘ oyat – "Oyatul Kursi" hisoblanib, u Baqara surasining 255 oyatidir....

Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...

Oxiratda har bir bandaning nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘yganmiz. Qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (ya’ni, nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsatamiz. O‘shanda unga deyiladi:) “Kitobingni o‘qi, (qancha savobing, qancha gunohing...

Namoz tugaganda o'qiladigan duo

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra:...

Mushukchaning otasi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyukli sahobalaridan birini “Abu Hurayra – mushukchaning otasi” kunyasi bilan ataganlar......

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Qur'onni bir oyda bir o‘qib chiqmagan inson, batahqiq uni *hajr qilibdi * Hajr - tark qilish Payg‘ambirimiz alayhissalom Qiyomat kuni Alloh taologa shikoyat qiladilar va biz bu shikoyat qilinadiganlar safidan bo‘lib qolmaslikka harakat qilishimiz kerak. (Furqon 30-oyatga qarang)...

Fikr qo'shish