Seni ham dadang olib bersin...

Seni ham dadang olib bersin...
Seni ham dadang olib bersin...


- Seni ham dadang olib bersin...
Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi. 

Onasiga sekin aytdi:
- Qur’on olib bering, deb.
Yolg‘iz ona Oisha o‘ylanib qoldi. Harajat uchun saqlab yurgan puli ham yetmas ekan sakson ming puli bor xolos...

Joynamozda Allohdan so‘rab, ko‘zida yosh bilan uxlab qoldi. Tushida Imom Buxoriy hazratlarin ko‘rdi. Qo‘llarida ko‘p kitob bilan yonidan o‘tib ketdilar. Oldilarida esa... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketyaptilar. Oisha yugurib Rasulullohni quchoqlab bir so‘z deya olmay faqat yig‘lab, ichida:

«Yo, Rasululloh! Imom Buxoriyga ayting, bitta Qur’onidan bersinlar», deb xayolidan o‘tkazdi....
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oishani yelkasini silab: «Sabr, sabr, sabr», dedilar va kulib: «Sizdek ayollarga mukofotlar bor» -dedilar.

Oisha uyg‘onib, pulni olib Shahrixonga, kitob do‘koniga keldi.
Qizchasi Hadicha do‘konga kiriboq bir Qur’onni ushlab:
- Shuni olaylik, dedi. 
Oisha do‘konchi yigitga salom berib, ming xijolatda:
- Bizni bor pulimiz shu, telefonim mana, iltimos pulini uch marta uzib to‘lashga bering, dedi.

Do‘konchi qizchaga hayrat bilan qarab:
- Ismingiz Hadichami? - dedi.
Qizcha:
- Ha, dedi.
Yigit yig‘lab, qizchani qo‘lini yuziga surtib:
- Do‘konimdagi hamma kitoblar sizga bo‘lsin. Siz sabab kechqurun Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam tushimga kirib 
«Hadichamiz keladi, Qur’on ber», dedilar, 
deb hayajonda titrab:
- Nima kerak qizim yana, ayting, dedi.

Hadicha hozir Qur’onini o‘qiyapti...

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Yetim va nogiron qizaloq haqida

Avtobusda odam unchalik ko'p emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band Faqat orqaroqdagi o'rindiqlarning birida 14-15 yosh atrofidagi qizcha jimgina ko'chani tomosha qilib ketardi. Ayol o'sha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus...

Oppoqqina qushginam (hikoya)

Yolg‘iz qushni, irim qilib, otmas merganlar… Xalq dostonidan. Mustafo sevib uylandi. Harbiy xizmatdan yelkalari to‘lishib, muskullari shishib qayroqdek yigit bo‘lib qaytdiyu qishloqqizlarini birma-bir nazardan o‘tkaza boshladi. Uning lochin ko‘zlari shu yil o‘ninchini tugatgan Gulyuzda to‘xtadi......

Jumbok 3 qism

Malik hayotda jiddiy inson kam gap uz davrida V'etnamda V'etnam mafiyasiga Karshi chikan ogir jarohat olib V'etnamda etti yil asir bulib yashagan ming azobni boshdan kechirgan kolganini uzilar tasavur kilib olaverilar......

O'lim tilamang...

Bir marosimda uch-to'rt kishi u yoqdan bu yoqdan gaplashib o'tirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan: “O'rtoq, qizingni uzatibsan, endi o'g'lingni xam uylantirarsan?”, dedi......

Otam

O‘smirlik yillarim edi. Nima bo‘ldi-yu, bir kuni nogaxon nojo‘ya so‘z tufayli otamning dilini ranjitib qo‘ydim. Bir ozdan so‘ng uyimga keldim, qilgan aybimni o‘ylab, ko‘zlarimga yorug‘ dunyo tor bo‘lib ketdi. Endi qanday qilib otamdan kechirim so‘rash yo‘lini izlay boshladim. Otam uyimiz oldidagi yo‘l bo‘yiga mevali daraxt o‘tkizayotgan edi. Men...

Fazilatli ona

Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab: - Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi. Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim....

Bahtli bo'lish siri

Bir kishining o'g'li bo'lib, u: “Men bahtsizman”, deb takrorlayverardi. Ota bahtli bo'lish sirini bilib kelish uchun o'g'lini davrining eng katta donishmandi xuzuriga yubordi. Yigit cho'lda qirq kun yo'l bosib, ko'zlagan manziliga......

Shirin xurmo

Shaharning gavjum va sershovqin bozorlaridan biri. Ustiga uyum-uyum xurmolar terilgan bozor rastasi. O‘rtaliqdagi joylardan birida lab-lunjiga ayamay bo‘yoq chaplagan, qirq yoshlardagi to‘lagina juvon savdo qilmoqda. Qo‘li-qo‘liga tegmaydi.  Xaridorlar biroz siyraklashgach juvon yonidagi sotuvchilar safiga kechagina qo‘shilgan odmiroq kiyingan...

Sahifangizni ehtiyot qiling!

Bir kishi Valid ibn Abu Xayra rohmatullohi alayhni so‘kib yubordi. Shunda u zot: “Bu sening sahifangdir. Shunday ekan, unga xohlagan narsangni yozdiraver!”, dedilar....

Fikr qo'shish