Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql
Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql


Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql sohibi G‘arb da’vo qilganidek Eynshteyn emas, balki, Abu Rayhon Beruniydir. 
Abu Rayhon Beruniy tibbiyot, falsafa, ximiya, fizika, matematika, geologiya, astronomiya, tarix, dorishunoslik, geografiya, filologiya-tarjima fanida olim hamda geodeziya ilmining asoschisi bo‘lgan. 

U 1000 yil avval Yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanishini birinchi bo‘lib aytgan shaxsdir. Zamonaviy o‘lchash uskunalari hali kashf qilinmasidan oldin yer atrofini o‘lchab, 99,7 % foiz to‘g‘ri topgan.
Barcha ilmlarga oid 120 xil kitob ta’lif qilgan.
Jorj Sarton «Ilm muqaddimasi» nomli kitobida: «Abu Rayhon Beruniy Islomdagi buyuk olimlarning eng kattasi va dunyo olimlari orasidagi eng ulug‘i bo‘lgan kishidir», dedi.

Nemis sharqshunosi Eduard Zaxau esa: “Albatta u shaxs tarix tan olgan eng aqlli insondir. U olimning ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniydir” deya ta’riflagan.

 Izoh: Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so‘g‘diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rgangan. 

    “Men bolalik chog‘imdanoq o‘z yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha ko‘proq bilim olishga intildim. Biz turadigan joyga bir yunon ko‘chib kelgan edi. Men har xil donlar, urug‘lar, mevalar va hokazolarni olib borib, unga ko‘rsatar, bu narsalar uning tilida qanday atalishini so‘rab, nomini yozib qo‘yar edim”, deb yozgan edi Beruniy. 

Rus olimi Bartold u zot haqida: “Beruniy shunday serqirra olimki, o‘z davrida mavjud bo‘lgan ilm sohalaridan shug‘ullanmagani kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik ko‘p va serqirraki, bunga bir odamning umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi” deb yozgan ekan.

Kahf surasining fazilatlari

«Kahf» so‘zi arab tilida g‘or ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari Robbilariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohi zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida bir g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi ham shundan olingan......

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi: 1-Anbiyo alayhis sallomlarning ummatlariga shafoati. 2-Farishtalarning gunohkorlarga shafoati 3-Kichik bolalarning ota-onasiga shafoati. 4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z ahlidan yetmish kishiga shafoati. 5-Qur’onni yod olgan kishining ahli baytiga shafoati......

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لأَصْحَابِهِ أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ؟» فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ: «اللَّهُ الْوَاحِدُ...

Rabi'ul avval oylarida yuz bergan tarixiy voqealar

1. Hijratdan avvalgi 53 yil, rabi’ul avval oyining 8, 9, 10, 12 kunlardan biri (mil. 571 yil 19–23 aprel – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topdilar......

Yaratilish mazmuni

«Ey Odam farzandi! Sizlarni avval oz bo‘lib, keyin ko‘paytirish uchun xalq qilmadim. Qo‘rqinchda Menga hamroh bo‘lish uchun yo ojiz bo‘lib qolganimda yordam so‘rash uchun yoki manfaat hosil qilish uchun yoxud zararni daf etish uchun sizlarni yaratganim yo‘q. Balki uzoq vaqt Menga ibodat qilib, ko‘p shukr keltirib, ertayu kech Menga tasbeh...

Amalingni xolis qil

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz......

Imondan ayirma

Allohim Tilimizni Zikrdan, Boshimizni Sajdadan, Qalbimizni Senga bo'lgan Muxabbatimizdan, Imondan ayirma.🤲...

Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lsalar, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra...

Sajda qiladigan jay kichik

Sajda qiladigan jay kichik, sajda paytidagi ruhiyat butun olam va undagi narsalardan kengroqdir!...

Fikr qo'shish