Qiz farzandning fazilati

Qiz farzandning fazilati
Qiz farzandning fazilati


1. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho shunday so‘zlab berdi:
«Bir ayol ikki qizi bilan oldimga narsa so‘rab keldi. Huzurimda bir dona xurmodan boshqa narsa yo‘q edi. Unga o‘shani bergan edim, uni ikki qiziga bo‘lib berdi. So‘ng turib, chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirgan edilar, buni u zotga aytib berdim. Shunda u zot: «Kim mana shu qizlardan birortasini qaramog‘iga olsa va ularga yaxshilik qilsa, ular unga do‘zaxdan parda bo‘lishadi», dedilar».
Imom Buxoriy rivoyati.

2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ikki qizni balog‘atga yetgunicha tarbiyalab-o‘stirsa, Qiyomat kuni men bilan (mana bunday) keladi» deb, barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar».

Imom Muslim rivoyati.

3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qizlarni (turmushga uzatishda) majburlamanglar, chunki ular munis va bebahodirlar», dedilar.

Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyati.

4. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimda uchta qiz yoki uchta opa-singil bo‘lsa yoki ikki qiz yoki ikki opa-singil bo‘lsa, ular bilan go‘zal munosabatda bo‘lsa va ular haqida Allohdan qo‘rqsa, u kishi uchun jannat bo‘lur», dedilar.

Ibn Hibbon rivoyati.

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Kimning uchta qizi bo‘lsa, u kishi ularga sabr qilsa, o‘zining mablag‘idan yedirsa, ichirsa va kiyintirsa, Qiyomat kuni uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi», dedilar.

Ibn Moja rivoyati.

Istig‘for duolari va ularning o‘qilishi va tarjimalari:

1 - غفرانك O‘qilishi: G‘ufronaka Ma’nosi: Allohim men Sendan mag‘firatingni so‘rayman......

Dunyo g'am chekishga arzimas

"Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech kachon tugamaydigan g‘am solib ko‘yadi. Shunday mashg‘ulogta band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha...

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Namozning fazilatlari

Alloh buyuradi___ — Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi......

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor 🔸Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;...

Keling birga duo yodlaymiz

QUR'ON VA SUNNATDA KELGAN DUOLAR رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ Ma'nosi: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, (menga O‘z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et) Sen, O‘zing vorislarning eng yaxshisisan». («Anbiyo» surasi, 89-oyat)...

Xayo iymondandir

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xayo iymondandir, iymon (sohibi) jannatdadir. Hayosizlik jafodir, jafo (egasi) do‘zaxdadir», dedilar». (Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan)...

Makka davri uch bosqichga bo‘linadi

1) fatratul vahiy va maxfiy da’vat bosqichi — qariyb 3 yil davom etgan (hijratdan avvalgi 13-yil, nubuvvatning 1-yili ramazon oyidan boshlanib, hijratdan avvalgi 10-yil, nubuvvatning 4-yilida tugaydi / mil. 610 yil avgust — 613 yil)......

Fikr qo'shish