Qiz farzandning fazilati

Qiz farzandning fazilati
Qiz farzandning fazilati


1. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho shunday so‘zlab berdi:
«Bir ayol ikki qizi bilan oldimga narsa so‘rab keldi. Huzurimda bir dona xurmodan boshqa narsa yo‘q edi. Unga o‘shani bergan edim, uni ikki qiziga bo‘lib berdi. So‘ng turib, chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirgan edilar, buni u zotga aytib berdim. Shunda u zot: «Kim mana shu qizlardan birortasini qaramog‘iga olsa va ularga yaxshilik qilsa, ular unga do‘zaxdan parda bo‘lishadi», dedilar».
Imom Buxoriy rivoyati.

2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ikki qizni balog‘atga yetgunicha tarbiyalab-o‘stirsa, Qiyomat kuni men bilan (mana bunday) keladi» deb, barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar».

Imom Muslim rivoyati.

3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qizlarni (turmushga uzatishda) majburlamanglar, chunki ular munis va bebahodirlar», dedilar.

Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyati.

4. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimda uchta qiz yoki uchta opa-singil bo‘lsa yoki ikki qiz yoki ikki opa-singil bo‘lsa, ular bilan go‘zal munosabatda bo‘lsa va ular haqida Allohdan qo‘rqsa, u kishi uchun jannat bo‘lur», dedilar.

Ibn Hibbon rivoyati.

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Kimning uchta qizi bo‘lsa, u kishi ularga sabr qilsa, o‘zining mablag‘idan yedirsa, ichirsa va kiyintirsa, Qiyomat kuni uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi», dedilar.

Ibn Moja rivoyati.

Mo‘minlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani

“Laqab” so‘zi lug‘atda “ayblash, ustidan kulish, istehzo qilish” kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bizning tilimizda “laqab qo‘yish, laqab to‘qish” deganda ham aynan shu ma’nolar ko‘zda tutiladi. Lekin arablarda “laqab” so‘zi ijobiy ma’noda ham qo‘llaniladi. Bunda u ma’lum bir shaxsning tanilgan ismi sifatida zikr qilinadi. Bu yerda kishini tahqirlash,...

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Eng chiroyli duo

"Payg‘ambarimiz Muhammad salallohu alayhissalom DUO ham IBODATdir deb marhamat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalom "NAMOZlari so‘ngida ushbu DUOni o‘qiganlar......

Safarda takbir va tasbih aytish

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Biz (tepalikka) ko‘tarilganimizda takbir (Allohu akbar), tushayotganimizda tasbeh (Subhanalloh) aytardik", dedilar....

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

Hijrat qilgan joylari

Hijrat qilgan joylari: Madinai munavvara (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijratlari payg‘ambarlikning 14-yili, rabi’ul avval oyining boshida, u zot qamariy hisobda rosa 53 yoshga to‘lganlarida / mil. 622 yilning sentabr o‘rtalarida bo‘lganiga barcha ulamolar ittifoq qilishgan......

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Namoz tugaganda o'qiladigan duo

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra:...

Duoning ijobat bo‘lish vaqtlari

Alloh taolo duoning ijobat bo‘lish vaqti va o‘rinlarini muayyan va xos turlarga ajratib, birini boshqasidan afzal qildi......

Juma kunining sirlari

Juma kunining boshqa kunlardan afzallik jihatlari juda ko‘p. Ulardan biri shuki, juma kuni aynan juma namozi uchun g‘usl qilib, namozga ertaroq kelgan, namoz va masjid odoblariga rioya qilib namoz o‘qigan bandaning har bir qadamiga bir yillik namoz va ro‘zaning savobi beriladi....

Fikr qo'shish