📙Sayyidul istig‘for

📙Sayyidul istig‘for
📙Sayyidul istig‘for


“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan.
Keling, avval sayyidul istig‘forni qanday aytishni, uning xosiyatini, ma’nolarini o‘rganamiz.
اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ وَأَبُوءُ لَكَ بِذَنْبِي فَاغْفِرْ لِي فَإِنَّهُ لا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ.
O‘qilishi: “Allohumma anta robbiy, laa ilaaha illaa anta xolaqtaniy, va ana ’abduk, va ana ’alaa ’ahdika va va’dika mastato’tu, auuzu bika min sharri maa sona’tu, abuu-u laka bini’matika ’alay, va abuu-u laka bizanbiy, fag‘firliy fainnahuu laa yag‘firuz-zunuuba illaa ant”.
Ma’nosi: “Yo Alloh, Sen Parvardigorimsan. Sendan o‘zga iloh yo‘q. Meni yaratgansan. Men Sening bandangman. Kuchim yetganicha Senga bergan ahdimda, va’damda turaman. O‘zim qilgan ishlar yomonligidan panoh berishingni so‘rayman. Bergan ne’matlaringni e’tirof etaman, gunohlarimni tan olaman. Shunday ekan, meni kechir! Zero, gunohlarni faqat Sen kechirasan!”
عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سَيِّدُ الاسْتِغْفَارِ أَنْ تَقُولَ: اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ وَأَبُوءُ لَكَ بِذَنْبِي فَاغْفِرْ لِي فَإِنَّهُ لا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ. قَالَ: وَمَنْ قَالَهَا مِنْ النَّهَارِ مُوقِنًا بِهَا فَمَاتَ مِنْ يَوْمِهِ قَبْلَ أَنْ يُمْسِيَ فَهُوَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ وَمَنْ قَالَهَا مِنْ اللَّيْلِ وَهُوَ مُوقِنٌ بِهَا فَمَاتَ قَبْلَ أَنْ يُصْبِحَ فَهُوَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَصْحَابُ السُّنَنِ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ.Shaddod ibn Avs roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Sayyidul istig‘for “Allohumma anta robbiy, laa ilaaha illaa anta xolaqtaniy va ana ’abduk, va ana ’alaa ’ahdika va va’dika mastato’tu, auzuu bika min sharri maa sona’tu, abuu-u laka bini’matika ’alayy, va abuu-u laka bizanbiy, fag‘firliy fainnahuu laa yag‘firuz-zunuuba illaa ant”, deb aytiladi. Kim (mana shuni) kunduzi aniq ishongan holda aytsa, o‘sha kuni kech kirmasidan avval vafot etib qolsa, jannatiy bo‘ladi. Kim uni kechasi aniq ishongan holda aytsa, tong otgunicha vafot etib qolsa, jannatiy bo‘ladi”. (Buxoriy, “Sunan” sohiblari, Ahmad, Hokim rivoyat qilgan).
Sayyidul istig‘for aytgan banda Allohni butun mavjudotlar Yaratuvchisi, olamlar Parvardigori deb tan oladi, U Zot rahmatidan umid qiladi, sodir etgan gunohlari zararidan panoh tilaydi, barcha ne’matlar Allohniki ekanini e’tirof etadi, gunohlariga iqror bo‘lib, Allohning marhamatiga erishish istagida bo‘ladi.
Gunohni e’tirof etishda gap ko‘p. Zero, iblis xatosini tan olmadi, kibr qildi. Oqibatda Allohning la’natiga uchradi. Banda ojiz ekanini unutmasa, gunohlariga istig‘for aytsa, Mehribon Alloh uni kechiradi. Zero, Allohning marhamati ulug‘.
“Sayyidul istig‘for...”
Tiybiy shunday degan: “Bu duo tavbaning barcha ma’nolarini jamlagani uchun “sayyidul istig‘for” deyiladi. Sayyid aslida hojatlar arz qilinadigan, ishlar havola etiladigan xo‘jayindir”.
“Allohumma anta robbiy – yo Alloh, Sen Parvardigorimsan”.
Ya’ni, ey Alloh, Sen mening Parvardigorimsan. Senga iymon keltiraman.
“Laa ilaaha illaa anta xolaqtaniy va ana ’abduk – Sendan o‘zga iloh yo‘q. Sen meni yaratgansan. Men Sening bandangman”.
Sendan o‘zga iloh yo‘q. Sen meni yo‘qdan bor qilgansan. Sen yagonasan, Yolg‘izsan. Men faqat Sengagina ibodat qilaman, faqat Seni “Robbim”, deyman.
“Va ana ’alaa ’ahdika va va’dika mastato’tu – kuchim yetganicha Senga bergan ahdimda, va’damda turaman”.
Toqatim yetganicha Senga ixlos bilan ibodat qilishga, iymonda sodiq qolishga, Sen buyurgan ishlarni bajarishga, qaytarganlaringdan tiyilishga harakat qilaman.
Bu yerda hech bir banda Allohga mukammal suratda bandalik qilolmasligi, o‘ziga berilgan ne’matlar shukrini to‘liq ado eta olmasligi ta’kidlanmoqda.
“Auuzu bika min sharri maa sona’tu, abuu-u laka bini’matika ’alayy, va abuu-u laka bizanbiy, fag‘firliy fainnahuu laa yag‘firuz-zunuuba illa ant – o‘zim qilgan ishlar yomonligidan panoh berishingni so‘rayman, menga bergan ne’matlaringni e’tirof etaman, gunohlarimni tan olaman. Shunday ekan, meni kechir! Zero, gunohlarni faqat Sen kechirasan”.
Men gunohlarim yomonligidan panoh berishingni so‘rayman. Menga hisobsiz ne’matlar bergansan. Buni e’tirof etaman. Shuningdek, nuqson-kamchiliklarimni ham tan olaman. Men ojiz bandangman, xatolarim ko‘p. Shunday ekan gunohlarimni mag‘firat qil. Zero, gunohlarni faqat Sen kechira olasan.
Alloh bandasiga Mehribon. Kimda-kim gunoh sodir etgach, aybiga iqror bo‘lsa, Allohga qalbdan yuzlansa, U Zot o‘sha kishi gunohini kechiradi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sayyidul istig‘for aytishni o‘rgatgach, uning fazilati haqida shunday deganlar:
“Kim (mana shuni) kunduzi aniq ishongan holda aytsa, o‘sha kuni kech kirmasidan avval vafot etib qolsa, jannatiy bo‘ladi. Kim uni kechasi aniq ishongan holda aytsa, tong otgunicha vafot etib qolsa, jannatiy bo‘ladi”.
“Hoshiyatus-sindiy” kitobida: “Ya’ni, birinchilardan bo‘lib kiradi. Zero, har bir mo‘min iymoni tufayli jannatga kiradi. Bu – Alloh taoloning fazli”, deyilgan.
“Hoshiyatus-suyutiy” kitobida esa: “Bu istig‘forni aytmagan mo‘min ham jannatga kiradi. Ammo kim uni aytsa, birinchilardan bo‘lib, jahannamni ko‘rmay turib jannatga kiradi”, deyilgan.
Demak, sayyidul istig‘forni tongda va kech kirganda aytishni odat qilgan yaxshi. Bu bilan banda gunohlardan forig‘ bo‘ladi, qalbi poklanadi, Allohga yaqinlashadi, jannatga birinchilardan bo‘lib kirishi uchun zamin tayyorlaydi.

«Istig‘forning 40 xosiyati» kitobidan

Alloh taoloning Qur'oni karimdagi 8 va'dasi

«Ey insonlar! Albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir, 5)......

Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar.

🌱🌹Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar. Qarzdor bo‘lib qolganda o‘qiladigan duo. اللهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنَ الهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ، وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ Allohumma inni a‘uzu bika minal-hammi val-xazan, val-ajzi val-kasal, val-buxli val-jubni, va zolaid-dayni va g‘olabatir-rijal...

Hammaga yaxshilik qiling

Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q......

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Ayollar jamoasi

Abdulloh ibn Umar r.a. dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: - “Ey, ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar......

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar: «Allox, u bilan azobni daf etuvchi namoz kabi boshqa ibodatni bilmaymiz»....

Bismillahir rohmanir rohim!

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Bismillahir rohmanir rohim! 🕌NAMOZ 1. Odamlarning Xoliq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lgani xalq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lganidir....

Birinchilar

— Islomdagi birinchi Qibla – Baytul Maqdis. — Birinchi musulmon shoir — Hasson ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhu. — Madinada muhojirlardan birinchi vafot etgan inson – Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu......

Odam (A.S.)ning farzandlariga beshta nasihati

Abu Lays as-Samarqandiy hazratlarining «Tanbehul g‘ofiliyn» kitobida Odam alahissalomning farzandlariga "BЕSHTA VASIYATI" keltirilgan. Agar diqqat qilsak, ana shu vasiyatlarning har birida insonning ruhiga qaratilgan nasihatlar bor......

Ahdga vafo qiling

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O‘z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina,...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    ......
    ...... 13 июля 2022 19:49
    Rahmat kattakon shuncha qidirib manashetdan topdm Alloh rozi bolsin.

Fikr qo'shish