📙IYMON qadrini bilamizmi?

📙IYMON qadrini bilamizmi?
📙IYMON qadrini bilamizmi?


Bir da’vatchi domla hikoya qiladi:
Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma’ruza qilayotgan edim, ma’ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida:
- Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi.
Men xursand bo‘lganimdan: "Allohu akbar" deb yubordim. Zero, Islom ne’mati Alloh yorlaqagan kishilargagina nasib bo‘ladigan bebaho bir gavhar...
Amerikalik yonimga kelib, odamlar ro‘baro‘sida turgach, so‘radim:
- Sizni bu Dinga kirishga nima undadi, undagi qaysi narsa o‘ziga jalb qildi?
- Men anchagina boy odamman, shirkatlarim, boyliklarim ko‘p, biroq hech vaqt ich-ichdan qalbimda baxt tuyg‘usini, saodat shuurini tuymas edim... Qo‘l ostimda bir Hindistonlik ishchi shirkatimda ishlar, ozgina oylik olar edi.. Qachon oldiga bormay, uni doim jilmaygan, xotirjam holda ko‘rardim...
Men - millionlar sohibi esa o‘sha ko‘rimsiz kambag‘alchalik hech vaqt jilmaya olmayotganligim meni juda taajjubga soldi..
O‘zimga-o‘zim: Pullar, shirkatlar egasi men bo‘lsamu, mana bu qashshoqning yuzidan tabassum arimasa?! dedim. Go‘yo bu yerda bir sir bordek tuyular, har ko‘rganimda o‘sha sirni ochishga, haqiqatidan voqif bo‘lishga ishtiyoq menda ortar edi...

Oxiri bir kuni oldiga keldimda, o‘tirishga taklif qilib, so‘radim:
- Nega doim jilmayib yurasiz, bunda biror sir bormi?
U o‘zining odatdagi jilmayishida davom etib, xotirjamlik bilan, soddagina qilib:
- Chunki men Alxamdullilox musulmonman, "La ilaha illalloh, Muhammad Rosullulloh" deb guvohlik berganman, - dedi...!
- Bu degani – musulmon doim baxtli, doim xotirjam deganimi?
- Albatta!
- Qanday qilib axir?
- Chunki suyukli payg‘ambarimiz bizga shu hadisni aytib o‘tib ketganlar:
"Mo‘’min ishi juda ajoyib-da.. Uning barcha ishlarida yaxshilik bor, qanday ahvolda bo‘lmasin, yaxshilik uni tark etmagay: Qiyinchilik, g‘am-qayg‘u yetadigan bo‘lsa, sabr qiladi, yaxshilik ko‘radi.. Yengillik, xursandlik yetadigan bo‘lsa, shukr qiladi, yaxshilik ko‘radi.."

Hayotimiz shu ikki narsadan xoli emas – g‘am-qayg‘uyu xursandlik..
Og‘irligu yengillik..
Baxt ustiga baxt.. Ayting, baxt bu – qalb sokinligi, dil osoyishtaligi emasmi?
U gapini o‘sha odatdagi shirin tabassumi ila tugatar ekan, men qat’iy qarorga kelib ulgurgan edim:
- Men bu dinga kirmoqchiman.
- Juda oson, o‘sha yuqorida men aytgan kalimai shahodatni keltirasiz..
Mana, o‘sha kalimani aytish uchun yoningizda turibman...

Yuragim bir to‘lqinlanib, odamlar oldida unga shahodatni o‘rgatib turdim, amerikaliklarga xos buzib-buzib, tili arang kelib, shahodatni aytdi-da, so‘ng ich-ichidan kelgan yig‘isini tutolmadi, ho‘ngrab yubordi.. Yupatmoqchi bo‘lib kelganlarga: "Qo‘yinglar, ko‘nglini bo‘shatib olsin", dedim.
Yig‘idan to‘xtagach, biroz o‘ng‘aysizlikka tushib, sababini bayon qildi:
- Shu vaqtga dovur qalbimga bu qadar osoyishtalik, surur kirmagan edi, buni ilk bor sezish kishini juda hayajonga solib yuborar ekan...

Ha.. Dil oromi, qalb lazzati Qalb osoyishtaligi Qur’on tilovati, namoz, ro‘za, sadaqayu ehsonlar, bir so‘z bilan aytganda..... Imon Islom dini naqadar go‘zalligini his ettiradi...

Dil oromi uchun... Har kuni La Ilaha Illallox kalimasini zikr etib qo‘ying... Yangitdan tug‘ilgandek bo‘lasiz...

Kuchlikdan ham kuchli bor

Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zo‘rg‘a gandiraklab yurib borardi....

Oppoqqina qushginam (hikoya)

Yolg‘iz qushni, irim qilib, otmas merganlar… Xalq dostonidan. Mustafo sevib uylandi. Harbiy xizmatdan yelkalari to‘lishib, muskullari shishib qayroqdek yigit bo‘lib qaytdiyu qishloqqizlarini birma-bir nazardan o‘tkaza boshladi. Uning lochin ko‘zlari shu yil o‘ninchini tugatgan Gulyuzda to‘xtadi......

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (1-qism)

HAYDALISh Mehmonalining armiyadan kelganiga bir oy bo'lmay, go'yo boshi berk ko'chaga kirib qolgandek edi. Bolalikdan tepishib katta bo'lgan tog'asi Obid suvchi uylandi-yu, to'nini teskari kiyib oldi. Bir marta yangasining haqoratiga haqorat bilan javob qaytarganiga Mehmonalini hovlidan haydashga tushdi. Mahalla oqsoqoli Sulton buva, qishloqning...

Hikoya: Huvillab qolgan dunyo

Ba'zan ismimga e'tiroz bildirishadi. Xudoning ismi, oldiga Abdul qo'shib aytgin, deyishadi. Biroq menga bu ism boshqa maqsadda berilgan. Yetti oyda tug'ilganim uchun shifoxonada menga «Hech qancha yashamaydi, o'ladi», deb tashxis qo'yishgan. Hatto «Mehringiz tushib qolsa, bir umr unutolmay, iztirob chekib yashaysiz», deya otam qarindoshlariga meni...

Ikki dil — ikki olam

Erta tushgan kuz chappor gulzorni bosgan qorday bir dunyo tashvish keltirdi. Yalt-yult quyosh kuzak chechaklaridagi, kahrabo chiroyga gʻarq chinor barglaridagi shabnam — marvarid donalarni simirib ulgurganiyam yoʻq ediki, toʻsatdan jin shamol koʻtarildi-yu, qorabotir bulutlar koʻkda oʻrmalay ketdi. Kallai sahardan dala-bogʻimizni boshiga...

OTANING HIMMATI. QALB MAMLAKATI. 3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI. 3 TA HIKOYA

OTANING HIMMATI Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o’g’lini o’qishga olib kelgan ekan. 20 yil o’tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o’rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar:...

Onaning kozidagi yoshlar

Ona yig'ladi Farzandining bemexr ekanligidan, balki otasi bo'lganida bunchalik bemexr bo'lib o'smagan bo'larmidi... Kelinining narsalarni uvol qilayotganini o'gliga aytib o'g'lidan qattiq gap eshitdi.. Exx o'g'lim qani edi bu uvollikni xam u dunyoda javobi borligini bilsayding. ona qalban o'g'liga nimalardir dedi...Ertasi kuni o'g'il onasi bilan...

O'g'il Otaga bo'lgan mehri

Otasi qo'y go'shtidan tayyorlangan kabobni juda yahshi ko'rardi. Buni bilgan o'g'il U kishini yahshi bir oshhonaga olib boribdi... avvaliga OTA kabobini o'zi yeyishga harakat qilibdi... har safar ovqatini og'ziga olib borganida qariligi sababli qo'llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to'kilibdi......

Fikr qo'shish