Ikki piyola suv

Ikki piyola suv
Ikki piyola suv


Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor bo‘lgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga ko‘z-ko‘z qilar edi. Bir kuni u eng ishongan olim do‘stiga shunday savol berdi:
– Sen olimlar ichra mashhur va donosan. Men sening fikringni bilmoqchiman. Mening hukmdorligim va davlatim haqida nima deya olasan?
Olim javob berishning yo‘lini topdi va hukmdorga shunday dedi:

– Faraz qilaylik, siz bepoyon va jazirama cho‘lning qoq o‘rtasida turibsiz. Shu payt tomog‘ingiz qaqrab, nihoyatda chanqadingiz. Ammo yashab qolish uchun yarim davlatingiz evaziga sizga bir piyola suv uzatildi. Siz bunga rozi bo‘larmidingiz?
– Albatta, rozi bo‘lardim.
– Ancha vaqt o‘tdi. Chanqoq kuchaydi. Qolgan davlatingiz evaziga sizga yana bir piyola suv taklif qilindi. Siz bunga ham rozi bo‘larmidingiz?
Hukmdor bir oz o‘ylandi va noiloj:
– O‘lmay qolish uchun men davlatimning qolganini ham berishga majburman, –dedi.
Shunda olim miyig‘ida kulib:
– Demak, g‘ururlanishga hojat yo‘q, hukmdor. Sizdagi boylikning bahosi bor yo‘g‘i ikki piyola suv ekan…, – dedi.

Turk tilidan Sumayro, Muni Xolmurodovalar tarjimasi
“Sirli, ibratli va hayotiy voqealar” kitobidan.

Xalol sevgi

Uning ismini qo'l telefonimga (Hadija) deb yozib qo'ydim. Lekin o'ziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qo'l telefonimni olib ishlatmoqchi bo'ldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini so'radi......

G'azab

Bir kuni ilon duradgor ustaxonasiga kirib uyoq-buyoqqa o‘rmalay boshladi. Yerda yotgan arra ustidan sudralib o‘tgan edi, yengilgina jarohat oldi. Ilon bundan g‘azabi kelib, unga javob qilaman deb arrani tishlagan edi, og‘zining atrofidan qon oqib chiqdi. Ilon menga arra hujum qilmoqda, o‘limga to‘qnash keldim shekilli, deb o‘ylab, unga kuchli...

“Aytilmagan dil izhori”

Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman…  Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. ...

Jumbok 2 qism

Dayana bilan Damana kurishib uy ichiga kirishdi Damana Samshod hakida suradi Dayana akasi Samshod kamalib kolganini hakida suzlab berdi Damana hayron bulib kanakasiga kamalgani va nima sababdan kamaldi deb suradi Dayana akami dushmanlari va ishhonasidagilar akami stoliga pul tashlab tamigir pora horlikda yolgon tuhmat orkali......

Mazlumning duosidan qo'rq

Yo'lda ketayotib mashinalar tirbandligidan ancha to'htab qoldik. Yo'l chetida bir ayolni g'alati xatti-xarakatlari e'tiborimni tortdi. Bechoragina aqli zaif ekan deb achindim. Kimgadir juda o'hshatdim, ammo eslolmadim......

Jumbok 5 qism

Dayana Bilan Sabrina uyga kelganda Samshodni honasi tuzib yotgandi Sabrina hayron bulib Dayana akeni Honasi namuncha tuzib yotibdi deb oyogi Ostidan klon topib Oldi Dayana bu Buyinga takadigon kamogdan chikanida Aksiga......

Uzoq kutilgan sovg'a

Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uyg'ota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda bo'ldi. Bolalar uyg'onar-uyg'onmas chug'urlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga o'hshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab o'tirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili...

UCHINCHI BASHORAT

(Tarixiy hikoya) Movarounnahrda saraton issiqlari avjga chiqqan payt. Sahargi salqinlik ko‘p o‘tmay kunduzgi jazirama bilan almashadi. Quyosh go‘yo odamzod, nabotot va hayvonot olamini o‘z qudratiga yana bir bor ishontirishga qasd qilganday... Butun borliq, hatto shamol ham nafas olmay qotgan kabi. Uch oshyonalik muazzam rasadxona ichi salqin....

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla....

Fazilatli ona

Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab: - Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi. Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim....

Fikr qo'shish