Kuyovining javobidan yig‘lagan qaynota

Kuyovining javobidan yig‘lagan qaynota
Kuyovining javobidan yig‘lagan qaynota


Marv shahri qozisi, qizining bo‘yi yetib qolganini sezib, unga mos kuyov qidira boshladi.
Har kuni eshigini sovchilar taqillatib kelar, lekin qozi janoblari shoshilmasdi. Chunki so‘rab kelganlarning hech qaysi biri u kishining didga mos tushmasdi.

Kunlarning birida qozi tush ko‘radi. Tushida qizini “Muborak” degan g‘ulomiga nikohlab berishi aytiladi.
Lekin buni ham paysalga solib yuradi. Tush ham qayta-qayta ko‘rilavergach, g‘ulomini zimdan kuzata boshlaydi. Bir oz vaqt o‘tib uning solih inson ekaniga, xayrli kuyov bo‘lishiga ishonch hosil qilganidan keyin bu fikrini yoru do‘stlariga, yaqinlariga ma’lum qiladi. Ayrimlari boy-u badavlat, yanada munosibroq oilalar borligini bildirib, bu ahdga rozi bo‘lmagan esa-da, qozi qarorida qat’iy turadi.
Shunday qilib, qozi qizining ham roziligini olib, yoshlarning boshini qovushtirib qo‘yadi.


Nikohdan keyin bir oy o‘tib, qozi qizidan xabar olish niyatida uning uyiga boradi. Qizi otasining kelganidan xursand bo‘ladi, biroq kichkina muammo borligini ma’lum qilib: “Otajon, kuyovingiz juda ham yaxshi. Ammo haligacha ro‘molimini boshimdan olgani yo‘q, nikohimizdan buyon mendan uzoq yuradi. Sababini bila olmadim: yediradi, ichiradi, juda ham mehribon, faqat qo‘lini qo‘limga tekkizmaydi”, deydi.
Qozi bu gapdan hayron bo‘lib kuyovini chaqirib, sekingina buning sababini so‘raydi va kuyovining javobini eshitganidan so‘ng yig‘lab yuboradi. Ko‘zining nuri qizini o‘zi istagan odamga uzatganiga sevinib shukrlar keltiradi.

Kuyov odob saqlagan holda qaynotasiga bunday deydi: “Otajon, siz katta shahar qozisisiz. Oldingizda turli odam kelib-ketadi, uyingizga ham turli hadyalar yuborishadi. Alloh taoloning menga bergan omonati va hadyasi bo‘lgan qizingiz o‘sha shubhali narsalardan yeb qo‘ygandir deb andisha qildim. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tanadagi harom luqma ta’siri faqat qirq kunda ketishi haqidagi so‘zlarini o‘rgangan edim. Hurmatga sazovor ayolimni qirq kun peshona terim bilan topgan halol luqma bilan boqishni xohladim, toki Alloh nasib etib, tug‘ilajak farzandlarimiz ham solihlardan bo‘lsin”.

#XADIS

“Anas roziyallohu anhu aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: “Ey Allohning Rasuli, meni duosi qabul bo‘ladiganlardan qilib qo‘ying”, dedim. U zot: “Ey Anas, kasbingni pok qilgin, duoing qabul bo‘lur. Chunki bir odam og‘ziga bir luqma haromni solsa, qirq kungacha duosi ijobat bo‘lmaydi”, dedilar” (📚Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Nasoiy rivoyatlari)

HO'KIZ MONOLOGI (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

BAXTNING BIR LAHZASI…

— Tanyusha, men seni bir odam bilan tanishtirmoqchiydim, — sekin shivirladi Vlad. — Faqat iltimos, aqlli qiz bo'lib, jilmayishni unutmagin! — Bugunmas, — dedi Tanya qovog'ini uyib. — Bilasan-ku, men unaqangi narsalarni jinimdan yomon ko'raman!...

Yetim va nogiron qizaloq haqida

Avtobusda odam unchalik ko'p emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band Faqat orqaroqdagi o'rindiqlarning birida 14-15 yosh atrofidagi qizcha jimgina ko'chani tomosha qilib ketardi. Ayol o'sha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus...

“Dod”lamagan “Noqobil o‘gil” haqida

Kunlarning birida eng yaqin do‘stlarimdan birining otasi olamdan o‘tdi. Janaza bo‘ldi, tumonot odam yig‘ildi. Do‘stimning oilasi tumandagi mashhur oilalardan biri ekanligi sababli yig‘inda ko‘plab kishilarni uchratish mumkin edi.  Mahallada taziyada qatnashmagan odam qolmadi. Hamma-hamma o‘sha joyda to‘plangan edi....

Onam

Oxirgi marta uyga, 22-fevralda telefon qilgan ekanman. 14 minutlik so’zlashuv davomida, otam, onam va yangamlar bilan gaplashgan edim. Aloqa sifatining yaxshi emasligidan, ayniqsa, onam bilan gaplashish rosa qiyin bo’ldi. Buning ustiga, tashqarida kuchli shamol shekilli, onam meni ovozimni eshitolmas edi....

BU YO'LLAR… (Hikoya)

Dovud G'oziy Benli 1965 yil Germaniyada tug'ilgan. Ilohiyotshunoslik va xalqaro munosabatlar fakultetlarida tahsil olgan. Ayni paytda Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining matbuot maslahatchisi, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi a'zosi....

Musofirlar taqdiri.... (4 qism)

Murodalini “uylanganligi va bolalik ” bo'lgani xaqidagi gap tez orada butun qishloqqa tarqaldi. Xammadan kutsa xam Murodalidan kutishmagandi bunday ishni. Onasi qishloqni namunali oilalaridan bo'lgan Nuriddin muallimni qizi Nargizaga sovchilikga borib turgandi. Nargiza Murodalidan ikki yosh kichik, Murodali uni yoshligidan “ko'zni tagiga” olib...

Shayton aralashdi

Rivoyat qilinishicha, bir kishi hazrati Abu Bakr Siddiqni haqorat qildi. Payg‘ambar alayhissalom ham o‘sha joyda edilar. U zot bo‘layotgan voqeadan ajablanib, hatto tabassum ham qildilar......

TATAR KAMPIR…

Etmishdan o'tgan, uzoq yillik bel og'rig'i qaddini egib qo'ygan Nina xolaning uch xonali kvartirasi xorij musiqasi, qichqirib sakrayotgan mast-alast erkak, ayollarning dupur-dupuridan zir titrardi. Nina xola balkonning bir chetida mung'ayib o'tirgan ko'yi o'zicha g'udranib qo'yardi. — Iloyim yer yutsin senday kelinni!.. Bilaman, Marat o'g'limni...

Dugonalar. (Ibratli Voqea)

Bosh qahramonlarimizdan birining ismi Diyora ismli sho’x shaddot qiz. Uning fel atvori sho’x bo’lsa ham o’zi juda yaxshi,oqko’ngil, pokiza, o’qimishli qiz edi. U bilan birga ishlaydigan Ziyoda ismli qiz bu ikkalasi bir biriga dugona edi. Diyoraning uyiga bir badavlat obro’li honadondan sovchi keldi. Malum bo’lishicha sovchi jo’natgan yigitDiyorani...

Fikr qo'shish