Vatanda.Com » Islom » Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo
Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lsalar, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra
«سبْحانَ الذي سخَّرَ لَنَا هذا وما كنَّا له مُقرنينَ، وَإِنَّا إِلى ربِّنَا لمُنقَلِبُونَ . اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ في سَفَرِنَا هذا البرَّ والتَّقوى ، ومِنَ العَمَلِ ما تَرْضى . اللَّهُمَّ هَوِّنْ علَيْنا سفَرَنَا هذا وَاطْوِ عنَّا بُعْدَهُ ، اللَّهُمَّ أَنتَ الصَّاحِبُ في السَّفَرِ ، وَالخَلِيفَةُ في الأهْلِ. اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ وعْثَاءِ السَّفَرِ ، وكآبةِ المنظَرِ ، وَسُوءِ المنْقلَبِ في المالِ والأهلِ وَالوَلدِ» «Subhanallaziy saxxoro lanaa hazaa va maa kunnaa lahu muqriniyn va innaa ilaa robbinaa lamunqolibuun. Allohumma innaa nas'aluka fiy safarinaa hazaa al-birro vattaqvaa va minal ’amali maa tarzo, Allohumma havvin ’alaynaa safaronaa hazaa vatvi ’annaa bu’dah, Allohumma antas- sohibu fissafari valxoliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uuzu bika min va’sai safari va kaabatil manzori va suu'il munqolabi fil maali val ahli val valad», deb aytardilar.
Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot- ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak- shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, xonadonda qoluvchi o‘rinbosar ham Uzingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga va farzandlarga yetadigan ziyon- zahmatdan panoh berishingni so‘rayman» (Muslim rivoyati.)
Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......
يا حيّ يا قيّوم برحمتك أستغيث ، أصلح لي شأني كلّه و لا تكلني إلي نفسي طرفة عين. Ya hayyu ya qoyyuum, birohmatika astag‘iys, aslih liy sha‘niy kullah, va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn. Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so‘rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko‘z ochib yumgunchalik...
Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi___ Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki___ — Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz bo‘lishi joiz emas......
🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......
🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......
Xar sajdaga borishingizda ota-onangizga mag‘firat so‘rab,bir marta "Alloxummag‘firliy valivalidayya (Alloxim ota-onamni mag‘firat qil!) deb, duo qilib qo‘yishga odatlaning! Shunda, ular uchun bir kunda 64 marta Istig‘for aytgan bo‘lasiz!......
Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi......