🌱Rizq Allohdan...

🌱Rizq Allohdan...
🌱Rizq Allohdan...


Dengiz qa’ridagi nola!

Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi.
Sulaymon alayhis salom uni suv oldiga yetib borgunicha diqqat bilan kuzatdilar.
Qarasalar, bir qurbaqa suvdan boshini chiqarib, og‘zini ochdi, chumoli darhol unga kirib olgach, dengizga sho‘ng‘ib ketdiyu soatlab qolib ketdi.
Sulaymon alayhis salom taajjublanib, hayron edilar. Keyin qurbaqa suvdan chiqdi-da, og‘zini ochib, chumolini qirg‘oqqa tashladi, don esa yo‘q edi.Sulaymon alayhis salom chumolini chaqirib, nima ish qilganini va qayerda bo‘lganini so‘radilar. Chumoli aytdiki: ey Allohning payg‘ambari, siz ko‘rib turgan bu dengiz tubida ichi kovak xarsang tosh bo‘lib, uni ichida bir so‘qir qurt bor. Alloh uni o‘sha yerga yaratib qo‘ygan, u yegulik istab tashqariga chiqa olmaydi. Alloh taolo uni rizqiga meni tayinlab qo‘ydi, men uni rizqini ko‘tarib olib kelaman, mana bu qurbaqani esa meni ko‘tarib olib tushishi va chiqarib qo‘yishi uchun bo‘ysundirib qo‘ydi, uni og‘zida menga suv zarar qilmaydi, qurbaqa og‘zini toshni teshigiga qo‘yadi, men kirib olaman, qachon rizqni o‘sha qurtga yetkazib bergach, qaytib qurbaqani og‘ziga chiqib olaman, u meni dengizdan chiqarib qo‘yadi.

Sulaymon alayhis salom:

– Uni qanday tasbih aytayotganini eshitdingmi? – dedilar.

Chumoli: – ha, uni nolasini eshitdim, u aytar yedi: “Ey, suv qa’rida, toshning ichidagi jonivorni O‘z rizqidan bebahra qilmagan Zot!
Mo‘min bandalaringni O‘z rahmatingdan bebahra qilma!”, deganini eshitdim, – dedi. 

Muhammad Yahyoxon Muhammadxon o‘g‘li

Oxirat hovlisi silsilasi: O‘LIM (12/12)

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo dedi: Ey Odam bolasi, madomiki sen Menga duo qilib, Mendan umidvor turar ekansan, gunohing qanaqa bo‘lishdan qat’iy nazar, (ularning ko‘pligiga ham) parvo qilmasdan mag‘firat etaman......

Gunoxlarni yuvuvchi ayrim oson ibodatlar

"Er yuzida kimda-kim "la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah" der ekan, uning barcha gunohlariga kafforat bo‘lib ketadi, garchi gunohlari dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham"......

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

Ahdga vafo qiling

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O‘z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina,...

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Alloh yakkaligiga iymon keltirgan oxiratda saodatga erishadi

Alloh yakkaligiga iymon keltirgan oxiratda saodatga erishadi. Dini haqida qayg'urgan falokatdan salomat chiqadi. Bu dunyo havaslaridan uzoq turganga qiyomatda Allohning rahmati bor....

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Juma kuni Kahf surasini o'qish

Abu Said al Xudriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam aytadilar: «Juma kunlari Kahf surasini o‘qiganning ikki Jumasi oydinlashadi. (Bu juma bilan keyingisining orasidagi kunlar) (Hokim, Bayhaqiy) Payg‘ambar sollalloxu alayxi vasallam shunday deganlar:...

Ulug' zotlar tahorat haqida

1. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Agar qalblarimiz pok bo‘lsa, Robbimizning kalomidan to‘ymaydi», degan......

Fikr qo'shish