Safarda takbir va tasbih aytish

Safarda takbir va tasbih aytish
Safarda takbir va tasbih aytish


Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Biz (tepalikka) ko‘tarilganimizda takbir (Allohu akbar), tushayotganimizda tasbeh (Subhanalloh) aytardik", dedilar.
(Buxoriy rivoyati)

Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haj va umradan qaytayotganlarida (ba’zi rivoyatlarda "g‘azotdan qaytayotganlarida" deyilgan) biror tepalikka ko‘tarilsalar, takbir aytar edilar va biror vodiyga tushsalar, tasbih aytardilar.

Bundan ma’lum bo‘lmoqdaki, safarda tepalikka chiqayotganda, "Allohu Akbar" deb takbir aytish, tepalikdan pastga tushayotganda Alloh taoloni poklab, "Subhanalloh" deb tasbih aytish sunnat ekan. Zero inson yuqoriga ko‘tarilgani sari atrofdagi narsalar uning ko‘z o‘ngida kichrayib boradi va oxiri zarradek bo‘lib qoladi. Bunday holatda insonning qalbida kibr tuyg‘usi paydo bo‘ladi, shuning uchun bu holatda Alloh barcha narsadan kattaroq, ulug‘roq ekanini tilga olib, “Allohu akbar” deb, Allohni ulug‘lash loyiq bo‘ladi. Pastga tushish quyilik va pastlik bo‘lgani uchun bu holatda Alloh taoloni barcha kamchilik va past sifatlardan poklash loyiq bo‘ladi.Bu zikr faqat safarda aytilgani uchun uni safarda aytish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Unga boshqa holatlar qiyos qilinmaydi, zero ibodatdagi asl-asos sunnatda kelganiga cheklanishdir.

Ayrim kishilar bu sunnatni tiriltiraylik deb, zinapoya yoki lift orqali ko‘tarilayotgan paytlarida takbir va tasbih aytishmoqda ekan. Bunday qilish sunnat emas. Agar sunnat bo‘lganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam sahobalarga uyga kirib-chiqishda aytiladigan duo-zikrlarni ta’lim berganlaridek, zinadan ko‘tarilib tushilganda aytiladigan duo-zikrlarni ham ta’lim bergan bo‘lardilar. Holbuki ularda zinapoya bo‘lgan.

Yurgan-turganda, har qanday holatda umumiy suratda takbir, tasbih va tahlil aytib yurish juda yaxshi amal.
Biroq, hadislarda kelgan tasbihlar, zikr-duolarni belgilangan adadda, belgilangan o‘rinda, belgilangan kayfiyatda va belgilangan zamonda qilish sunnat bo‘ladi, unga boshqasini qiyos qilinmaydi. Agar qiyos qilinsa, bid’at bo‘lib qoladi, Alloh saqlasin.
Darvoqe, Imom Buxoriy yuqoridagi hadisni ӯzlarining sahihlarida: «Vodiyga tushganda aytiladigan duo" haqidagi bobda keltirganlar. Shuningdek, ushbu hadis ko‘p manbalarda ”Safarda takbir va tasbih aytish" bobida zikr qilingan.
Vallohu a’lam

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Do‘zax ahlining belgilari

«Bas, ana o‘shanda kim (hayoti-dunyoda kufru isyon bilan) tug‘yonga tushgan, Va hayoti-dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa, u holda faqat jahannamgina (uning uchun) joy bo‘lur!» (Van-naziot: 37-39)......

Tonggi zikr

«Asbahnaa 'ala fitrotil Islaam va 'ala kalimatil ixlaas va 'ala diyni Nabiyyina Muhammad va 'ala millati abiyna Ibrohiyma haniyfam muslima va maa kaana minal mushrikiyn»....

Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...

Oxiratda har bir bandaning nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘yganmiz. Qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (ya’ni, nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsatamiz. O‘shanda unga deyiladi:) “Kitobingni o‘qi, (qancha savobing, qancha gunohing...

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda?

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda? Savol:   1. Nima uchun oy Islom ramzi sifatida tanlangan? U nimani anglatadi? 2. Odam alayhissalom va Momo Havvoning qabrlari qayerda? Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym......

Bismillahir rohmanir rohim!

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Bismillahir rohmanir rohim! 🕌NAMOZ 1. Odamlarning Xoliq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lgani xalq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lganidir....

Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Ko'zi ko'r avliyo

Yo‘qsil shayxlardan biri ko‘zi ojiz pirning uyida “Qur’on” turganini ko‘rdi. O‘zicha: “Bu yerda “Qur’on”ning nima keragi bor. Bu odam ko‘r bo‘lsa”, dedi. Shu o‘y oromini o‘g‘irladi. “Bu yerda shu ko‘rdan boshqa hech kim yo‘q, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa so‘ramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qur’on”...

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas, balki o‘zining imkoniyatiga qarab ish qiladigan insonlar o‘zlarini baxtiyor qila oladigan insonlardir. "Hikmatlar chashmasi"dan....

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Fikr qo'shish