📙Farishtalar hozir bo‘lgan janoza

📙Farishtalar hozir bo‘lgan janoza
📙Farishtalar hozir bo‘lgan janoza


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’laba roziyallohu anhuning janozasida oyoq uchida yurgan ekanlar…

Sa’laba roziyallohu anhu bir umr Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xizmatlarida bo‘lgan sahobalardan edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bir yumush bilan bir joyga yubordilar. Sa’laba roziyallohu anhu bir ansoriy yashaydigan uyning oldidan o‘tayotib, nogahon ichkarida bir ayolning g‘usl qilayotganiga ko‘zi tushib, undan biroz ko‘zini uzolmay qoldi. Shu payt to‘satdan uning qalbiga vahima kirib, bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror vahiy nozil bo‘lishidan qo‘rqib ketdi. U dahshat ichida Makka bilan Madina oralig‘idagi bir toqqa chiqib, u yerda qirq kunga yaqin qolib ketdi...

Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga tushdilar va: «Ey Muhammad, Robbing senga salom yo‘llab, shunday dedi: «Ummatingdan bir kishi bir tog‘ning ichida Mendan (gunohidan) panoh so‘rayapti».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umar ibn Xattob va Salmon Forsiy roziyallohu anhumolarga: «Boringlar, menga Sa’labani olib kelinglar», dedilar. Ular Sa’labani topib kelib, «Mana u, ey Allohning Rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ey Sa’laba, nima uchun mendan uzoqlashding?», dedilar. «Gunohim tufayli, ey Allohning Rasuli», dedi u. U zot: «Gunohlaringni o‘chirib yuboradigan bir oyatni aytaymi?», dedilar. U: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot: «Robbanaa, aatinaa fid-dunya hasana, va fil-axiroti hasana, va qinaa azaaban-naar», dedilar. Sa’laba: «Ammo mening gunohim juda katta», dedi. U zot: «Allohning kalomi barcha narsadan ulug‘ va kattadir», dedilar va uni uyiga qaytishga buyurdilar.
Oradan sakkiz kun o‘tgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga: «Yuringlar, Sa’labaning oldiga boramiz», dedilar. Sa’labaning oldiga kirib, uning boshini muborak tizzalariga qo‘ydilar. Ammo Sa’laba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tizzalaridan boshini shartta ko‘tarib oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nega boshingni tizzamdan olding?» deb so‘radilar. U: «Chunki bu bosh gunohlarga to‘ladir», dedi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Ahvoling nechuk?» dedilar. U: «Suyagim, etim va terim orasida chumolilar yopirilib kelayotganday», dedi. U zot: «Nima istaysan?», dedilar. U: «Robbimning mag‘firatini», dedi.

Shu payt Jabroil alayhissalom kelib, shunday dedilar: «Ey Muhammad! Robbing senga salom yo‘llab, «Agar bu bandam Menga yer yuzi to‘la gunoh bilan kelsa ham, Men unga o‘shancha mag‘firatim bilan yuzlanaman», deyapti».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni Sa’labaga aytgan edilar hamki, Sa’laba qattiq qichqirib, behush yiqildi. Uning joni uzilgan edi…

Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni yuvib, kafanlashga buyurdilar. Janozani o‘qib bo‘lgach, oyoq uchlarida yura boshladilar. Dafn tugagach, u zotga: «Ey Allohning Rasuli, nima uchun boya oyoq uchida yurdingiz?», deb so‘rashdi. U zot shunday dedilar:

«Meni haq ila yuborgan Zotga qasamki, Sa’labani janozasiga hozir bo‘lgan farishtalar ko‘pligidan oyog‘imni yerga to‘liq bosa olmadim».

Ma’rifatis Sahoba kitobidan

Vitr namozi

Savol: Vitr namozi qanday o‘qiladi va u necha rakat? Javob: Vitr 3 rakat bo‘lib, Huftondan keyin o‘qiladi, undan oldin joiz emas. Kim vitr o‘qimoqchi bo‘lsa namozni boshlash uchun takbir aytadi, so‘ng “Sano” “Taavvuz” “Basmala” “Fotiha” va zam suralarni o‘qiydi. So‘ngra ruku va ikki bor sajda qiladi. Keyin ikkinchi rakatga turadi va boshqa...

Alloh taoloning Qur'oni karimdagi 8 va'dasi

«Ey insonlar! Albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir, 5)......

Sizni yerda qoldirgan

Sizni yerda qoldirgan va Qiyomatda siz uchun guvox bo‘ladigan eng go‘zal izingiz shu.!...

🤲Duo, Qur'onni qalblarimizga ziyo

Allohim! Qur'onni qalblarimizga ziyo, ko‘zlarimizga jilo, mahzunliklarimizni ketkazuvchi, do‘zaxdan xalos etuvchi, gunohlarni arituvchi et!...

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Xar sajdaga borishingizda

Xar sajdaga borishingizda ota-onangizga mag‘firat so‘rab,bir marta "Alloxummag‘firliy valivalidayya (Alloxim ota-onamni mag‘firat qil!) deb, duo qilib qo‘yishga odatlaning! Shunda, ular uchun bir kunda 64 marta Istig‘for aytgan bo‘lasiz!......

Kimki o‘z uyida omonlikda

«Rasululloh ﷺ: «Kimki o‘z uyida omonlikda, jasadi salomatlikda, kunlik taomi huzurida holda tong ottirsa, xuddi unga butun dunyo jamlangandek bo‘ladi», dedilar» Jannat go‘zalroq va boqiydir...

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Barcha ishlarda yordam so‘raluvchi duo

يا حيّ يا قيّوم برحمتك أستغيث ، أصلح لي شأني كلّه و لا تكلني إلي نفسي طرفة عين. Ya hayyu ya qoyyuum, birohmatika astag‘iys, aslih liy sha‘niy kullah, va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn. Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so‘rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko‘z ochib yumgunchalik...

📙Sayyidul istig‘for

“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan......

Fikr qo'shish