📙Bismillahir rohmanir rohiym.
📙Bismillahir rohmanir rohiym.
Savol. «Tavhid kalimasi» qaysi?
Javob. «Tavhid kalimasi», ya’ni Xudoning yagonaligini aytiladigan muqaddas gap mana bu: «La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!».
Savol. «Tavhid kalimasi»ning ma’nosi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: «Bir Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad alayhissalom Uning payg‘ambaridir!».
Savol. «Shahodat kalimasi» qaysi?
Javob. «Shahodat kalimasi», ya’ni Xudoning yagonaligi va payg‘ambarning haqligiga guvohlik beriladigan muqaddas gap mana bu: «Ashhadu an la iloha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!».
Savol. «Shahodat kalimasi»ning ma’nosi nima?
Javob. «Shahodat kalimasi»ning ma’nosi quyidagicha: «Guvohlik beramanki, bir Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Yana guvohlik beramanki, albatta Muhammad alayhissalom Uning bandasi hamda payg‘ambaridirlar!».
Savol. «Iymoni mujmal» qaysi?
Javob. «Iymoni mujmal», ya’ni qisqacha iymon keltiriladigan gap mana bu: «Amantu billahi kama huva bi-asmaihi va sifatihi va qabiltu jami’a ahkomihi!».
Savol. «Iymoni mujmal»ning ma’nosi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: «Iymon keltirdim, ya’ni ishondim Alloh taologa va uning hamma ismlariga va hamma sifatlariga hamda qabul qildim barcha buyurgan ishlarini!».
Savol. «Iymoni mufassal» qaysi?
Javob. «Iymoni mufassal», ya’ni batafsil bayon etilgan iymon kalimasi quyidagicha: «Amantu billahi, va malaikatihi, va kutubihi, va rusulihi, val-yavmil-oxiri, val-qadari xoyrihi va sharrihi min Allohi taolo val-ba’si ba’dal-mavti!».
Savol. «Iymoni mufassal»ning ma’nosi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: «Iymon keltirdim – ishondim Alloh taologa, Uning farishtalariga, hamma payg‘ambarlariga, hamma kitoblariga, qiyomat kuniga, har bir yaxshi va yomon ishlar Uning iroda va taqdiri ila bo‘lmog‘iga va hamma o‘lganlarni ikkinchi tiriltirmog‘iga».
Savol. Iymonni arabcha ta’rifi qaysi?
Javob. Ushbudir: «al-Iymonu iqrorun bi-l-lisoni va tasdiqun bi-l-qalbi bima joa min bihi min indillohi. Muhammadun Rasululloh!».
Savol. Iymonning o‘zbekcha ta’rifi qanday?
Javob. Ma’nosi budir: «Iymon – Alloh taolodan keltirilgan har ishga iqror qilmoq til bilan va ishonmoq dil bilandir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdir».
Savol. Iymonni necha farzi bor?
Javob. Iymonda yetti farz bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) G‘aybga iymon keltirmoq; 2) G‘ayb ilmini Alloh taologa xos deb bilmoq; 3) Jannat bilan do‘zaxni ko‘rmay iymon keltirmoq; 4) Halol narsalarni halol deb bilmoq; 5) Harom narsalarni harom deb bilmoq; 6) Xudoy taoloning azobidan qo‘rqmoq; 7) Allohning rahmatidan umid tutmoq.
Savol. Iymonda necha vojib bor?
Javob. Iymonda o‘n ikki vojib bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Ulamolar bilan suhbat tutmoq; 2) Gunohi ko‘p odamlardan o‘zni uzoq tutmoq; 3) Tashnalarga suv bermoq; 4) Bemorlarning hollarini so‘ramoq; 5) Yetimlarning boshlarini marhamat qo‘li bilan silamoq; 6) Yetimlarga shafqat qilmoq; 7) Ayolmand bechoralarga muruvvat qilmoq; 8) O‘liklarni ko‘mishmoq; 9) Ikki urishgan odamni yarashtirmoq; 10) Yo‘l ustidagi zararli toshlar kabi narsalarni bir chetga olib qo‘ymoq; 11) Yo‘l ustidagi najosatlarni ustini yopib qo‘ymoq; 12) O‘z farzand va xotinlariga shariat ilmini o‘rgatmoq.
Savol. Iymonni amallari necha?
Javob. Iymonning amallari beshtadir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Hech kimsaning qonini nohaq to‘kmaslik; 2) Hech kishini molini zo‘rlik bilan olmaslik; 3) Hech kimsaning aybini oshkora qilmaslik; 4) Hech kimsani yomonlikka nisbat qilmaslik; 5) Iymonni amali shuki, mo‘’minlarni jannatga doxil qilgay.
Savol. Iymonni baqosi (doim qolishi) necha narsa bilan bo‘ladi?
Javob. Iymonni baqosi (hamisha barqaror bo‘lishi) uch narsa bilandir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Iymonlik bo‘lganiga shod bo‘lmoq; 2) Iymonni zavolidan qo‘rqmoq; 3) Iymonni buzadigan narsalardan qochmoq.
Savol. Iymonni dunyodagi foydasi nima?
Javob. Iymonning dunyodagi foydasi ushbudir: iymonlik odamni shariat hukmi bilan moli va joni omonda bo‘ladi. Agar biror kimsani nohaq o‘ldirsa, o‘ldirguvchini o‘ldirilgay. Agar zino qilsa, toshbo‘ron qilingay. Mana shu iymonning dunyodagi foydalaridan ayrimlari.
Savol. Iymonni oxiratdagi foydasi nima?
Javob. Iymonning oxiratdagi foydasi ushbudir: iymonli kimsa do‘zax otashidan ozod bo‘lgay; jannatga kirgay; Alloh taoloning diydoriga musharraf bo‘lgay. Mana shu iymonning oxiratdagi foydalaridan ayrimlari.
Savol. Iymon necha turli bo‘ladi?
Javob. Iymon besh xil bo‘ladi.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Iymoni matbu’ (Ergashilgan ishonch); 2) Iymoni ma’sum (Poklangan ishonch); 3) Iymoni maqbul (Qabul qilingan ishonch); 4) Iymoni mavquf (To‘xtab turilgan, qabulligi shubhali ishonch); 5) Iymoni mardud (Rad qilingan ishonch).
Savol. Bular kimlarning iymoni?
Javob. Bular quyidagi odamlarning iymoni. Birinchisi, farishtalarning iymoni. Ikkinchisi, payg‘ambarlarning iymoni. Uchinchisi, mo‘’minlarning iymoni. To‘rtinchisi, mubtade’ – bid’atchilarning iymoni. Beshinchisi, munofiqlarning iymonidir.
Savol. Iymonning boshi nima?
Javob. Iymonning boshi «La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!» demoqdir.
Savol. Iymonning kamoli nima?
Javob. Iymonning kamoli din va millatning yo‘lida boshiga har ranj va alam, har qancha jabru sitam yetsa, ularga sabr qilmoqdir.
Savol. Iymonning asli nima?
Javob. Alloh taoloning bandalariga qilgan atosidir.
Savol. Hayo nima?
Javob. «al-Hayo min al-iymon!» – «Hayo iymondandir!».
Savol. Hayo qaydadir?
Javob. Hayo odamzodning yuzida bo‘ladi.
Savol. Iymonning tanasi nima?
Javob. Iymonning tanasi har kuni besh vaqt namoz o‘qimoqdir.
Savol. Iymonning dili – yuragi nima?
Javob. Iymonning dili Qur’oni karimni tilovat qilmoqdir.
Savol. Iymonning nuri nima?
Javob. Iymonning nuri to‘g‘ri so‘zlamoqdir.
Savol. Iymonning xiraligi nima narsadan bo‘ladi?
Javob. Iymonning xiraligi yolg‘on so‘zlamoqdir.
Savol. Iymonning tangligi nima?
Javob. Iymonning tangligi benamoz bo‘lmoqdir.
Savol. Iymoning ulug‘ligi nima?
Javob. Iymonning ulug‘ligi Alloh taoloni ko‘p yod qilmoqdir.
Savol. Iymonning po‘sti nima?
Javob. Iymonning po‘sti sharm – uyalmoqdir.
Savol. Iymonning mevasi nima?
Javob. Iymonning mevasi ro‘za tutmoqdir.
Savol. Iymonning tuxmi nima?
Javob. Iymonning tuxmi shariat ilmlarini o‘qib-o‘rganishdir.
Savol. Iymonning tomiri nima?
Javob. Iymonning tomiri har bir ahkomi sharitani ixlos bilan qilmoqdir.
Savol. Iymon Xoliqning nomiga qilinadimi yoki maxluq (yaralmish)ning nomiga qilinadimi?
Javob. Iymon keltirmoq Xoliq va maxluq (yaralmish)ning nomiga qilinadi.
Savol. Qanday qilib bo‘linadi?
Javob. «La ilaha illalloh» deyish Xoliqning nomiga qilinadi. «Muhammadun Rasululloh» maxluq (yaralmish)ning nomiga qilinadi.
Savol. Iymonning chirog‘i nima?
Javob. Iymonning chirog‘i halol yemoq va harom narsalardan qochmoqdir.
Savol. Iymonning qo‘rg‘oni nima?
Javob. Iymonning qo‘rg‘oni beshdir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Odob-axloq; 2) Mustahab; 3) Sunnat; 4) Vojib; 5) Farz.
Savol. Betasdiq ma’rifat iymon hisoblanadimi?
Javob. Betasdiq ma’rifat, ya’ni bilib turib ko‘ngli bilan ishonmaslik iymon emasdir.
Savol. Bu qanday bo‘ladi?
Javob. Zero, Iblisda bilmoq bor, tasdiq yo‘q edi. Shuning uchun beiymon kofir bo‘ldi.
Savol. Betasdiq iqror iymon hisoblanadimi?
Javob. Betasdiq iqror, ya’ni bilib turib iqror qilmaslik iymon emasdir. Bunga barcha ulamolar ittifoq qilganlar.
Savol. Iqrorsiz tasdiq iymon hisoblanadimi?
Javob. Iqrorsiz tasdiq ham iymon emasdir. Imomi A’zam rahimahulloh shu fikrda bo‘lganlar. Biroq, Imom Moturidiy rahimahulloh buning iymon hisoblanishiga fatvo berganlar.
Savol. Iymon ziyoda va kam bo‘ladimi?
Javob. Iymon ismda ziyoda va kam bo‘lmaydi. Biroq, amalda ziyodalik va kamlik bo‘lur. Chunonchi, otning ozg‘inini ham, semizini ham ot deyiladi. Lekin, uning bajaradigan ishiga qarab farqlanadi. Vallohu a’lam!
Savol. Islomning arabcha ta’rifi nima?
Javob. Uning arabcha ta’rifi quyidagicha: «al-Islomu huva al-inqiyodu bi-amrillohi va-l-ijtinobu ’ani-n-navohiy».
Savol. Islomning o‘zbekcha ta’rifi nima?
Javob. Uning ma’nosi quyidagicha: «Islom bo‘ysinmoq Alloh taoloning amrlariga va uzoq bo‘lmoq qaytargan ishlaridan».
Savol. Islomda necha vojib bor?
Javob. Islomda yetti vojib bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Vitr namozini o‘qimoq; 2) Fitr sadaqasi bermoq; 3) Qurbonlik qilmoq; 4) Ikki hayit namozlarini o‘qimoq; 5) Haj va umra qilmoq; 6) Har farzandga ota-onalarining xizmatlarini bajo keltirmoq; 7) O‘z qavm-qarindoshlariga yaxshilik qilmoqdir.
Savol. Islomda necha farz bor?
Javob. Ular quyidagilar: 1) «Kalimai shahodat» aytmoq, ya’ni «Ashhadu an lo iloha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!» demoq; 2) Har kuni besh vaqt namoz o‘qimoq; 3) Har yilda bir oy ramazon ro‘zasini tutmoq; 4) Moli nisobga yetgan odam har yili molidan zakot bermoq; 5) Kudrati yetgan odam hamma shartlari mavjud bo‘lganda, umrida bir martaba Makkai mukarramaga borib haj qilmoqdir.
Savol. Necha narsaga iymon keltirmoq farz?
Javob. Yetti narsaga iymon keltirmoq farz bo‘ladi.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilardir: 1) Alloh taoloning bor va birligiga, hamma sifatlariga iymon keltirmoq va chin ko‘ngil bilan ishonmoq; 2) Alloh taoloning hamma farishtalariga iymon keltirmoq; 3) Alloh taoloning barcha kitoblariga iymon keltirmoq; 4) Alloh taoloning hamma payg‘ambarlariga iymon keltirmoq; 5) Qiyomat kuniga iymon keltirmoq; 6) Alloh taoloning har bir qilgan taqdiriga iymon keltirmoq; 7) Qiyomat kuni hamma o‘lganlarning qayti tirilmog‘iga iymon keltirmoqdir.
Savol. Namozda necha farz bor?
Javob. Namozda ixtilofsiz o‘n ikki farz bor.
Savol. Bu farzlar necha qismdir?
Javob. Bu farzlar ikki qismdir. Namozning tashqarisidagi farzlar va ichkarisidagi farzlar.
Savol. Birinchi qismi qaysi?
Javob. Namozning tashindagi – tashqarisidagi farzlar bo‘lib, ularni «farzi xorijiya» deb ataladi.
Savol. «Farzi xorijiy», ya’ni namoz tashqarisidagi farzlar qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Pok suv bilan tahorat qilmoq; 2) Pok joyda namoz o‘qimoq; 3) toza libos bilan namoz o‘qimoq; 4) Har namozni o‘z vaqtida o‘qimoq; 5) Har bir qo‘iladigan namozni dilda niyat qilmoq; 6) Har namozni qibla tarafiga qarab o‘qimoqdir.
Savol. Namozning ichkarisidagi farzlar nechta?
Javob. Namozning ichkarisidagi farzlar «farzi doxiliya» deb ataladi. Ular ham oltitadir.
Savol. «Farzi doxiliy», ya’ni namoz ichkarisidagi farzlar qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) «Takbiri tahrima», ya’ni «Allohu akbar» deb takbir aytib namozga kirmoq; 2) «Qiyom», ya’ni rost-tik turmoq; 3) «Qiroat», ya’ni «Qur’on»dan bir oyat uzun yoki uch oyat qisqa o‘qimoq; 4) «Ruku’», ya’ni xam bo‘lib egilmoq; 5) «Sujud», ya’ni boshini – peshonasini yerga qo‘ymoq; 6) «Qa’dai axira», ya’ni namoz oxirida «Attahiyyot» o‘qimoq miqdoricha o‘tirmoqdir.
Savol. Ro‘zaning farzlari nechta?
Javob. Ro‘zaning farzlari uchdir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Ro‘za tutmoq uchun niyat qilmoq; 2) O‘zini subhi sodiqdan kun botguncha yemoq-ichmoqdan saqlamoq; 3) Ushbu vaqt ichida o‘zini jimo’ qilmoq – jinsiy yaqinlikdan saqlamoqdir.
Savol. Zakotning farzlari nechta?
Javob. Zakotning farzlari ikkitadir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Zakotni beradigan yoki ayiradigan – ajratib qo‘yadigan vaqtda niyat qilmoq; 2) Zakotni o‘z masriflariga – sarf qiladigan o‘z joylariga bermoqdir.
Savol. Hajning farzlari nechta?
Javob. Hajning farzlari uchdir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Ehrom bog‘lash yeriga yetganda ehrom bog‘lamoq; 2) Arafa kuni Arafot tog‘ida hozir bo‘lmoq; 3) Baytullohni sharoitlari bilan ziyorat qilmoqdir.
DINIY KALIMALAR BAYONI
«Kalimai toyyiba» budir:
«La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!» – «Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Allohning payg‘ambaridir!».
«Kalimai shahodat» budir:
«Ashhadu an la ilaha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!» – «Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik beraman! Yana Muhammad alayhissalom Uning bandasi va rasuli ekaniga ham guvohlik beraman!».
«Kalimai tavhid» budir:
«La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu. Lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu yuhyiy va yumitu. Va huva hayyun lo yamut. Bi-yadihi-l-xayru va huva ’ala kulli shay’in qodiyr!» – «Yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘q, uning sherigi yo‘q. Mulk Unikidir, Hamdu sano Ungadir. U tiriltiradi, U o‘ldiradi. U doim tirikdir, o‘lmaydi. Uning «yad»i qudratida yaxshilikdir. U har narsaga qodir Zotdir!».
«Kalimai tamjid» budir:
«Subhonalloh! Va-l-Hamdulilloh! Va la ilaha illalloh! Va Allohu akbar! La havla va la quvvata illa billahi-l-’aliyyi-l-’aziym. Ma shoallohu kaana va ma lam yasha’ lam yakun!» – «Alloh pok-munazzahdir! Hamdu sano Alloh uchundir! Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir! Alloh eng ulug‘dir! Aylantirish va quvvat yo‘q, faqat ulug‘, oliy Alloh bilandir! Alloh xohlagan narsa bo‘ladi, xohlamagan narsa bo‘lmaydi!».
«Kalimai istig‘for» budir:
«Astag‘firulloh! Astag‘firulloh! Astag‘firulloha taolo min kulli zanbin aznabtuhu ’amdan av xatoan sirron av ’alaniyatan sog‘iran av kabiron va atubu ilayhi min az-zanbillaziy a’lamu va min az-zanbillaziy la a’lamu. Innaka anta ’allomu-l-g‘uyub!» – «Allohga istig‘for aytaman! Allohga istig‘for aytaman! Alloh taologa har bir gunohdan istig‘for aytaman! Qasddan yoki xatodan, yashirin yoki oshkora, kichik yoki katta gunoh qilgan bo‘lsam. Unga tavba qilaman, bilgan gunohlarimdan va bilmagan gunohlarimdan. Albatta sen g‘ayblarni ko‘p bilguvchisan!».
«Kalimai raddikufr» budir:
«Allohumma inniy a’uzu bika min an ushrika bika shay’an va ana a’lamu va astag‘firuka li-ma lo a’lam. Innaka anta ’allamu-l-g‘uyub va sattoru-l-uyub!» – «Ey, Alloh! Albatta men senga biror narsani bilgan holimda shirk keltirishdan panoh so‘rayman. Bilmagan holda shirk keltirganimdan istig‘for aytaman. Albatta sen g‘ayblarini ko‘p biluvchi va ayblarni yopuvchidirsan!».
NAMOZNING ZIKRLARI
«Sano» budir:
«Subhonaka Allohumma va bi-hamdika va taboraka ismuka va taolo jadduka va la iloha g‘ayruka!» – «Ey, Alloh! Sen poksan, hamding bilan poklayman! Isming barakotlidir, sening buyukliging oliydir, sendan o‘zga iloh yo‘qdir!».
«at-Tahiyyot» budir:
«at-Tahiyyotu lillahi va-solavotu va-t-toyyibot! Assalomu alayka, ayyuha-n-Nabiyyu va rohmatullohi va barakotuh. Assalomu ’alayna va ’ala ibodillahi-s-solihin. Ashhadu an la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu» – «Yaxshi istaklar, salovotlar va tilaklar Alloh uchundir! Ey, Payg‘ambar! Sizga salom va Allohning rahmati-yu barakoti bo‘lsin! Bizga va solih bandalarga ham salom! Guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q. yana guvohlik beramanki, Muhammad Uning bandasi va rasulidir!».
«Salavoti sharif» budir:
«Allohumma, solli ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammad, kama sollayta ’ala Ibrohima va ’ala oli Ibrohim. Innaka hamidun majid! Allohumma, borik ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammad, kama borakta ’ala Ibrohima va ’ala oli Ibrohim. Innaka hamidun majid!» – «Ey, Alloh! Muhammadga va Muhammadning oilasiga xuddi Ibrohimga va Ibrohimning oilasiga salovat aytganingdek salovat yo‘lla! Albatta sen buyuk va hamdu sanoga loyiq Zotsan! Ey, Alloh! Muhammadga va Muhammadning oilasiga