O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik

O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik
O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik


Ular to‘rtinchi qavatdan joy sotib olib, ilk bora ayvonga chiqib nonushta qilishardi. Yigitning ko‘zi ro‘paradagi xuddi shunday ayvonda kir yoyayotgan qizga tushib qoldi. U ilgari hovlida yashaganigami, bunday holni ko‘rmagani uchunmi, g‘alati bo‘lib ketdi.

Darrovda orqa o‘girib, nonushtani qilaverdi. Ota-onasi e’tibor qilmadi ham. Yigitning yuragi bir turlandi-yu ko‘nglidan bir nimalar o‘tdi. Shu bir nimalar uni ishga otlangan joyidan orqaga qaytardi. Istiholaga borib, sustlik qilishni xohlamadi. Boyagi xonadonga chiqib bordi. Eshikni onasi tengi bir ayol ochdi. Salom berdi, o‘zini tanitdi. Hozirgina ko‘rganlarini va ayvonga parda tutsalar yaxshi bo‘lishini qiynalib bo‘lsa ham aytdi. O‘g‘li tengi bolaning aql o‘rgatishi ayolga yoqmadi. Xoynahoy ota-onasining gapi bilan chiqqanov, degan xayolga bordi.


– Ayvon bizziki, maboda ko‘ziylarga to‘g‘anoq bo‘layotgan bo‘lsak, o‘ziylar parda tutvolaqoliylar, aylanay, – dedi
– Biz-ku parda tutvolamiz-a, boshqalar-chi, boshqalar tomosha qil-ye-b o‘tiraverishsa, qizingizmi, keliningizmi – ularning sha’niga yaxshimas-da, opoqi.

Bu gapdan keyin ayol jimib qoldi. Yigit ko‘ziga ancha ba’mani mulohazali ko‘rindi. Yigit kechki payt ishdan kelib, ayvonga chiqib, ro‘paraga ko‘zi tushdi-yu xursand bo‘lib ketdi. Hayriyat, gaplari osmonga uchmapti. Gapni tushunadigan odamlar ekan. Ammo ish bu bilan tugamadi. Kechqurun erta bilan ko‘rgan ayoli, eri bilan ularnikiga kirib keldi. Uy muborak, deb tanishgan bo‘lishdi. Shu payt mehmon erkak chapaniroq ekanmi, yigitning otasini so‘roqqa tutib qoldi:
– O‘g‘lingiz uylanganmi?
– Yo‘q.
– Unashtirganmisiz?
– Yo‘q.
– Unda biz o‘g‘lingizga xaridor...
– Xaridor?
– Meni bir mastura qizim bor, bozori qizib, sovchi ustiga sovchi kelib yotibdi, xayolimda unisi o‘poq, bunisi so‘poq. Menga xuddi sizning o‘g‘lingizga o‘xshagani tanishmi-notanishmi ishqilib, ayollarning sha’nini o‘ylaydigan, himoya qiladigan kuyovto‘ra kerak, xo‘p desangiz quda bo‘lsak... Kamiga ayol yigitning ertalabki gaplarini aytib berdi. Shundan keyingina yigitning ota-onasi nima gapligini tushunib yetdilar.
Xullas, to‘y bo‘ldi. To‘yning ta’rifi og‘izdan-og‘izga o‘tib, mana sizlarga ham yetib keldi...

🌱🌹​​IYMON qadrini bilamizmi?

Bir da’vatchi domla hikoya qiladi: Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma’ruza qilayotgan edim, ma’ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida: - Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi......

Ota-ona xurmati

Ota-ona xurmati... Bir yigit Payg'ambarimiz sallolloxu alayxi vassallamga shikoyat qilib dediki: -Otam qarib, juda bevosh bo'lib ketganlar. Aqldan ozganlarmi, deb qo'rqaman. Uyimga kelib, qo'llariga nima ilinsa, shuni olib chiqib ketaveradilar....

QO`ShXOTINLIK ORTIDAN KELGAN BALO

Sobir akaning ikki o`g`il va ikki qiz farzandi bor, yoshi katta bo`lsa ham, haligacha esini yig`ib olmadi-da. O`zi fermer xo`jaligida hisobchi vazifasida ishlaydi. Qo`liga pul tushdi deguncha, qo`shni qishloqdagi spirtli ichimliklar do`koniga yuguradi. Uyga bir-ikki butilka aroq olib kirib, zarurat...

Kuchlikdan ham kuchli bor

Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zo‘rg‘a gandiraklab yurib borardi....

Hikoya: «Qon va qasos»

— Ustoz, «Menga it tegdi», degani nima degani? Sumkasiga turli narsalarni solish bilan andarmon bo'lib o'quvchilarining        shovqin-suron bilan sinfdan chiqib ketayotganiga unchalik e'tibor bermayotgan Iroda muallim bu savolni eshitib, titrab ketdi. Keyin oldida jovdirabgina turgan Muzaffarning ko'zlariga tikilib, uning qo'llaridan tutdi-da,...

МУРДАЛАР КЎЗ ОЧГАНДА… (Мистика)

Sentyabr oyi edi. Tun. Qabristonga kirib kelgan ko'k plashchli kimsa yomg'irli havoda bo'g'ilib-bo'g'ilib nafas olardi… Biroz sigaret chekib turgan bo'ldi-da, kutilmagan harakat bilan qo'lidagi sigaret qoldig'ini bir tomonga irg'itib, yelkasidagi qopni qabrlardan biri ustiga qo'ydi....

Qarg'ish olgan yomondir

Boyni qamaganlarida o'g'li bilan uchrashtirgan paytlarini aytganda tinglovchilarning ko'zlari jiqqa yoshga to'ldi. Qancha romanlar o'qiganman, qancha fojiali saxifalarni varaqlaganman, ko'zimdan yosh chiqmagan. Ammo Usta bobo xikoya qilgan voqea mendek diydasi qattiq odamni xam yig'latib yuborgan edi......

«Aqli butun odam» (hajviya)

Muhiddin qiziq bozor qilib chiqsa, Akram qiziq zir yugurib turganmish-da. — Ha, og'ayni, tinchlikmi? — so'rabdi Muhiddin aka. — E, o'rtoq, kechagina o'ttiz ming so'mga yangi velosiped olgandim, shunday bozorga kirib chiqqunimcha o'g'irlab ketishibdi, — Akram aka kuyunib oshnasiga tushuntiribdi....

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

XURLAR RO'ZADORNING ZIYoRATIGA MUShTOQ

XURLAR RO'ZADORNING ZIYoRATIGA MUShTOQ Xazrati Oisha roziyalloxu anxodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollalloxu alayxi vasallam shunday dedilar: "Qachonki, banda ro'zador xolida tong otdirsa, uning uchun osmon eshiklari ochib qo'yiladi va uning a'zolari tasbex aytveradi xamda dunyo osmonidagi farishtalar uning uchun istig'for aytaveradilar. (Bu...

Fikr qo'shish