O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik

O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik
O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik


Ular to‘rtinchi qavatdan joy sotib olib, ilk bora ayvonga chiqib nonushta qilishardi. Yigitning ko‘zi ro‘paradagi xuddi shunday ayvonda kir yoyayotgan qizga tushib qoldi. U ilgari hovlida yashaganigami, bunday holni ko‘rmagani uchunmi, g‘alati bo‘lib ketdi.

Darrovda orqa o‘girib, nonushtani qilaverdi. Ota-onasi e’tibor qilmadi ham. Yigitning yuragi bir turlandi-yu ko‘nglidan bir nimalar o‘tdi. Shu bir nimalar uni ishga otlangan joyidan orqaga qaytardi. Istiholaga borib, sustlik qilishni xohlamadi. Boyagi xonadonga chiqib bordi. Eshikni onasi tengi bir ayol ochdi. Salom berdi, o‘zini tanitdi. Hozirgina ko‘rganlarini va ayvonga parda tutsalar yaxshi bo‘lishini qiynalib bo‘lsa ham aytdi. O‘g‘li tengi bolaning aql o‘rgatishi ayolga yoqmadi. Xoynahoy ota-onasining gapi bilan chiqqanov, degan xayolga bordi.


– Ayvon bizziki, maboda ko‘ziylarga to‘g‘anoq bo‘layotgan bo‘lsak, o‘ziylar parda tutvolaqoliylar, aylanay, – dedi
– Biz-ku parda tutvolamiz-a, boshqalar-chi, boshqalar tomosha qil-ye-b o‘tiraverishsa, qizingizmi, keliningizmi – ularning sha’niga yaxshimas-da, opoqi.

Bu gapdan keyin ayol jimib qoldi. Yigit ko‘ziga ancha ba’mani mulohazali ko‘rindi. Yigit kechki payt ishdan kelib, ayvonga chiqib, ro‘paraga ko‘zi tushdi-yu xursand bo‘lib ketdi. Hayriyat, gaplari osmonga uchmapti. Gapni tushunadigan odamlar ekan. Ammo ish bu bilan tugamadi. Kechqurun erta bilan ko‘rgan ayoli, eri bilan ularnikiga kirib keldi. Uy muborak, deb tanishgan bo‘lishdi. Shu payt mehmon erkak chapaniroq ekanmi, yigitning otasini so‘roqqa tutib qoldi:
– O‘g‘lingiz uylanganmi?
– Yo‘q.
– Unashtirganmisiz?
– Yo‘q.
– Unda biz o‘g‘lingizga xaridor...
– Xaridor?
– Meni bir mastura qizim bor, bozori qizib, sovchi ustiga sovchi kelib yotibdi, xayolimda unisi o‘poq, bunisi so‘poq. Menga xuddi sizning o‘g‘lingizga o‘xshagani tanishmi-notanishmi ishqilib, ayollarning sha’nini o‘ylaydigan, himoya qiladigan kuyovto‘ra kerak, xo‘p desangiz quda bo‘lsak... Kamiga ayol yigitning ertalabki gaplarini aytib berdi. Shundan keyingina yigitning ota-onasi nima gapligini tushunib yetdilar.
Xullas, to‘y bo‘ldi. To‘yning ta’rifi og‘izdan-og‘izga o‘tib, mana sizlarga ham yetib keldi...

Marinaning «oshiqlari»

Retsidivist Nikolay Redkin o‘zining navbatdagi muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tadi. Uning Permda yashovchi Marina ismli kelishgan tanishi bor edi. Nikolay uni o‘z qallig‘i deb hisoblar va amnistiyaga tushib, ozod bo‘lgach, uylanish uchun ayolnikiga borib, yangi hayotni boshlamoqchi edi. Biroq oxirgi vaqtlarda hech qanday...

Hikoya: «Qon va qasos»

— Ustoz, «Menga it tegdi», degani nima degani? Sumkasiga turli narsalarni solish bilan andarmon bo'lib o'quvchilarining        shovqin-suron bilan sinfdan chiqib ketayotganiga unchalik e'tibor bermayotgan Iroda muallim bu savolni eshitib, titrab ketdi. Keyin oldida jovdirabgina turgan Muzaffarning ko'zlariga tikilib, uning qo'llaridan tutdi-da,...

Diydorsiz vidolashuv

Shavkatjon, shu horijga ketish fikringdan qayt. Oilang, farzandlaring qarovsiz qoladi, – deya Gulshan aya javradi. Chet elda ishlash uchun yo'lga otlangan o'g'lidan ko'ngli chopmayotgan ona. – Ahir, men xam qarib qoldim. Menga tirgak kerak bolam......

Madat ber, Alloh

–Dada, oyim nimaga uyg‘onmayaptilar? Jajji bolakayning savoli shundoq ham siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. O‘g‘lini tizzasiga o‘tqazdi-da, peshonasidan o‘pdi. –”O‘g‘lim oying, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak”...

Boy ayol bir...

Boy ayol bir kambag'alning uyi yonidan o'tib ketayotib, uydagilarning hursandchilik qilayotganini, kulayotganini eshitib qoldi. Ayol hizmatkoriga shu uyga kirib, qanday bayramni nishonlashayotganini so'rashni buyurdi......

Jumbok 5 qism

Dayana Bilan Sabrina uyga kelganda Samshodni honasi tuzib yotgandi Sabrina hayron bulib Dayana akeni Honasi namuncha tuzib yotibdi deb oyogi Ostidan klon topib Oldi Dayana bu Buyinga takadigon kamogdan chikanida Aksiga......

Nilufar Usmonova - Uylanding

Bo`ydoqlik davringda boshing edi xor, Toza kiyimlarga bo`lar eding zor, Mana endi hatto dastro`moling bor, Eh afsus, yuribsan shuncha yil bekor....

ANTIQA E'LON!

E'LON!!! Yuragimni yaxshi qo'llarga topshiraman !  — Assalomu alaykum, kechirasiz, men e'lon bo'yicha qo'ng'iroq qilayotgandim.  Yuragini yaxshi qo'llarga bermoqchi bo'lgan odam sizmisiz? — Menman. ...

📙Naqadar go‘zal axloqlisiz, yo Rasulalloh!

Qishloqdan bir kambag‘al kishi, qo‘lida bir kosada to‘la uzum ila Rasululloh sallollohu alayhi va sallam huzurlariga, hadya qilmoq niyatida keldi......

Oddiylik holati

Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida...

Fikr qo'shish