📙Qarzdan qutilish duosi.

📙Qarzdan qutilish duosi.
📙Qarzdan qutilish duosi.


“Oli Imron” surasi 26-27-oyatlar.

قُلِ اللَّهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِي الْمُلْكَ مَن تَشَاء وَتَنزِعُ الْمُلْكَ مِمَّن تَشَاء وَتُعِزُّ مَن تَشَاء وَتُذِلُّ مَن تَشَاء بِيَدِكَ الْخَيْرُ إِنَّكَ عَلَىَ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ۝ تُولِجُ اللَّيْلَ فِي الْنَّهَارِ وَتُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَتُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَتُخْرِجُ الَمَيَّتَ مِنَ الْحَيِّ وَتَرْزُقُ مَن تَشَاء بِغَيْرِ حِسَابٍ۝

26. Aytgin: «Allohim! Barcha podshohlikning egasi! Xohlagan kishingga podshohlik berursan va xohlagan kishingdan podshohlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo‘lingda. Albatta, Sen har bir narsaga o‘ta qodirsan.27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o‘likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o‘likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan». Hadislarda:

عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ مُكَاتَبًا جَاءَهُ فَقَالَ: إِنِّي قَدْ عَجَزْتُ عَنْ كِتَابَتِي فَأَعِنِّي، قَالَ: أَلَا أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ عَلَّمَنِيهِنَّ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ لَوْ كَانَ عَلَيْكَ مِثْلُ جَبَلِ ثَبِيرٍ دَيْنًا أَدَّاهُ اللهُ عَنْكَ، قُلِ اللَّهُمَّ اكْفِنِي بِحَلَالِكَ عَنْ حَرَامِكَ وَأَغْنِنِي بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِوَاكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.
«Bir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib:

«Men kelishilgan mablag‘ni topib berishdan ojiz bo‘ldim. Menga yordam bering», dedi.«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi? Agar zimmangda Sabiyr tog‘icha qarz bo‘lsa ham, Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma! ikfinii bihalolika an haromika va ag‘ninii bifazlika amman sivoka» degin», dedi».

Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Mukotab – xo‘jasi bilan ma’lum mablag‘ evaziga ozod bo‘lish uchun shartnoma yozgan qul. Sabiyr – Yamandagi bir tog‘ning ismi. Duoning ma’nosi: «Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin». Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan farz namozlardan keyin o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.

قَالَ أَبو سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: دَخَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمَسْجِدَ ذَاتَ يَوْمٍ فَإِذَا هُوَ بِرَجُلٍ مِنَ الْأَنْصَارِ يُقَالُ لَهُ أَبُو أُمَامَةَ، فَقَالَ: يَا أَبَا أُمَامَةَ، مَا لِي أَرَاكَ جَالِسًا فِي الْمَسْجِدِ فِي غَيْرِ وَقْتِ صَلَاةٍ؟ قَالَ: هُمُومٌ لَزِمَتْنِي وَدُيُونٌ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: أَفَلَا أُعَلِّمُكَ كَلَامًا إِذَا قُلْتَهُ أَذْهَبَ اللهُ هَمَّكَ وَقَضَى عَنْكَ دَيْنَكَ، قُلْتُ: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: قُلْ إِذَا أَصْبَحْتَ وَإِذَا أَمْسَيْتَ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ وَقَهْرِ الرِّجَالِ، قَالَ: فَفَعَلْتُ ذَلِكَ فَأَذْهَبَ اللهُ هَمِّي وَقَضَى عَنِّي دَيْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ

Abu Sa’iyd roziyallohu anhu:

«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirgan edilar, birdan ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan kishini ko‘rib qoldilar. Shunda u zot:«Ey Abu Umoma! Masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda o‘tirganingni ko‘ryapmanmi?» dedilar.«Meni g‘amlar va qarzlar bosdi, ey Allohning Rasuli!», dedi.«Senga agar aytsang, Alloh g‘amlaringni ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» dedilar.«Ha, ey Allohning Rasuli!» dedi.«Tong ottirsang va kech kirtirsang «Allohumma! Innii a’uuzu bika minal hammi val hazani va a’uuzu bika minal ajzi val kasali va a’uuzu bika minal jubni val buxli va a’uuzu bika min g‘olabatid-dayni va qohrir rijali» degin», dedilar.O‘shandoq qilgan edim, Alloh g‘amlarimni ketkazdi va qarzlarimni uzdi».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning g‘olib kelishidan panoh so‘rayman». Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan ertalab va kechqurun o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.

"Hadis va Hayot" kitobidan.

Qiz farzandning fazilati

1. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho shunday so‘zlab berdi: «Bir ayol ikki qizi bilan oldimga narsa so‘rab keldi. Huzurimda bir dona xurmodan boshqa narsa yo‘q edi. Unga o‘shani bergan edim, uni ikki qiziga bo‘lib berdi. So‘ng turib, chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirgan edilar, buni u...

Oyna...

"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi. Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi......

Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i

🌱🌹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i – uzoqroqdan yurib keladiganidir va namozni imom bilan o‘qish uchun kutgan kishining ajri namozni o‘qib, so‘ng uxlagan kishidan ulug‘roqdir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati....

Yaratilish mazmuni

«Ey Odam farzandi! Sizlarni avval oz bo‘lib, keyin ko‘paytirish uchun xalq qilmadim. Qo‘rqinchda Menga hamroh bo‘lish uchun yo ojiz bo‘lib qolganimda yordam so‘rash uchun yoki manfaat hosil qilish uchun yoxud zararni daf etish uchun sizlarni yaratganim yo‘q. Balki uzoq vaqt Menga ibodat qilib, ko‘p shukr keltirib, ertayu kech Menga tasbeh...

Yaxshisi, gunoh qilmang!

Yaxshisi, gunoh qilmang! Alloh gunohlarni kechiradi, lekin yozilgan yeridan o‘chirmaydi. Hatto qiyomat kuni egasiga bir bor ko‘rsatib qo‘yiladi, garchi u tavba qilgan bo‘lsa ham. Bilol Ibn Sa’d...

Ёсин сураси фазилати

Yosin surasida Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqiqiy payg‘ambar ekanlari, Iso alayhissalom tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilar ko‘rgan-kechirgani, Habib Najjor ismli kishi imon yo‘lida jonini fido qilishi, quyosh, oy, yulduzlar ilohiy qonuniyat asosida harakatlanishi bayon etilgan. Shuningdek, jannat va do‘zax ahllarining...

Bandalik haqqi (burchi)

Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi___ Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki___ — Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz bo‘lishi joiz emas......

Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun

وَلَأَجْرُ ٱلْأَخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ 🍃... «Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq bo‘lur.» 📖Yusuf surasi,57-oyat...

Ayol taqdiri

Yaxshi ayol dunyodagi eng yaxshi odamga turmushga chiqishi mumkin. Muhammad alayhissalomning zavjalari Oisha roziyallohu anhu misoli. Bu turmush Oisha onamizning Allohga muhabbatlarini susaytirmadi va jannat vojib bo‘ldi......

Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i

Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: «Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i, xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning yaxshilaringiz, xotinlariga yaxshilik qiladiganlaringizdir». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari...

Fikr qo'shish