Qolsam bo'ldi mangu qalbinda sevgi haqida sher

Qolsam bo'ldi mangu qalbinda
Qolsam bo'ldi mangu qalbinda

Yillar o'tib o'lurman men ham,
Jonsiz tanam qolsa yoningda.
Ko'z yoshlarin to'kma alamdan,
Men yasharman sening qalbinda.

Sog'inch bir zum tinchlik bermasa,
Yodga olgin baxtli kunlarni.
Sen kuyinma orom bersa bas,
O'tkazmagin bedor tunlarni.

Suratimni qo'linga olib,
To'yib to'yib unga qaragin.
Va mahkam bag'ringa bosib,
Avaylagin uni asragin.

Balki jismim yoningda emas,
Ammo ruhim doim qalbinda.
Balki o'rnim hech kim bosolmas,
Qolsam bo'ldi mangu qalbinda...

Fikr qo'shish