Meni yomon ko‘rgan odamlar uzbekcha sher

Meni yomon ko‘rgan odamlar
Meni yomon ko‘rgan odamlar

Alyor bo‘ling, Xudo yor bo‘ling,
Lek men tomon bosmang qadamlar!
Siz ham menday baxtiyor bo‘ling,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Mayli yashnang, mayli gul oching,
Shafqat qilsin sizga alamlar!
Qoching, lekin yo‘limdan qoching,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Hafa bo‘lmang, men xush, tandaman,
Hafa bo‘lmang, pisadmas xamlar!
Xursand bo‘ling, men ham bandaman,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Ko‘nglim sizdan bir-bir yechilsin,
Oldindadir men kutgan ta’mlar!
Sizni faqat Xudo kechirsin,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Hayot ekan mana shu bazm,
Hayotmasmi axir shu damlar!
Nega sizga qilayin ta’zim,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Sizga emas qilgan duoyim,
Sizga emas men chekkan g‘amlar!
Meni yaxshi ko‘rar Xudoyim,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Alyor bo‘ling, Xudo yor bo‘ling,
Lek men tomon bosmang qadamlar!
Bor ekanman, mayli, bor bo‘ling,
Meni yomon ko‘rgan odamlar!

Fikr qo'shish