Yigit yig'lamasin dunyoda uzbekcha sher

Yigit yig'lamasin dunyoda
Yigit yig'lamasin dunyoda

Bog'larda bulbullar yig'lasin mayli,
Sochlari sunbullar yig'lasin mayli
Ma'yus majnuntollar yig'lasin mayli,
Yigit yig'lamasin dunyoda.

Yomg'ir bulut bag'rin so'kar o'sha kun,
Ohorli yoshlarin to'kar o'sha kun.
Zabardast tog'lar ham cho'kar o'sha kun,
Yigit yig'lamasin dunyoda.

Yigitning ko'zini nam qilma hayot,
Boshginasin egik ham qilma hayot
Ko'rgan kunlarini kam qilma hayot.
Yigit yig'lamasin dunyoda.

Bir so'zni axtarib yurardim doim,
Shu so'zni men bugun topdim xudoyim,
Bo'lmasin desangiz qiyomat-qoyim.
Yigit yig'lamasin dunyoda...

Fikr qo'shish